Xotirani diagnostika qilish metodlari. Mnemotexnika hotirani rivojlantirish tizimini tahlil qilish


Download 75.93 Kb.
bet2/6
Sana30.01.2024
Hajmi75.93 Kb.
#1817106
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pedogogika 3-topshiriq Xalilov A

Idrok va unung xususiyatlari.

Idrok sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va xodisalarning ongimizda butun, yaxlit xolda aks ettirishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir. Idrok - protsessida barcha ruxiy xayotimiz ongimizning Butun mazmuni, bilimlarimiz va tajribaalarimiz ishtirok etadi. Shuning uchun xam idrok sezgilarga nisbatan murakkabrok va mazmundor psixik jarayon bo’lib xisoblanadi. Idrokning fiziologik asoslari ko’zgovchilar yigindisi ta’sirida bosh miya yarim sharlari kovig‘ida xosil bo’lgan shartli reflektor (muvakkat) nerv boglanishlardan iborat.


Idrok perseptiv xarakterga ega. Chunki kishilar idrokining mazmuni bir biridan fark qiladi. Kishilar aynan bir xil narsani o’z bilim darajasi, turmush tajribaasi dunyokarashi xamda ijtimoiy keliv chikishi karav turlicha idrok qiladilar.
Idrokning nechoglik mazmundorligi shaxsning dunyokarashi, e’tikodi, ideali, bilim va madaniy saviyasi, xayotdan orttirgan tajribaalari xamda kizikishlariga boglik. Idrok qaysi organ orqali amalga oshirilishiga qarab: ko’ruv, eshituv idroki: obektiga qarab: vakt (zamon), xarakatni, fazo (makon) ni idrok qilish kabi turlarga ajratib urganiladi.
Vaqtni idrok qilish - materiyaning yashash formasi - muayyan ob’ektiv birligini ongimizda bevosita aks ettirilishidan iborat. Vaktni idrok qilish asosan ruxiy xodisalarimizning almashinuvi tufayli ro’y beradi. Vaktni idrok qilish idrok qilinayotgan vakt birligining ob’ektiv mazmuniga xamda bizning unga bo’lgan munosabatimizga boglik. Masalan, bizning extiyoj va qizikishlarimizga mos bo’lgan vakt birligini idrok qilganimizda, vakt sub’ektiv jixatdan tez idrok qilinadi va aksincha.
Xarakatni idrok qilish - jismlarning fazo (makon) dagi o’in almashtirishini be’vosita aks ettirishidir. Xarakat nisbatan va nisbatsiz idrok kilinadi: agar xarakatdagi jism atrofidagi boshqa xarakatsiz jismlarga takkoslab idrok kilinsa, bu xarakatni nisbatan idrok qilish deyiladi: aksincha, xarakatdagi xech narsaga takkoslanmay idrok kilinsa, bu xarakatni nisbatsiz idrok qilish deyiladi.
Fazoni idrok qilish­.- voqelikdagi narsa va xodisalarning fazoda tutgan urnini, shaklini, mikdorini xamda bir-birlariga nisbatan munosabatlarini uch ulchovda: balandlik, kenglik, o’zoklikda bevosita aks ettirishdan iboratdir.

Download 75.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling