Xristianlikning kelib chiqish tarixi Bibliya (Injil) xristianlikning muqaddas manbai. Xristianlikning aqidalari


Download 98.38 Kb.
bet11/13
Sana14.10.2023
Hajmi98.38 Kb.
#1702574
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-мавзу (1)

Krest-xoch salib. - xristianlikda muqaddas timsol. Pravoslaviye va katolisizmda diniy sig’inish predmeti. Bibliyada ko’rsatilishicha Iso krestga mixlab o’ldirilgan. Shuning uchun xristianlikni qabul qilish belgisi sifatida diniy timsolga aylangan. Xristianlikdan avvalgi dinlarda ham krestga sig’inish mavjud bo’lganligini arxeologiya fani ashyo predmetlari tasdiqlaydi.

  • Lavra (yun.-ko’p kishilik monastir) yirik va muhim pravoslav erkaklar monastirlarining nomi. Rus pravoslav cherkovida Kiyev-Pechera (1598 yilda), Troisa-Sergiy (1744 yilda), Aleksandr Nevskiy (1797 yilda) va Pochayev-Uspenskiy (1833 yilda) monastirlari Lavra deb atalgan. Mahalliy yeparxial arxiyereylar Lavra Lavirlari hisoblangan. Troisa-Sergiy Lavrasi noziri cherkov boshlig’i - patriarx hisoblanadi.

  • Maslenisa - qishni kuzatish va bahorni kutib olishga bag’ishlangan qadimgi slavyanlar bayrami. Bayram kunlari oilalarda blin (tuxum o’yma) taomi pishiriladi.

  • Messa (fransuzcha) - katolik cherkovidagi litergiya. Messa ibodat qilish va organ musiqasi sadolari ostida ashula aytishdan iborat. 1962-1965 yillarda 2-Vatikan sobori qarori bilan liturgiya milliy tillarda o’tkazishga ruxsat berilgan.

  • Miro (yun.-xushbo’y yog’, moy)- miro surtish, cho’qintirish marosimida ishlatiladigan moy. Dastlab Miro oddiy o’simlik moyi bo’lgan. 6-asrdan boshlab unga balzam (malham) va xushbo’y narsalar aralashtira boshlangan, oq uzum sharbati, xushbo’y narsalardan tayyorlanadi.

  • Monastir (yun.-darvish hujrasi) - cherkovning muayyan yo’l yo’riqlari asosida birgalikda yashovchi monax rohiblar jamoasi va ular yashab turgan ibodatxonalar, turar joy uylar, maishiy xizmat xonasi, ombor, molxona, sexlari majmuasi. Monastirlar katoliklarda monofi-zitlarda mavjud. Dastlab Hindistonda er. av. 1-ming yillik o’rtalarida buddistlar monastirlari paydo bo’lgan. Birinchi xristian monastirlari esa 3-4 asrlarda Misrda vujudga kelgan. Hozirgi paytda Rossiyada monastirlar yana qayta tiklanib amal qila boshladi.


  • Download 98.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling