Xotiraning boshqarishning umumiy tamoyillari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana25.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1065683
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xoliqov Sardor 7-mustaqil ishi

Management Unit) deyiladi. U bevosita MP mikrosxemasida yoki alohida joylashishi 
mumkin. Bizning misolda MMU 32 bitli virtual adresni 15 bitli fizik adresga aylantiradi, 
shu sababli unga 32 bitli kuruvchi registr va 15 bitli chiquvchi registr kerak bo’ladi. 
Slayd 


Bu rasmda MMUning ishlashi keltirilgan. MMUga 32 bitli virtual adres kelganidan keyin 
adresni 20 bitli virtual sahifa raqami va 12 bitli shu sahifada ko’chishga ajratadi. Virtual 
sahifa raqami sahifalar jadvalida ushbu sahifani topish uchun indeks bo’lib ishlatiladi. 
Rasmda virtual sahifa raqami 3 ga teng, shu sababli jadvaldan 3-element tanlanadi. 
Dastlab MMU kerakli sahifa hozirgi vaqtda xotirada mavjudligini aniqlaydi. Hozirgi 
vaqtda 2
20
ta virtual sahifalar va 8 ta sahifali kadr bor ekan, hamma virtual sahifalar bir 
vaqtda xotirada mavjud bo’la olmaydi. MMU sahifalar jadvali elementining mavjudlik 
bitini tekshiradi. Bizning holatda bu 1 ga teng va sahifa xotirada mavjudligini bildiradi. 
Keyin tanlangan elementdan sahifa kadri qiymatini olish lozim (bizning holatda – 6) va 
uning chiquvchi 15 bitli registrining yuqori 3 bitini nusxalash kerak. Aynan 3 ta bit 
shartligi, fizik xotirada 8 ta sahifa kadri borligidan kelib chiqadi. Bu operatsiya bilan 
parallel ravishda virtual adresning quyi 12 biti (sahifadagi ko’chirish maydoni) chiquvchi 
registrning quyi 12 bitiga nusxalanadi. Shu tartibda hosil qilingan 15 bitli adres keshga 
yoki asosiy xotiraga yuboriladi. 
Qattiq disk 
Qattiq disk har bir kompyuterning asosiy tashkil etuvchisidir. Ular asosida qurilgan RAID 
massivlar tashkilqilinish uslubiyati quyidagicha. (RAID – Redundant Array of 
Independent Disks
Ma’lumki, qattiq disklar mustahkamlik zahirasi deb ataluvchi ish vaqtiga va 
unumdorligiga ta’sir qiluvchi xarakteristikalarga ega.
Bu disklarning va undagi ma’lumotlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun reyd-
massivlar tushunchasi mavjud. Bunday massivlar tartib raqamlariga ega bo’ladi (0, 1, 2, 
3,…) va turli funksiyalarni bajaradi. 
RAID – bu disk massivi (yoki kompleksi) bo’lib, bir necha qattiq disklardan tashkil 
qilinadi. Ba’zan bunday tashkil qilinishdan ma’lumotlarni ishonchli saqlash ko’zlansa, 
ba’zan o’qish/yozish tezligini oshirish ko’zlanadi, ba’zanhar ikkalasi ham. Shu kabi 
vazifalardan birini bajaruvchi RAID massivnifoydalanuvchi ehtiyojiga moslashtiradi. 


Boshqacha aytganda RAIDning konfiguratsiyasini tanlaydi. Bu konfiguratsiyaning turli 
tiplari turlicha raqamlanadi, 
1, 2, 3, 4,…, va turli vazifalarni bajaradi. 
RAIDlarni ishlatish 1 ta qattiq diskni ishlatishdan ko’ra qulay va unumdorligi keskin 
seziladi. Boshqa qurilmalarni kuzatadigan bo’lsak, masalan MP da yadro, chastota, kesh, 
arxitektura; videokartalarda pikselli konveyer soni, xotira hajmi va razryadliligi, sheyder 
bloklari; O.X.Q esa chastota, tayming kabi tashkil qiluvchilardan iborat va ularning 
qaysidir bir elementining unumdorligi oshirilsa, shu qurilma unumdorligi ham oshadi. 
Qattiq disklar esa faqat hajm va golovka aylanish soniga bog’liq bo’sa, bu ko’rsatkich 
7200 ayl/min ga chiqqandan keyin o’zgargani yoq. Kompyuter tizimini asosiy tashkil 
etuvchisi bo’lib hosiblansada, unumdorlik bo’yicha xotira diski o’rnida qotib qolgan 
deyish mumkin.
Texnik jihatdan RAID massiv bu –2 dan ortiq qattiq diskni ona platada joylashtirish va 
dastur yordamida massiv hosil qilishdir. Bu dastur RAID tipini tanlash, RAIDga 
qo’shilgan disklar qanday tartibda ishlashini aniqlaydi va ta’minlaydi. 
Dasturiy jihatdan qaraganda RAID hosil qilingan tizimda hech qanday alohida 
xususiyatlar namoyon bo’lmaydi. Faqat BIOS ning sozlanmalarida o’zgarish bo’ladi, 
shuningdek drayverni ishlatishda ham. Boshqa o’zgarish sezilmaydi, o’sha-o’sha Мой 
компьютер, папкалар, файллар, С, D disklar va h.k.
Massivni o’rnatish uchun ona plata RAID texnologiyada ishlashi talab etiladi. Bu plataga 
2 ta (yoki undan ortiq) to’liq bir xil bo’lgan (hajmi, keshi, interfeysi va h.k.) 
xarakteristikali va ishlab chiqaruvchisi va modeli ham bir xil bo’lgan disklar ona plataga 
o’rnatiladi. Keyin kompyuter ishga tushiriladi, BIOSga kirib, Configuration: RAID deb 
o’rnatiladi. 
Kompyuterni qayta yuklab, yuklanish jarayonida disklar haqidagi ma’lumot ekranga 
chiqqanda Ctrl+I bosiladi, va RAID sozlanmalari o’rnatiladi.
RAIDni hosil qilayotganda yoki o’chirayotganda disklardagi hamma ma’lumotlar 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling