Xotira ierarxiyasi, ichki xotiraning tashkil etilishi, statik va dinamik xotira, xotiraning adreslari, doimiy xotira va uninig turlari Reja


Download 220.89 Kb.
bet1/3
Sana01.05.2023
Hajmi220.89 Kb.
#1419313
  1   2   3
Bog'liq
11-ma\'ruza


Xotira ierarxiyasi, ichki xotiraning tashkil etilishi, statik va dinamik xotira, xotiraning adreslari, doimiy xotira va uninig turlari
Reja:

  1. Xotira ierarxiyasi, ichki xotiraning tashkil etilishi

  2. Statik va dinamik xotira

  3. Xotiraning adreslari, doimiy xotira va uning turlari, flesh-xotira



Kalit so’zlar: Xotira ierarxiyasi, ichki xotira, statik va dinamik xotira, xotiraning adreslari, flesh-xotira.



  1. Xotira ierarxiyasi, ichki xotiraning tashkil etilishi

Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash muammosini hal qilishning ananaviy yo‘li, xotirani ierarxik ko‘rinishda tashkil etish bilan amalga oshiriladi.
Protsessorning ichki registrlari ierarxiyaning eng yuqori qismida joylashgan. Ularga murojaat qilish tezligi, boshqa xil xotiralarga nisbatan ancha yuqoridir. Keyingi qatorda hozirgi paytda xajmi 32 Kbaytdan bir necha megabaytgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan kesh-xotira joylashgan. Ierarxiyaning uchinchi pog‘onasida, hajmi bir necha o‘n gigabaytlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy xotira joylashgan. Keyingi qatorlarda magnitli disklar va lentalar, hamda optik disklar asosida yordamida ishlaydigan xotira qurilmalari joylashgan.



Ierarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni o‘zgarib borishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan - xotiraga murojaat qilish vaqti kattalashib boradi. Registrlarda bu vaqt – bir necha nanasekundni, kesh-xotirada bundan salgina ko‘proqni, asosiy xotirada esa bir necha o‘n nanosekundlarni tashkil qiladi. Keyingi qatorlardagi farqlar yana ham kattalashadi – disklarga murojaat qilish vaqti kamida 10 mks larga, optik disklar va magnit lentalarda esa bundan ham katta qiymatlarga ega bo‘ladi, hamda sekundlarda o‘lchanadi. Ikkinchidan xotira xajmi o‘sib boradi, bu haqida yuqorida aytib o‘tildi. Uchinchidan ma’lum qiymatga (masalan - 1 dollarga) to‘g‘ri keladigan xotira hajmi ham, oshib boradi.






  1. Download 220.89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling