Xristianlikda ilk bo‘linishlarning yuzaga kelishi O‘zbekistonda xristianlik tarixiga oid ma'lumotlar mavzu: xristianlik


Download 7.73 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi7.73 Kb.
#1837978
Bog'liq
Mustaqil ish

Reja:

  • Xristianlik tarixi, ta'limoti va marosimlari
  • Xristianlikda ilk bo‘linishlarning yuzaga kelishi
  • O‘zbekistonda xristianlik tarixiga oid ma'lumotlar

MAVZU:
XRISTIANLIK
  • Xristianlik dini - jahon dinlaridan biri hisoblanadi;
  • Xristianlikka e'tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi;
  • Xristianlik hozirgi kunda ko‘proq Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida hamda qisman Afrika va Osiyo qit'alarida tarqalgan.
  • Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga kelgan;
  • Iso Masih Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi;
  • Yangi eraning boshlanishi Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.

Xristianlik tarixi

Xristianlik dinining asoschisi Iso Masih:

  • Xalq kutayotgan haloskor;
  • Yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqqan;
  • Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in qilganlar;
  • Iso 33 yoshida fitnachilikda ayblanib, qatl etishga hukm qilingan.
  • Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi “moshiax” so‘zidan olingan bo‘lib, “silangan” yoki “siylangan” ma'nolarini beradi. Grekchada bu so‘z “xristos” (“christos”) shakliga ega. Bu dinning “xristianlik” yoki “masihiylik” deb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq.

Bibliya
  • Yahudiylik va xristianlik dinlari ta'limotiga ko‘ra, Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va ahloq qonunlarini o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.

  • Bibliya tarkibiga kirgan:
  • Yahudiy diniga taalluqli kitoblar «Qadimiy ahd», Xristian ta'limotiga tegishli kitoblar «Yangi ahd»

  • deb nomlanadi.
  • Bibliya (biblia) - so‘zi grek tilida “kitob”, “o‘ram”

  • ma'nolarini anglatadi;
  • Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat;
  • Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha, Qadimiy ahdda 24 ta kitob;
  • Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha,

  • 22 ta kitobdan iborat.
  • Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563), katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob kirgizadilar.
  • Injil” - so‘zi yunoncha “evangelion” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, hushxabar ma'nosini anglatadi;
  • Unda odamzodni qutqaruvchi yagona Najotkor hisoblanmish Iso Masihning yer yuziga yuborilganligi haqida hikoya qilinadi;
  • Injil milodning birinchi asrida yozilgan, 27 bo‘limdan iborat

Injil

Xristianlik ta'limoti

  • Xristianlik Ota-Xudo, O‘g‘il-Xudo va Muqaddas ruh

  • -Uch qiyofali Xudo (Troitsa - Trinity) ko‘rinishga ega

xudo to‘g‘risidagi
oxirat, Isoning
ta'limotni,
qaytishi
jannat haqidagi
va do‘zax,
va boshqa
aqidalarni o‘z ichiga oladi.
  • milodning IV asri boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e'lon qilingan;
  • 325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya Nikeya shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi(pasxani bayram qilish vaqti belgilangan);
  • 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo‘lib o‘tdi(“troitsa” haqidagi qoidani ishlab chiqqan va “e'tiqod timsoli”ni qonunlashtirgan).

“E'tiqod timsoli” 12 qismda ifodalandi:

  • Olamni yaratgan Xudo;
  • Nasroniylikda Xudoning o‘g‘li hisoblangan Iisus Xristosga imon keltirish;
  • Ilohiy mujassamlashuv;
  • Isoning azob-uqubatlari va o‘limi;
  • Isoning xochga mixlanganidan so‘ng uch kun o‘tib qayta

  • tirilganligi;
  • Isoning meroji;
  • Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba yerga qaytishi);
  • Muqaddas Ruhga imon keltirish;
  • Cherkovga munosabat;
  • Cho‘qintirishning gunohlardan forig‘ qilishi;
  • O‘lganlarning ommaviy tirilishi;
  • Abadiy hayot

O‘rta Osiyo xalqlari tarixida xristian dini:


Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar O‘rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar.
  • 280 yilda Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan;
  • Samarqandda (310 yildan);
  • Marvda (334 yildan);
  • Hirotda (430 yildan);
  • Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik, missiyalar tuzilgan;
  • X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan.
  • 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda

  • Turkiston yeparxiyasini ochishga qaror qilindi;
  • 1880 yillarga kelib Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o‘zining yangi ibodatxonalari sonini ko‘paytirishga harakat qildi;
  • 1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug‘i bilan Turkiston kafedral sobori Almatidan Toshkent shahriga ko‘chirildi;
  • 2011 yil 27 iyul kunidan e'tiboran sobiq Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi o‘rniga to‘rt mustaqil yeparxiya tashkil etildi.
  • Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 yilda qurila boshlanib, 1917 yilda bitkazilgan;
  • Vatikan davlati O‘zbekistonning mustaqilligini 1992 yil 1 fevralda tan olib, shu yilning 17 oktyabr kuni ikki taraflama diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

Download 7.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling