Xozirgi zamon ijtimoiy psixologiya fanining metodologik muammolari va metodlari


Download 52.49 Kb.
bet3/5
Sana04.05.2023
Hajmi52.49 Kb.
#1424122
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 маъруза Хозирги замон ижтимоий психология фанининг мтодологик

So`rov metodlari. Bular suhbat, intervyu, anketa metodlaridir. Ushbu metodlar ijtimoiy psixologiyada keng qo’llaniladigan metodlar qatoriga kiradi.
So`rov metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo`llaniladi, ayniqsa, anketa so`rovi va intervyu shular jumlasiga kiradi. Bu metodlarni qo`llashda qator metodologik qiyinchiliklar vujudga keladi:
1) - doim shaxslararo munosabatlar, o`zaro ta’sir shakllari mavjud.
2)- tadqiqotchini sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi.
Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok qilish va sub’ektiv bir-birini tushunishiga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay juda ko`p ijtimoiy psixologik ma’lumotlarni to`plashda so`rov metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelimoqda.
Intervyu o`tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko`rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan qator muhim shaxs sifatlarning bo`lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada «rolli o`yinlar» metodi yordamida psixolog yoki sotsiolog maxsus tayyorgarlik kursidan o`tadi.
Suhbat yoki intervyuni muvaffaqiyatli o’tkazishning muhim sharti - bu do’stona munosabatlarning o’rnatilishidir. Tadqiqot davomida so’ralayotgan shaxs tadqiqotchi qiyofasida uni tushunishga intilayotgan , uning bildirayotgan fikrlarini tanqid qilmaydigan, o’z fikrini majburan singdirishga harakat qilmaydigan suhbatdoshni ko’rish muhimdir.
Anketa metodi hamma tanish bo`lgan usullardan biri lekin ko`pincha anketa o`tkazgan odamning uning tuzilishi qanchalik qiyinligi yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlash ularni to`g`ri sharxlash qanchalik qiyin ekanligini tasavvur qilmaydi.
Anketaga kiritilgan savolar ma’lumotiga ko`ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo`linadi.
Ochiq anketa restondentdan o`z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi.
Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo`lib tekshiriluvchi o`ziga ma’qul bo`lgan, o`zining qarashlari fikrldari bilan mos kelgan javobni belgilab beradi. Ochiq savollarning kamchiligi-respondentlarning har doim ham qo`yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramasliklari hamda berilgan javoblarni statik jihatdan ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo`lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi (tomonidan o`z fikricha ergashishga o`xshash holatning mavjudligi yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bermaslikdadir.
Ijtimoiy psixologik testlar. Testlar psixologiyaning maxsus usulidir. Ular qisqa sinov usuli bo`lib, u yoki bu ijtimoiy psixologik hodsa qisqa muddat ichida bir texnik vosita sifatida uning yordamida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshida kashf qilingan bo`lib, ular 20-30 yillarga hayotga, amaliyotga shunchalik shiddat bilan kirib keladiki, natijada maxsus soha-psixometrika kirib keldiki, natijada maxsus soxa-psixometrika yuzaga keldi.

Ijtimoiy psixologik testlar quyidagi xussuiyatlarga ega bo’ladi:


Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlar.
Muloqot sistemasidagi o’rnini aniqlash.
Aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar.
Testlarni qo`llashni qulaylik tomoni shundaki bir test yordamida ma’lum ob’ektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta takror-takror sinab ko`rish mumkin. Lekin ularni umumiy deb bo`lmaydi., chunki u yoki bu test muayyan turdagi ob’ektda sinalgan bo`lsa, uni shunga o`xshash ob’ektlardagina qo`lash mumkin. Xolos, qolaversa undan olingan ma’lumotlar nisbiy xususiyat kasb etadi.

Download 52.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling