Xotira registrlari
Download 46.13 Kb.
|
XOTIRA REGISTRLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sostoyanie vыxodov RG Q1 Q2 Q3
- PARALLEL DOIRAVIY SURILISH REGISTRLAR
- Kirishlar RG chiqishlari holati Qator
- Ma’lumotlarni parallel tarzda yuklash Taktli Impuls nomeri
- PARALLEL-KETMA-KET SURILISH REGISTRLAR
2-rasmdagi keltirilgan qurilma ketma-ket surilish registri deyiladi. Ketma-ket degani – bu registrga ikkilik ma’lumot razryadma-razryad ko‘rinishda kiritiladi. Masalan, 0111 ikkilik kombinatsiyani registrga kiritish uchun 1-chi jadvalda 1 satrdan 6chi satrgacha mavjud bo‘lgan barcha holatlar ketma ketligidan o‘tish zarur. Razryadlar soni n=4 bo‘lgan 0111 kombinatsiyani ketma-ket surilish registriga kiritish uchun n=4 takt kerak (jadvaldagi 2chi satrni hisobga olmaslik mumkin). Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 0001 kombinatsiyani registrga kiritish uchun ham 4ta takt (1014 satrlar) talab etiladi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki SET va RESET asinxron kirishlari alohida ustunlikka ega. Ular yordamida kirish ma’lumot va taktli impulslar mavjudligidan qat’iy nazar, registr xoxlagan paytda “0” yoki “1” holatga o‘tkazilishi mumkin (jadvaldagi 1chi va 16 satrlar). Ko‘rib chiqilgan registrda ma’lumotni parallel yoki ketma-ket shaklda chiqarish mumkin. Parallel chiqarishda n razryadli ikkilik son n taktdan so‘ng barcha triggerlar chiqishlaridan baravar echiladi. Ma’lumotni ketma-ket chiqarilishi keyingi taktli impulslar yuborilishida Q4 chiqishidan amalga oshiriladi. Registr razryadini o‘zgartirish uchun triggerlar sonini o‘zgartirish kifoya. Masalan, 2-rasmdagi sxemaga yana bitta D-trigger qo‘shilsa, registr 5 razryadliga aylanadi. Odatda registrlar 4,5 va 8 razryadli bo‘ladi va D-triggerlardan tashqari JK hamda taktlanadigan RS triggerlardan ham tashkil topadi. PARALLEL DOIRAVIY SURILISH REGISTRLAR YUqorida ko‘rib chiqilgan ketma-ket surilish registri ayrim kachiliklardan xoli emas. Masalan, har bir taktli impulsda u ikkilik kodda ifodalayotgan ma’lumotning faqat bitta razryadini qabul qilishi mumkin va undan tashqari har gal ma’lumot registrda o‘ng tomonga surilishida, o‘ng tomondagi eng chekkasidagi informatsion razryadi registrdan chiqib ketib yo‘qoladi (1-jadvalda keltirilgan misolga qarang). Ushbu kamchiliklar parallel doiraviy surilish registrida bartaraf etilgan. 3-rasmda 4-razryadli parallel doiraviy surilish registrining sxemasi keltirilgan bo‘lib, unda D1, D2, D3, D4 kirishlari informatsion kirishlar vazifasini bajaradilar. Bu surilish registr to‘rtta JK trigger asosida qurilgan bo‘lib, 4-razryadli kombinatsiyani parallel shaklda baravar kiritishga imkon beradi. Registr sxemasida U4 triggerning Q va IQ chiqishlari U1 triggerning J va K kirishlari bilan teskari bog‘langanligi alohida e’tiborga loyiq. Ushbu teskari bog‘lanish zanjiri kiritilgan ma’lumotni, U4 triggerni chiqishlarida yo‘qolmasdan, registrning ichida aylanib yurishga sharoit yaratadi. Registrni tozalash (chiqishlarini 0000 holatga keltirish) uchun “Sbros” kirishiga mantiqiy “1” signal berilishi lozim. Ma’lumotni parallel shaklda kiritish uchun mo‘ljallangan D1, D2, D3, D4 kirishlari triggerlarni dastlabki holatga o‘rnatish SET kirishlari bilan bog‘langan bo‘lib, istalgan registr chiqishlari Q1, Q2, Q3, Q4ida mantiqiy “1” o‘rnatishga imkon beradi. Buning uchun SET kirishga qisqa muddatli mantiqiy “1” ignal berilsa kifoya. Registrdagi barcha JK triggerlari CLK kirishlariga taktli impulslar yuborilishi registrdagi ma’lumotni o‘ng tomonga surilishga olib keladi. Trigger U4dan ma’lumot U1 triggerga uzatiladi va shu bilan registrda ma’lumot aylanib (doira bo‘yicha) yo‘qolmay yurishi kuzatiladi. 3-rasm. 4-razryadli parallel doiraviy surilish registri Parallel surilish registrining ishlashi 2-jadvalda keltirilgan. Ta’minot manbasi ulanganda registr va uni chiqishlari har qanday holatni qabul qilishi mumkin, masalan deylik jadvaldagi 1-satrdagidek. Triggerlar RESET kirishlariga mantiqiy berilish registrni tozalanishiga (“0” holatiga) olib keladi (jadvaldagi 2-satr). So‘ngra registrga 0100 ikkilik kombinatsiyasi kiritiladi (3-satr). Buning uchun “Sbros” kirishida mantiqiy “0”ligida, D2 kirishga qisqa muddatli mantiqiy “1” yuboriladi (triggerlarning CLK sinxronlash kirishlaridagi signalning qiymati ahamiyatga ega emas). Keyinchalik berilayotgan taktli impulslar kiritilgan ma’lumotni o‘ng tomonga surilishiga olib keladi (48 satrlar). Jadvaldagi 5 va 6 satrlardan ko‘rinib turibdiki, o‘ng tomoni chekkasidagi U4 triggerdan yuqorida kiritilgan “1” chap tomoni chekkasidagi U1 triggerga o‘tib keladi va uni doira bo‘yicha registrda aylanishi qaytadan boshlanadi. 2-jadval
So‘ngra keltirilgan misolimizda, triggerlar RESET kirishlari yordamida registr yana bir bor tozalanadi (“0” holatiga keltiriladi). Bu operatsiyaga jadvaldagi 9-satr mos keladi. Endi registrga yangi 0110 ikkilik kombinatsiya yuklanadi (jadvaldagi 10-satr). 5-ta taktli impulslar yuborilishi (1115 satrlar) ma’lumotni o‘ng tomonga 5ta razryadga doiraviy surilishiga olib keladi. E’tiborga loyiq narsa shundaki, ma’lumotni registrda boshlang‘ich holatga keltirish uchun faqa 4 taktli impuls etarli bo‘ladi. Agar 3-rasmda keltirilgan surilish registri sxemasida teskari bog‘lanish zanjirini uzib tashlansa, unda oddiy parallel surilish registri hosil bo‘ladi (ma’lumotning doira bo‘yicha aylanishsiz). PARALLEL-KETMA-KET SURILISH REGISTRLAR Amaldagi registrlar har bir triggerga ulangan qo‘shimcha sxemalar bilan to‘ldiriladi. Bu qo‘shimcha sxemalarda quyidagi kirishlari mavjud bo‘lishi mumkin: Di-ma’lumotni parallel shaklda kiritish uchun; D-ma’lumotni ketma-ket shaklida kiritish uchun; L-ma’lumotni kiritishga ruxsat beruvchi (boshqaruvchi) kirish; “Sbros” – registr triggerlarini “0” holatiga keltirish uchun. Parallel – ketma-ket surilish registrlari ko‘pincha ma’lumotni parallel kod shaklidan ketam-ket kod shakliga va teskari operatsiyalarni bajarish uchun qo‘llanadilar. Parallel Di kodni yozib olish uchun L=1 ruxsat beruvchi signal qo‘llanadigan va shu qatorda taktli impuls S ishlatilmaydigan registrlar ma’lumotni asinxron parallel shaklida qabul qilish qurilmalari deb ataladi (3-rasmga qarang). Parallel Di kodni yozib olish uchun L=1 ruxsat beruvchi signal qo‘llanadigan va shu qatorda taktli impuls S kirishida sinxroimpuls bo‘lishini talab etilayotgan registrlar ma’lumotni sinxron parallel shaklda qabul qilish qurilmalari deb ataladi. 4-rasmda 4-razryadli ikkilik kombinatsini sinxron parallel shaklida ortishga qodir bo‘lgan registrning sxemasi keltirilgan. Unda har bir triggerning D kirishida ikki kirishli multipleksor o‘rnatilgan bo‘lib, u yoki bu signalni tanlashga imkon beradi. Multipleksorning L boshqaruv kirishidagi signal qiymatiga ko‘ra, har bir taktli impulsda registrga yoki yangi ma’lumot D1D4 kirishlar orqali kiritib yoziladi, yoki registrdagi mavjud bo‘lgan avvalgi ma’lumotni surilishi amalga oshiriladi. Registrga ma’lumot ortilishi, ya’ni yozilishi, boshqaruv kirishida mantiqiy “1” signalida (L=1) hamda S sinxronlash kirishiga birinchi taktli impulsning musbat fronti mavjudligida amalga oshiriladi. Ma’lumotni ketma-ket shaklida registrga yozish uchun, boshqaruv kirishi mantiqiy “0” signalida (L=0), registrning D kirishi orqali amalga oshiriladi. Registrni tozalash (triggerlar va chiqishlarini 0000 holatga keltirish) uchun “Sbros” kirishiga qisqa muddatli mantiqiy 1 berilishi kifoya. registrning Q1, Q2, Q3, Q4 chiqishlari n – razryadli (n=4) ikkilik sonni parallel shaklda chiqarish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotni ketma-ket chiqarilishi Q4 chiqishi orqali keyingi taktli impulslar berilishida amalga oshiriladi. SHunday qilib 4-rasmda keltirilgan registr universal registr bo‘lib ikkilik ma’lumotni parallel-ketma-ket yozib olishga va chiqarishga qodir. 4-rasmda keltirilgan registrni, sxemaga ayrim o‘zgarishlar kiritib, reveriv registrga aylantirish mumkin. Buning uchun masalan Q4 va D3, Q3 va D2, Q2 va D1 registr chiqish va kirishlarini o‘zaro ulab chiqib taktli impulslar va boshqaruv kirish signallarini ikki kirishli multipleksor orqali uzatilishini amalga oshirish lozim. Unda L kirishi surilish yo‘nalishini o‘zgartiruvchi qurilma vazifasini bajaradi: L=1ligida taktli impulslar ma’lumotni chap tomonga suradilar (D4 kirishi esa ketma-ket kodni qabul qilish uchun mo‘ljallangan), agar L=0 bo‘lsa, unda taktli impulslar registrdagi ma’lumotni o‘ng tomonga surishadi. 4-rasm. Parallel – ketma-ket yuklanishli surilish registri 3.ISH JOYINING TA’RIFI Laboratoriya ishi kompyuterda, Proteus7,0 yoki EWB (Electronic Work bench 5.0) dasturida bajariladi. Registrdagi turli kirishlariga beriladigan “0”va “1” mantiqiy signallar qo‘lda kiritiladi. Buning uchun LOGICSTATE mantiqiy imitatorlardan foydalaniladi. Takt impulslari imitatorla yordamida qo‘lda yoki impulslar generatori CLOCK yordamida avtomatik tarzda kiritiladi. Vaqt diagrammalarni kuzatish, signallar qiymatini va triggerlar holatini aniqlash uchun LOGICPROBE mantiqiy indikator, LOGIC ANALIYSER singari ko‘pkanalli mantiqiy tahlil qurilmasi yoki ossillograf qo‘llaniladi. Download 46.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling