Xotiraning boshqarishning umumiy tamoyillari


Virtual xotira tushunchasi, tashqi xotira va ularning turlari. RAID massivlar


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana25.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1065683
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xoliqov Sardor 7-mustaqil ishi

 
Virtual xotira tushunchasi, tashqi xotira va ularning turlari. RAID massivlar 
Virual xotira. 
Dastlabki kompyuterlarda xotira juda kichik va narxi baland bo’lgan. 1950-yillarning 
oxiridagi eng yaxshi kompyuter IBM-650 ning xotirasi 2000 ta so’zga ega bo’lgan. 
ALGOL ning 60 ta kompilyatori 1024 so’z xotirali kompyuterlar uchun ishlab chiilgan. U 
davr dasturchilari o’z dasturini xotiraga joylashtirishni eng asosiy muammo deb bilganlar 
va bunga juda ko’p vaqtlarini sarflaganlar. Ko’pincha tezkor algoritmning o’rniga 
sekinroq algoritmlarni ishlatishgan, chunki tezkor algoritm xotirada ko’p joy egallagan.
Bu muammoni hal qilishda asosan tashqi xotiralarga suyanilgan. Dasturchi dasturni 
overley deb nomlanuvchi bir necha qismlarga bo’lib, xotiraga joylashtirgan. Dasturni 
to’liq ishlatish uchun dastlab 1-overley ishlatilgan, u ishini yakunlagach, 2-overlay va h.k. 
dasturchi dasturni overleylarga bo’lish masalasini va qaysi overley yordamchi xotiraning 
qaysi qismida joylashihsi masalasini hal qilgan, yana asosiy va tashqi xotira o’rtasida 
overleylar almashinishini nazorat qilgan, umuman, bu jarayonni kompyuter ishtirokisiz 
o’zi bajargan. 
Bunday texnologiya juda murakkab bo’lishiga qaramasdan ancha vaqt davomida qo’llab 
kelingan. 1961-yilda bir guruh olimlar (Manchester, Angliya) bu jarayonni avtomatik 
bajarilish uslubini taqdim etgan. Hozirgi kunda virtual xotira deb nomlanuvchi bu metod 
1960-yillarda ishlab chiqarilgan kompyuterlarda qo’llanilgan. 1970-yillardan keyin esa 
barcha kompyuterlarda joriy qilingan. 
Xotiraning sahifali tashkil qilinishi. 
 
Manchesterlik olimlar adres maydoni va xotira adresi tushunchalarini alohidalashni taklif 
qilishgan. Masalan, 16 bitli adres maydonli 4096 so’zli xotiraga ega mashinani qaraymiz. 
Bu kompyuterda ishlovchi dastur xotiraning 65 536 ta so’ziga murojaat qilishi mumkin 
(2
16
=65 536). E’tibor bering: adreslanadigan so’zlar soni adres bitlari soniga bog’liq 
bo’lib, xotiradagi real so’zlar soniga esa bog’liq emas. Bu xotiraning adres maydoni 0, 1, 
2, 3, …, 65535 dan iborat. Xotira esa faqat 4096 so’zni saqlay oladi xolos. 
Bu yerda 4095 gacha va 4096 dan keyingi adreslar orasida keskin farqlanish yuzaga 
kelgan. 4095 gacha foydali adres makoni, 4096 dan keyingilari foydasiz adres makoni 


deyilgan. Chunki 4096 dan keyingi adreslar xotiraning real adreslariga mos kelmagan. 
Adres maydoni va xotira adresi orasida farqlanish mavjud bo’lmagan, chunki ular orasida 
o’zaro birxillik munosabati mavjud deb tushunilgan.
Adres maydoni va xotira adresini alohidalash g’oyasi quyidagicha tushuntiriladi. Har bir 
joriy vaqtda xotiraning 4096 ta so’ziga bevosita murojaat qilish mumkin. Bu esa ushbu 
so’zlar 0 dan 4095 gacha adresda joylashishi shart degani emas. Masalan, 4096-adresga 
murojaat qilinganda xotiraning 0-adresidagi so’z ishlatilishi, 4097-adresga murojaat 
qilinganda xotiraning 1-adresidagi so’z ishlatilishi, …, 8191-adresga murojaat qilinganda
xotiradagi 4095-so’z ishlatilishi lozim va h.k. Boshqacha aytganda adresli maydonni 
haqiqiy xotira maydonida akslanishi kuzatiladi.
Slayd 
Agar dastur 8192 adresdan 12287 adresga o’tishna bajarsa nima bo’ladi? Virtual xotirasiz 
mashinalarda xatolik sodir bo’ladi, ekranda “Mavjud bo’lmagan xotira adresi” yozuvi 
chiqadi. Virtual xotirali mashinada esa quyidagilar bajariladi: 
1) 4096 dan 8191 gacha so’zlar diskda joylashadi 
2) 8192 dan 12287 gacha so’zlar asosiy xotiraga yuklanadi. 
3) Adreslarni akslanishi o’zgaradi. Endi 8192 dan 12287 gacha adreslar asosy xotiradagi 0 
dan 4095 gacha yacheykalarga moslanadi. 
4) Dasturning bajarilishi davom etadi. 
Adreslasrni bunday avtomatik yoyish texnologiyasi xotirani sahifali tashkil qilinishi 
deyiladi, diskdan o’qiladigan dastur qismlari esa sahifalar deyiladi. 
Adreslarni adres maydonidan xotiraning real adreslariga akslantirishining yana boshqa 
murakkabroq usuli ham mavjud. Dastur murojaat qilishi mumkin bo’lgan adreslarni 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling