Diqqat-e’tiborni buzilishi
Diqqat-e’tibor – ob’ekt va faoliyatga yo’naltirish va diqqatni jamlash darajasi. Diqqat-e’tibor patologiyasiga quyidagilar taalluqlidir.
Diqqat-e’tiborning chidamliligi yoki chalg’iganligi, diqqat-e’tibor fiksatsiyasining tez o’zgaruvchanligi, chalg’ishi, biror bir ishda uzoq muddat diqqatni jamlay olmaslik bilan xarakterlanadi. Butun psixik faoliyatda tezlashgan jarayon kuchi fiksatsiya va kontsentratsiyasi qiyinlashgan. Bolalarda tormozlanish sindromi gebefren sindrom va gipomaniakal xolatlar uchun tipikdir.
Diqqat-e’tibor o’zgarishining sekinlashuvi, ko’proq organiklarda va epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda qayd etiladi. Bemor tanlangan mavzudan yoki faoliyat turidan chetlasha olmaydi va diqqatni boshqa biror bir narsaga jalb eta olmaydi, tutilib qoladi, qayta va qayta ilgarigi masalaga qaytaveradi.
Ishdan chiqish yoki diqqat-e’tibor kontsentratsiyasining etarli emasligi, astenik xolatlar va charchash, ongning minimal buzilishlari uchun xarakterli. Bemor tez charchaydi va bu kuch bilan biror bir faoliyatni bajara olmaydi. Diqqat-e’tibor “suzuvchi” xarakterga ega, davomiy fiksatsiya va kontsentratsiya qiyinlashgan, u xulqning hususiyatlarida ko’rinadi (hayolning tarqoqligi, esdan chiqib qolishi).
INTELLEKTNING BUZILIShI
Ta’rifi. Intellekt – integrativ psixik funktsiya, tanish xususiyatini, bilim darajasini va ularni qo’llash xususiyatini o’z ichiga oladi. Intellektning buzilishi orasida aqliy zaiflik va dementsiya ajratiladi, ular diffuz va lakunarlarga bo’linadi, shu jumladan rivojlanishni tutilib qolishi va defektlardir.
Tarixi, norma va evolyutsiya. Intellekt – bu harakatdagi fikrlash. Psixika adaptatsiyasida to’liq xususiyatni ifodalaydi va individning yashash quroli hisoblanadi. Hayvonlarda aql idroki darajasi masalani xal etish xususiyatiga qarab aniqlanadi, masalan labirintni o’tish tezligiga qarab. Aql idrokining fivojlanishi uchun genetik, shu jumladan, konstitutsional faktorlar va muhit ta’siri, shu jumladan tarbiya va ta’limning hamohangligi muhimdir. F.Halton aniqlashicha, intellekt nasldan naslga o’tadi. Ba’zi bir intellektual etishmaslik formalari, shu jumladan xususiyatlar dominant tip orqali o’tadi, masalan, musiqiy qobiliyat, boshqalar – retsessiv va poligen tip orqali, ammo mutatsiyani eslatuvchi formalar ham uchraydi, ya’ni oiladagi yagona holatlar. F.Halton Ch.Darwin nasliga, shu jumladan Erasm Darwin ham, yana boshqa angliyalik olimlar, siyosiy liderlar va yozuvchilar taalluqli edi, genetik liniya mazkur vaqtgacha davom etib kelmoqda. I.S.Bax, rus yozuvchilari genealogiyasi, A.S.Pushkin bilan bog’liq, Tolstoylar nasli, Gabsburglarning shoxlar dinastiyasi va boshqalar naslining genetik xususiyatlari detallar asosidagi tafsiloti mavjud. Intellektual xususiyatlar va muhitga reaktsiya ba’zi bir konstitutsional ko’rinishlar va displaziyalar bilan markirlanadi, masalan, xromosomli anomaliyalarda morfologik ko’rinishlar ma’lum. Intellektning operativ imkoniyatlari materiya va urug’lanish momentiga otaning qaytishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Intellekt darajasini ba’zida tug’ish vaqtida onaning yoshi bilan ham bog’laydilar, chunki 35 yoshdan keyin tuxum xujayra mutagenezi oshadi, shu sababdan, ko’p hollarda Daun sindromi uchraydi.
Ota va onaning qon-qarindoshligi e’tiborli ma’noga ega, u intellekt anomaliyalari havfini oshiradi, shu jumladan onaning otasi tomonidan qarindolik orasidagi yaqinlik ham, chunki unchalik katta bo’lmagan yaqinlik qon qarindoshlik havfi oshadi. Boshqacha aytganda, geterozis (metisizatsiya). Gomozigotlar oldida geterozigot afzalligi, katta imkoniyatga ega, shu jumladan intellekt darajasi bo’yicha ham. Muhit faktorlari shu jumladan intellektga ham ta’sir etadi. Embrional davrda miya teratogen faktorlar intoksikatsiya va infektsiya, masalan virus yoki alkogol bilan shikastlangan bo’lishi mumkin. Miyaning shikastlanishining yuqori ehtimoli yo’ldoshni ajralishi, homilaning tushishi natijasida, tug’ish vaqtida miyaning shikasti yuz beradi. Ona va bolaning erta anomal aloqasi, ayniqsa separatsiya va deprivatsiya, rivojlanishni orqada qolishiga olib keladi, ular qayd qilinishi mumkin (Spitz). Ta’lim struktura va tizimi berkingan intellektual xusustyalarni bosishi yoki stimullashi mumkin.
Bir qator kishilar o’ziga xos intellektual xususiyatlarga ega bo’lib, kichik yoshdan ma’lumdir. Ch.Lombroso hisoblashicha, geniylarning ko’pchiligi degenerat va psixik kasaldirlar, biroq 150 yildan so’ng V.P.Efroimson ko’rsatishicha, intellekt genetikasi unumli psixopatologiya bilan nisbatan bog’liqdir. U ajoyib shaxslarni oilalarini ajratdi, ularda yuqori intellektual daraja podagra bilan assotsirlanadi, ya’ni siydik kislotasining darajasi, endogen kofein darajasi va gormonlar darajasi bilan. Biroq “yaxshi” genetika va “yaxshi” muhit hamma vaqt ham qoniqarli natijaga olib kelmaydi, chunki intellekt realizatsiyasi uchun potentsiya realizatsiyasi xususiyati ham e’tiborli, ya’ni maqsadga erishishga talab. Bu funktsiya intellekt bilan bog’liq bo’lmasligi mumkin, ammo dominirlash va o’zini baholash darajasini aniqlab beradi.
Intellektning universal modeli operatsion daraja, unumdorlik va ma’noni o’z ichiga qamrab oladi. Operativ daraja hotira, fikrlash, konvergentsiya xususiyati va g’oyalar divergentsiyasi, diqqatni chetga tortish o’tkazishdan (abstrgirlash) iborat. Intellektning unumdorligi g’oyalarni urug’larga, sinflarga, tizm, aloqalarga birlashtirish xususiyatidan iboratdir. Intellekt ma’nosi verbal (so’zlar zapasi va ulardan foydalanish), verbal bo’lmagan (xulq strategiyalari va ularni qo’llash), simvolik va semantik bo’lishi mumkin. Ko’pgina izlanuvchilar, intellektning asosiy tuzuvchisi yumor hissi va o’zini ustida kinoya xususiyatidir. Maksimal intellektual darajaga etish darajasi, agar unga shaxsiyat xususiyatlari, muhit ta’siri yoki somatik buzilishlar halaqit bermasa o’rtacha 40-50 yoshlarga to’g’ri keladi. Biroq intellektni sekin asta egallash va yo’qotish ketma-ketligi darajasi genetik aqliy xususiyatlarga bog’liq. Ya’ni, esi pastlar sekin asta aqlliroq va tezroq yanada aqli pastroq bo’la boshlaydi, aqllilar esa tez aqlli bo’ladilar, aqli pastlik esa 60 yoshdan so’ng sekin asta yuzaga keladi. E’tiborli darajada intellekt uzluksiz ta’lim, somatik salomatlik, zararli odatlardan voz kechish bilan qo’llab turiladi. To’g’ri, bu hamma vaqt ham amaliyotda tasdiqlanmaydi, mana, masalan, yuqori intellektni saqlagan holda, U.Cherchel ancha vaqtgacha sigara chekishni davom ettirgan va kon’yakdan voz kechmagan. Ginnes rekordlar kitobiga asosan IQ maksimal kattalikni erkaklar emas, ayollar ko’rsatgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |