1
XOTIRANING UNUMDORLIGINI ANIQLASH
Ushbu testdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraga
xos jihatlarni ularning unumdorligi nuqtai nazaridan o‘rganishdan iborat. Tadqiqot
to‘rtta kichik testni o‘z ichiga oladi. Sizga cheklangan vaqt mobaynida (1-test – 40
soniya, 2-test – 40 soniya, 3-test – 10 soniya, 4-test – 60 soniya) muayyan
ma’lumotni esda olib qolish hamda mos ravishda birinchi test uchun – so‘zlar va
ularning raqamli belgilari,
Ikkinchi test uchun – raqamlar va ularning raqamli belgilari, uchinchisi uchun
– figuralar, to‘rtinchisi uchun – qalin yozuv bilan ajratilgan va raqamlar bilan
belgilangan fikrlarni esda olib qolish va matnda ko‘rsatilgan ketma-ketlikka rioya
qilgan holda aytib berish taklif etiladi.
4-test
1912-yilda Atlantika okeanida halokat yuz berdi. Dastlabki reys bilan
Yevropadan Amerikaga borayotgan «Titanik» nomli yo‘lovchilar tashiladigan
paroxod tuman paytida dengizda suzib yurgan muztog‘ bilan to‘qnashib ketdi (1),
kemada katta teshik hosil bo‘ldi va u cho‘ka boshladi (2). «Qayiqlar tushirilsin!» –
deb buyruq berdi kapitan. Biroq qayiqlar yetarli emas edi (3). Ular yo‘lovchilarning
faqat yarmiga yetdi.«Ayollar va bolalar – ko‘prikchalarga, erkaklar qutqaruv
belbog‘larini taqsinlar!» (4) – degan ikkinchi buyruq berildi. Erkaklar jimgina
bortdan nari ketdilar. Kema sekin-asta qop-qora va muzdek sovuq suvga cho‘ka
boshladi (5). Ayollar va bolalarga to‘lgan qayiqlar g‘arq bo‘layotgan kemadan birin-
ketin uzoqlashardi. Mana odamlar oxirgi qayiqqa joylasha boshladilar (6). Birdan
qo‘rquvdan afti qiyshayib ketgan baqaloq kishi baqiribdodlab ko‘prikchaga
tashlandi (7). U ayollar va bolalarni itarib, matroslarga dasta-dasta pul tiqishtirar va
odamlar bilan to‘lib-toshgan qayiqqa sakrab chiqishga harakat qilardi (8).
Paqillagan ovoz eshitildi, bu kapitan to‘pponchadan uzgan o‘q ovozi edi (9).
Qo‘rqoq palubaga jonsiz holda yiqildi (10), ammo hech kim unga qayrilib ham
2
qaramadi.
Natijalar tahlili:
Ayrim so‘zlarni esda olib qolish
unumdorligi:
_ to‘g‘ri takrorlangan so‘zlar soni x
100 20-soniya
Ayrim raqamlarni esda olib qolish
unumdorligi:
_ to‘g‘ri takrorlangan raqamlar soni x
100 20-soniya
Figuralarni esda olib qolish
unumdorligi:
_ to‘g‘ri takrorlangan figuralar soni x
100 20-soniya
Fikrlarni esda olib qolish
unumdorligi:
_ to‘g‘ri takrorlangan fikrlar soni x
100 20-soniya
Xotira unumdorligining integral
ko‘rsatkichi:
_ to‘rtta test bo‘yicha natijalar
yig‘indisi 4
3
Baholar shkalasi:
90–100 – a’lo
70–90 – juda yaxshi
50–70 – yaxshi
30–50 – qoniqarli
10–30 – yomon
0– 10 – juda yomon
Eslatma. Uzoq muddatli xotira bir haftadan keyin quyidagicha tekshiriladi: hech
narsaga suyanmagan holda to‘rtta test materialini eslash kerak. Agar natija
«yaxshi» bo‘lsa, demak, uzoq muddatli xotira yaxshi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |