Xristianlikdagi oqimlar reja
Download 42.83 Kb.
|
Xristianlikdagi oqimlar reja
Xristianlik ta’limoti. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Shu bois yahudiylikning xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqli bo’lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g’oyasi – Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning o’zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, o’g’il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch yuzlik Xudo (Trinity) to’g’risidagi ta’limotni, jannat va do’zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi. Xristian jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning IV asr boshlarida, yaьni 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshirildi. 325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o’zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikeya shahrida I Butun Olam Xristian Soborini (o’tkazilgan 21 sobordan birinchisi) chaqirdi. Bu soborda «e’tiqod timsoli»ning (Credo) dastlabki tahriri qabul qilingan, pasxani bayram qilish vaqti belgilangan, ariychilik qoralangan (Ariy Aleksandriya shahridan chiqqan ruhoniy; 318 yilda o’g’il-Xudo va Ota-Xudoning yagona mohiyati haqidagi cherkov ta’limotiga qarshi chiqib, Isoning ilohiy xususiyatlari va shon shuhrati jihatidan Ota-Xudodan keyin turadi, chunki ota-xudo azaliy va abadiy, Isoni u yaratgan deb targ’ib qilgan). 20 ta kanon, jumladan, Aleksandriya, Rim, Antioxiya, Quddus, mitropolitlarining imtiyozlari to’g’risidagi qoidani ishlab chiqqan. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo’lib o’tdi. Bu soborda Nikeyada qabul qilingan «e’tiqod timsoli»ga aniqlik kiritish, ariychilar, yevnomiychilar, fotinianlar, savelianlar kabi adashgan firqalar bilan kurashish masalalari ko’rilgan. II Jahon sobori troitsa (Trinity) haqidagi qoidani ishlab chiqqan va «e’tiqod timsoli»ni qonunlashtirgan. Konstantinopolь patriarxi Rim patriarxi kabi barcha boshqa yepiskoplarga nisbatan imtiyozlarga ega degan qoidani kiritgan. Bu soborda qabul qilingan «e’tiqod timsoli» 12 qismda ifodalandi: birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida; ikkinchi qismda nasroniylikda Xudoning o’g’li hisoblangan Iisus xristosga imon keltirish haqida; uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so’z yuritilib, unga ko’ra, Iso Xudo bo’la turib, bokira Bibi Maryamdan tug’ilgan va inson qiyofasiga kirganligi haqida; to’rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o’limi haqida so’z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o’limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinishi haqida; beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so’ng uch kun o’tib qayta tirilganligi haqida; oltinchi qismda Isoning me’roji haqida; yettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida; sakkizinchi qism: Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasida; to’qqizinchi qism: cherkovga munosabat haqida; o’ninchi qismda cho’qintirishning gunohlardan forig’ qilishi haqida; o’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida; o’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi. xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta ahamiyat kasb etdi. Beshinchi asr bo’sag’asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ’ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko’ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug’ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan. Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o’rin egallashi mumkin, chunki imon taqdir taqozosidir. Download 42.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling