Xotirani diagnostika qilish metodlari reja
Download 37.9 Kb.
|
Xotirani diagnostika qilish metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipomneziya
Tadqiqot uslublari. Xotira va diqqat-e’tiborni o’rganish uslublariga 10 ta so’zni eslab qolish, Shulte jadvali bo’yicha diqqat-e’tiborni baholash, korrektur sinov va E.Kraepelin bo’yicha hisob, Nyunsberger uslubi, shu jumladan pektografik uslub kiradi.
Simptom va sindromlar. Xotiraning buzilishida xotiraning miqdoriy buzilishi yoki dismneziya va sifatli – paramneziya ajratiladi. Gipermneziya o’tib ketgan xotiralarni ixtiyorsiz ravishda oqib kelishi eslab qolishning yuqori xususiyati, informatsiyani uzoq vaqt saqlab qolinishi va buni tiklash bilan xarakterlanadi. Gipermneziya ba’zi bir paroksizmal buzilishlar, psixoaktiv vositalar bilan intoksikatsiya, gipomaniya uchun xarakterli. Monosimptom singari ular psixik sog’lom shaxslarda ham, chunonchi, bunday gipermneziya S.Rixterda bo’lgan, u bir necha yillardan so’ng chiqishlar olib borilgan mashina qanday ko’rinishda bo’lgan, chiqishlarda partitrni varaqlab turgan bolaning qo’llari qanday bo’lganligini yodda tutgan. Gipomneziya – eslab qolishning saqlab qolish va tiklashning qiyinlashuvi bilan xotiraning kuchsizlanishi. Astenik holatlar, depressiya, organik buzilishlar uchun xarakterli. Amneziya – xotira fragmentlarining tushib qolishi. Emotsional e’tiborli travmatik xodisalarni xarakterlovchi dissotsiativ amneziya ajratiladi, u ongsiz ravishda travmatik voqealar haqida eslashning haqiqiy xotira xususiyati singari ekstremal siqib chiqarish holati sifatida namoyon bo’ladi. Eslashning tiklanishi bu holatda psixoanalitik jarayonda yoki gipnozda yuz beradi. Retrogradli amneziya – xodisalarga, ilgari bo’lgan travmalarga, ko’proq miya-chanoqda xotiraning tushib qolishi. Anterogradli amneziya – ilgari stressdan keyin yoki miya-chanoq travmalaridan keyingi xodisalarning xotiradan tushib qolishi. Anteroretrogradli amneziya – travma vaqtida va tramadan so’ng bo’lib o’tgan xodisalarning xotiradan tushib qolishi. Fiksatsion amneziya – hozirgi vaqtdagi xodisalarni esdan chiqarish. Progressirlovchi amneziya hozirgidan avvalgiga xotira buzilishining ketma-ketligini xarakterlaydi, bunda hozirgi vaqtdagi yoki yaqin o’tmishdagi xodisalarga nisbatan uzoq o’tmish xodisalari yaxshiroq eslanadi. Hozirgidan o’tmishga xotirani yo’qotish qonuni Ribo qonuni bilan belgilanadi. Shunday qilib, bosh miyaning, shu jumladan Altsgeymer kasalligi va qon-tomir dementsiyasida ko’pgina organik atrofik buzilishlarda xotiraning buzilishi yuzaga keladi. Xotira izlarini tiklashning buzilishi nutqning buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin, bu holatlarda Bemor predmetni ayta olmasligi mumkin, chunki u uning nomini nima uchun kerakligini eslay olmasligi mumkin (amnestik afaziya). “Bundan tashqari, xotiraning tiklanishining buzilishi predmetni tanimasligi natijasida (sensorafaziya) yoki mo’ljallangan (maqsad) predmet yoki ko’rinishlarni tanishning buzilishi yuzaga kelishi mumkin. Download 37.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling