REJA: 1. Xotira haqida tushuncha. 2. Xotira turlari. 3. Kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarini hisobga olish. XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA - Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi.
. - Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqyea hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun ham ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ularni ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasiga nisbatan «Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.o’oziyev tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi. «Xotira atrof-muhitdagi voqyelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish xissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik faoliyatdir».
XOTIRA JARAYONLARI - Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarini miya po’stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po’stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining o’zining faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi:
- a) ixtiyoriy esda qoldirish;
- b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
- Ixtiyorsiz esda qoldirish oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O’zining go’zalligi, hissiy ta’sirchanligi hajmini, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi.
. - Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo’yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
- 1. maqsad qo’yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
- 2. o’quv materiallarini tushunib esda qoldirish;
- 3. esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanishi, masalan, esga tushirish yo’li bilan esda qoldirish.
- Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rolb o’ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson qoladi. Biz ba’zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushuncha bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan hamma narsalar oson esda qoladi.
Esda tushirish va uning turlari. - Esda saqlash deyilganda ilgari tuqilgan taassurot fikr, his-tuyg’u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushiniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari bo’lib o’tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo’lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmagan zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
- Shunday qilib esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qoli zarur bo’lgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarini hisobga olish. - Kasb xodimlari faoliyatida «kasbiy xotira - xodimning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor xizmat faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma‘lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi xislat»4 . kasb xodimlaridan faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga erishtiruvchi asosiy jarayonlarini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab qolish, keyin esga tushirish jarayoni subyekt faoliyatida katta ahamiyat kasb 166 etadi va bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog’liq. Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog’liq material ko’proq esda qoladi, u hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo’ladi. Shuni ta‘kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his-tuyg’ularning ham ta‘siri kuchli bo’ladi. Kuchli hissiyot ta‘sirida axborot esda yaxshi saqlanadi. Voqea-hodisalar his-tuyg’ularni qo’zg’atsa (ya‘ni kechirilgan hissiyotlarning qayta-qayta qo’zg’alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat yanada faollashadi. «Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko’p hollarda ahamiyatga ega bo’lmay qolganda turli muddat ichida yoddan ko’tarilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Nishonova Z.T. Psixodiagnostika. Darslik. Toshkent: 2008. – 238 b.
2. http://www. psixologiya.ru
3. http://www. psixologiya.uz
4. www. tdpu. uz
5. www.Ziyonet. Uz
6. w.w.w.google.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |