Xotira va uning turlari. Kesh xotira qurilmasi. Xotira iyerarxiyasi haqida tushuncha


Download 23.65 Kb.
bet3/3
Sana25.10.2023
Hajmi23.65 Kb.
#1721463
1   2   3
Bog'liq
5-Amaliy mashg\'ulot Qodirov.f

akkumulyator deb ataladigan registr ajralib turadi. Ayni shu registr ma’lumotlarga arifmetik va mantiqiy ishlov berish jarayoniga qo’shiladi. Bu esa, o’z navbatida, akkumulyatorning ichidagi narsalar arifmetik va mantiqiy komandalar tomonidan operandlardan biri sifatida qo’llanilishi va amalga oshirilgan operatsiya natijasi ushbu registr ichida saqlanishini anglatadi. Unga ishora operatsiya kodi yordamida amalga oshadi. Bunda, komanda kodi ichida operand manzillari va natija uchun maxsus soha ajratilishiga zarurat bo’lmaydi. MP arxitekturasining bunday turi akkumulyatorli arxitektura deb ataladi. Ushbu arxitekturada kuzatiladigan kamchiliklar jumlasiga amalga oshadigan ishning nisbatan sust kechishini kiritish mumkin. Bunday sustlik akkumulyatorning “tor joy” deb e’tirof etilishi va har safar, operatsiyani bajarishdan oldin, akkumulyator ichiga operandlar kiritilishi zarurligi bilan izohlanadi. Ushbu arxitekturaga misol tariqasida Intel firmasi tomonidan tayyorlangan MCS-51 oilasiga mansub mikrokontollerlarni keltirish mumkin.
Ma’lumotlar registrlarining boshqacha tuzilishi R0, R1 va h. k. rusumli “ishchi registrlar” deb nomlanadigan registrlar sanaladi.
Registrlarning bunday tuzilishida operandlar hamda arifmetik va mantiqiy operatsiyalar natijalari bir emas bir nechta registrda saqlanishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qilish imkonini yanada kengaytiradi. Yuqorida mulohaza yuritilgan akkumulyatordan farqliroq, ishchi registrlar komanda kodida manzil topadi. MP arxitekturasining bunday turi registrli arxitektura deb ataladi. Arxitekturaning bunday tuzilishiga misol tariqasida Intel firmasi tomonidan tayyorlangan 80x86 oilasiga mansub mikroprotsessorlarni keltirish mumkin. Real vaqt miqyosida ishlash uchun mo’ljallangan bir qator MPlarda ishchi registrlarning bir emas bir nechta to’plami bo’lishi ko’zda tutilgan. Vaqtning har bir alohida fursatida registrlar to’plamlarining faqat bittasi ishlaydi. To’plamlardan birining tanlanishi tegishli axborotning muayyan xizmat registriga yozilishi bilan amalga oshadi. Ushbu qurilmalarga misol tariqasida Intel firmasining MCS-48 oilasiga mansub mikrokontollerlarni keltirish mumkin.
Operandlar va operatsiya natijalarining manzillari sifatida asosiy xotira qurilmasining uyalaridan foydalanishga qodir bo’lgan protsessor arxitekturasi “xotira – xotira” turiga mansub arxitektura deb ataladi. Bunda, bir amaldan boshqasiga o’tish mobaynida ishchi registrlar ichidagilarni royxatga olish uchun sarf etiladigan vaqt istisno qilinadi. Biroq, oraliq ma’lumotlar ichki registrlar ichida emas, balki DSEG ichida saqlanishi bois, ushbu ma’lumotlarga kirib borish tezligi sustlashadi. Bunday muammo DSEGning bir qismi MzP bilan birga bitta kristallda joylashtirilishi hamda XTSQning ushbu ichki segmentini ish sohalari sifatida qo’llanilishi bilan hal etiladi. Intel firmasining MCS-96 oilasiga mansub mikrokontollerlarni ushbu tuzilishga misol tariqasida keltirish mumkin.

Download 23.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling