Xristianlikning kelib chiqish tarixi Bibliya (Injil) xristianlikning muqaddas manbai. Xristianlikning aqidalari


Download 98.38 Kb.
bet7/13
Sana14.10.2023
Hajmi98.38 Kb.
#1702574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
5-мавзу (1)

Pravoslaviye yo’nalishi

Rim imperiyasi 395 yilda ikki qismga bo’linib ketdi. 1054 yilda esa xristianlik katolisizm va pravoslaviye yo’nalishlariga ajraldi. Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida feodallashish jarayoni sekinlik bilan bordi. Vizantiyada imperatorlik hokimiyati saqlanib qoldi. Cherkov doimo podsholar qaramog’ida turar edi. Rus demokrat yozuvchisi V.G.Belinskiy aytganidek, pravoslaviye ruhoniylari «har doim dunyoviy hokimiyatga xizmatkor bo’lib kelganlar».


Imperator Konstantin o’z imperiyasini mustahkamlash maqsadida cherkovni davlat muassasasiga aylantirdi. Patriarx amalda din ishlari vaziri bo’lib qoldi. Pravoslaviye deb atalishiga sabab: Bibliyadagi qadimgi aqidalarni izohlash va sharhlash erkinligi huquqiga ega bo’lgan (pravo na slovo-o’z fikriga ega) demakdir.
Pravoslaviye cherkovlari boshliqlarining sobor majlisi imperator (podsho) tomonidan chaqirilib, uning yoki tayinlan-gan dunyoviy amaldor raisligida o’tkazilishi ham pravoslaviye har bir davlatga artokefal, ya’ni mustaqil cherkov ekanini ko’rsatadi. Masalan, jahon xristian pravoslaviye sobor yig’inining 6 tasi ana shunday o’tgan edi. Faqat 787 yilda Nikey shahrida o’tkazilgan yettinchi sobor yig’ilishida imperator patriarx sifatida qatnashgan edi. Jahon soborlarining qarorlari imperator tasdiqlagandan keyingina kuchga kirardi.
Pravoslaviye patriarxlari ba’zan podsho yoki imperatorlar nazoratidan chiqib ketishga va ular ustidan hukmronlik o’rnatishga urinib ko’rardilar, ammo bunga erisha olmasdilar. Masalan, Konstantinopol patriarxi shunday maqsadda Rimning besh ruhoniysidan madad olishga ham harakatlar qilganu, ammo o’z niyatiga erisha olmay, imperator qo’lida qo’g’irchoq bo’lib qolavergan.
Pravoslaviye cherkovlari kimnidir avliyo deb e’lon qilmoqchi bo’lsa bunga podsho ruxsatini olishga majbur edi yoki imperator xohlagan ruhoniyni avliyolikka ko’tarishga to’g’ri kelardi. Masalan, Rossiya podshosi Ivan Grozniyning yoshgina o’g’li Dmitriyni podsho Vasiliy Shuyskiy talabi bilan alviyolar qatoriga kiritilgan.

Pravoslaviyening aqidaviy ta’limotlari

Pravoslaviye aqidalaridan iborat ta’limotlar jahon sobor yig’ilishlari tomonidan qabul qilingan e’tiqod ramzlaridir.


1-aqida: bir tanada uch qiyofada namoyon bo’ladigan ota, o’g’il xudolarga, muqaddas ruhga iymon keltirib, ular dunyoni ikkita qilib yaratgani, barcha narsalarni yo’qdan bor qilgani va olamning egasi, boshqarib turadigan yagona hokimi mutloq deb ishonish, Muqaddas ruh - ota xudodan paydo bo’lgan deb tasavvur qilinadi. Isoning oyoq qo’lidan mixlanib o’ldirilishi va tirik holda osmonga chiqib ketganligi, u yana Yer yuziga qaytib kelishi, adolatli jamiyat o’rnatishga ishonish.
2-aqida: cherkov gunohdan pokligi, aqidalarning o’zgarmasligini e’tirof etish aqidasi. Bu aqidaga ko’ra cherkovni dastlab Iso barpo etgan, so’ngra u o’zidan keyin o’rniga avliyo Pyotrni qoldirganligi uchun cherkovlar gunohdan holi-forig’ hisoblanadi. Pravoslaviye yo’nalishidagi ruhoniylar va xudojo’y taqvodorlar diniy aqidalar xudoning inoyati bilan bandalarini to’g’ri yo’lga boshlovchi «muqaddas haqiqatlar» bo’lganligi uchun ular hyech o’zgarmaydi, abadul-abad turadi, ularni ozaytirish ham, ko’paytirish ham mumkin emas, deb hisoblaydilar.
3-aqida: Isoning onasi Bibi Maryamga, avliyolar va cherkov deb e’lon qilgan ruhoniylarga sig’inish aqidasi ham kuchli ta’limot hisoblanadi.

Pravoslaviye marosimlari



Xuddi katolik yo’nalishidagi kabi pravoslaviyeda ham marosimlarga katta ahamiyat beriladi. Pravoslaviye marosimlarining ko’pi cherkovda o’tadi. Katolik cherkovlarida ibodatlar paytida dindorlar bemalol stullarda o’tiradilar, pravoslaviye cherkovlarida esa dindorlar tikka turadilar. Katolik cherkovlarida organ musiqasi sadolari ostida ibodat qilinadi Pravoslav cherkovlarida ibodat paytida musiqaviy kuylar chalish odat emas. Pravoslaviye va Katolik cherkovlarining ichki tomonini bezatishda ham farqlari bor. Masalan, pravoslaviye cherkovlarida, ibodat uylarida butlar juda ko’p. Bibi Maryam Iso, avliyolarning ko’pdan-ko’p haykallari ham mavjud. Pravoslaviye cherkovlari va ibodat uylari nim qorong’i, shamlar bilangina yoritilgan holda, sirli sharpalar, mungli munojot madhiya emas, balki marsiya ohanglari eshitilgan holda marosimlar o’tadiki, bunday holat pravoslav ruhoniylarining fikriga ko’ra, dindorning e’tiqod ruhiyatini kuchaytiradi. Agar yop-yorug’ elektrlar yonib turgan holda ibodat qilinsa, dindorlar ibodatda chalg’ishi mumkin, deb hisoblaydilar.
Pravoslav bayramlari ham juda ko’p bo’lib, ularning umumiy soni bir yildagi 365 kunning har biriga bir nechta bayrami to’g’ri keladi. Pravoslav bayramlari ulug’lash obyektiga qarab Iso, Bibi Maryam va avliyolar sharafiga o’tkaziladigan bayramlarga, tantanavorligi jihatidan - ulug’, o’rta va kichik bayramlarga va o’tkazish vaqti jihatidan -surilmaydigan, oyning ayni bir xil chislolariga to’g’ri keladigan bayramlarga, hamda suriladigan, ya’ni pasxa kunlariga qarab, kalendar kunlari bo’yicha almashib turadigan bayramlarga bo’linadi. Ulug’ bayramlar ro’yxati pasxadan boshlanadi, undan keyin o’n ikki bayram turadi. Cherkov esa Isoga xatna qilish, homiylik bayrami (pokrov) Ioann Cho’qintiruvchining tug’ilishi, uning boshini kesilishi, apostollar Pyotr va Pavel kuni bayramlarini ham ulug’ bayramlar qatoriga kiritadi. Avliyolarga bag’ishlangan pravoslav bayramlari haddan tashqari ko’p. Pravoslaviye cherkovi Nikolay mo’jiza yaratuvchini ayniqsa ulug’laydi. U savdo va dehqonchilik homiysi, kambag’allar himoyachisi, odamlarning g’am-kulfat kunlarida ularga madadkor, juda ko’p mo’jizalar ko’rsatgan aziz avliyolardan biri bo’lgan. Uning sharafiga atab yozgi va qishki Nikolay bayramlari o’tkaziladi. Ilya payg’ambar (Ilya kuni), Georgiy Pobedonoses (Yegor kuni) ham ulug’lanadi. «Rossiya yerida ziyo» sochgan barcha avliyolar degan bayram ham bor. Ko’pgina bayramlar mo’jizakor ikonalarga bag’ishlangan. Bu bayramlar bir-biridan keskin farq qilmaydi.
Pravoslaviye ibodat kitoblari - ibodat vaqtida ibodatxonalarda o’qiladigan yoki cherkov xizmati, tainstva hamda treba (cherkov qavmlari talablariga ko’ra) o’tkaziladigan ibodat marosimlarini o’tkazish tartibini o’z ichiga oladigan kitoblar. Ibodatxonlarda o’qiladigan kitoblar jumlasiga: «Appostollarning qilmishlari», sobor maktublari, Psaltir (Zabur) ni o’z ichiga olgan Injil va apostol kiradi. Cherkov xizmati, tainstvo va trebalarni o’tkazish tartibi haqidagi kitoblar jumlasiga ibodat tartiblarini bayon qiladigan Slujebnik (Ibodat kitobi), liturgiyadan boshqa ibodatlarni o’tkazish bo’yicha qo’llanma bo’lmish Chasoslov, tainstvo marosimlarini (hamda ruhoniylik unvonini berish marosimidan boshqa) o’z ichiga olgan trebnik, cherkov qo’shiqlari to’plami - Oqtoyx, yilning har bir kuni uchun avliyolar sharafiga duo o’qish va qo’shiq aytish to’plami-oylik Mineya, umumiy Mineya (bu ham shunday to’plam, lekin unda umuman barcha avliyolarga taalluqli qo’shiqlar bor), post (ro’za), Triodi (ro’zaga yaqin va ro’za oyida aytiladigan qo’shiqlar) to’plami kiradi. Unga ibodat, qo’shiq, duo aytish, marosim tartibi kabilar kiradi. Marosim va ibodat paytida maxsus kiyiladigan kiyimlar bor va turli idish hamda anjomlar ishlatiladi.
Rus pravoslaviye cherkovlari besh ruhoniysi - Butun Rossiya va Moskva patriarxi barcha cherkovlarga yuborgan maktubida shunday so’zlar bor:«Ibodatxonalarimizning kundalik hayotidan elektr lampochkalariga ortiqcha xirs qo’yishni cheklash vaqti keldi. Berilib ibodat qilish uchun ibodatxonalarga qadam qo’ygan xudojo’y miltillab yonadigan moychiroq, shamchiroq yorug’ida ibodat qilishni istaydi. Yorqin elektr yorug’i ibodat kayfiyatini so’ndirishi u yoqda tursin, hatto bunday kayfiyatni tarqatib yuboradi»
988 yilning yozida Kiyev knyazi Vladimir Vizantiya davlatidan pravoslaviye mazhabiga qabul qilishni so’radi va Konstantinopol patriarxligiga qabul qilindi. Rossiya xristianlikni shu tariqa qabul qildi. Vizantiyadan Rossiyaga kelgan messioner pravoslav ruhoniylar Kiyev ko’chalarida oliy tabaqaga mansub kishilarni Dnepr daryosida cho’qintirdilar. Lekin oddiy odamlar yangi dinga kirishni xohlamasdan cho’qinishdan bosh tortganlari ham bor edi, ular majburan cho’qindilar. Shundan keyin Moskva, Novgorod, Tver, Pskov, Vladimir, Nijniy Novgorod knyazliklari ham birin-ketin cho’qintirilib yangi dinni qabul qilganlar.
Qadimgi Rusning xristianlikni qabul qilishi ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan edi. Chunki Rus knyazlari asta-sekin yagona davlat bo’lib birlashdilar. Rossiya Yevropa davlatlari bilan yaqin aloqalar bog’ladi. Rossiya xristian madaniyatini rivojlanishiga olib keldi.
Butun Rossiya va u bosib olgan joylarda ko’pdan-ko’p pravoslav cherkovlari, ibodatxonlar, monastirlar, xramlar vujudga keldi, ular o’z podsholariga katta xizmat qildilar. Rossiya xudojo’y xristianlar mamlakatiga aylanib ketdi. Hamma o’quv tizimida, armiyada, oilada xristianlik ahloqi, aqidalari, marosimlari, duo va madhiyalari joriy etilgan bo’lib, ularda Rus knyazlari, podsholari, imperatorlari mahalliy amaldorlari sharaflanardi. Pyotr 1 1711- yilda muqaddas Sinod tuzish va uni davlat qoshidagi diniy ishlar vazirligi bo’lishi to’g’risida farmon chiqardi. Hozirgi davrda Butun Rossiya va Moskva patriarxligi mavjud, uning Zagorsk shaharchasida markazi joylashgan. Aleksiy II esa hozirgi paytdagi patriarxdir.
Pravoslaviye mazhabida hozirgi paytda yagona markaz yo’q. Hozir 15 avtokefal, ya’ni biri-biridan mustaqil bo’lgan pravoslav cherkovlari bor. Bular Konstantinopol (Turkiya), Aleksandriya (Misr), Antioxiy (Suriya), Quddus, Rus, Kipr, Gruziya, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya, Ellada, Albaniya, Polsha, Chexiya, Amerika avtokefal cherkovlaridir.
Pravoslaviyeda ahloqiy ta’limotga ham alohida ahamiyat berilgan. Yaqin kishilaringni sev, yomonlik qilma, yaxshilik qil, o’ldirma, o’g’irlik qilma kabi pand-nasihatlar o’ta talabchanlik bilan ta’kidalanadi.

Protestant yo’nalishi
16-asrdan boshlab Yevropa mamlakatlari shaharlarida burjuaziya sinfi shakllandi, ular shahar hunarmandlari, o’rta darajadagi savdogarlar, ziyolilarga bosh bo’lib kapitalistik usulda moddiy boyliklar ishlab chiqarib, bozor munosabatlariga o’ta boshladilar. Tabiiy va gumanitar fanlarning rivojlantirmay, burjua demokratiyasini o’rnatmay, vijdon erkinligini joriy etmasdan turib kapitalizm tuzumini o’rnatib bo’lmas edi. Kapitalizm o’ziga asosiy raqib bo’lgan feodalizmni, cherkov va xristianlikning qarshiligini yengibgina rivojlanishi mumkin edi. Xususan, katolisizm cherkovlari, Rim papasi o’rta asrlar tuzumi feodalizmning tayanchi, monarxiyaning tayanchlari bo’lib, bunga qarshi reformasiya harakati kuchayib bordi. Antifeodal va antikatoloisizm harakatlari Germaniyada avj ola boshlab, bu harakat boshida nemis byurgerlari, ya’ni burjuaziyasi turdi.
Germaniyadagi Vittenberg shahrida monax Martin Lyuter katolik cherkovini isloh qilishni, Rim papasi qaromog’idan Germaniyadgi cherkovlarga ajratib mustaqil bo’lishni targ’ib qildi. 1517 yilda Martin Lyuter cherkov eshigiga o’zining 90 ta moddadan iborat tezislarini yopishtirib qo’ydi. Bu tezislarda, jumladan katolik poplarining indulgensiya sotishini, Germaniyadagi cherkovni Rim papasi qaramog’idan ozod etishni talab qildi. Lyuterning bu talablarini butun Germaniyada xayrixohlik bilan kutib olindi. Mamlakatda katolik cherkovining zulmiga va zo’ravonligiga qarshi ommaviy harakat avj oldi, tez orada bu harakat xalq ommasining feodal tuzumga qarshi inqilobiy kurashga aylandi, dehqonlar urushi boshlanib ketdi. Bundan qo’rqib ketgan hokimiyat egalari bo’lgan knyazlar, dvoryanlar va ruhoniylar armiya bilan, fanatik dehqonlar bilan birlashib dehqonlar harakatini bostirdi. Germaniyada feodalizm saqlanib qoldi.
Garchi xalq ommasi yengilgan bo’lsa-da, Germaniyada katolisizmning hukmronligiga barham berildi. Nemis knyazlarining ko’pchiligi bu yerlardagi cherkovlarni isloh qildilar. Ular cherkovga qarashli yerlarni tortib olib papa va yepiskoplarning cherkov ustidan hukmronligini bekor qildilar, ko’pgina monastirlarni yopib qo’ydilar. Shunday qilib katolisizm o’rnini protestansizm egalladi.
«Protestantlar» degan nom 1529 yilda «Protestansiya» deb atalgan hujjatga, ya’ni ruhoniy va dunyoviy feodal-larning umumgerman syezdi lyuteranchilikning tarqalishini cheklash haqida qabul qilingan qaroriga qarshi tuzilgan protestga imzo quygan nemis knyazlariga berilgan edi. Protestant knyazlar 1555 yilda Rim bilan bitim tuzishga muvaffaq bo’ldilar, bu bitimga ko’ra, har bir knyaz o’z fuqarolari uchun istagan dinni: Lyuteranchilikni yoki katolisizmni tanlab olish huquqiga ega bo’lgan ega bo’lgan edi. Natijada «mamlakatda kim hukmron bo’lsa, shuning dini hukmron bo’ladi», degan qoida belgilanadi. Augsburg diniy olami deb nom olgan bu bitim protestansizmning Germaniya bo’ylab keng yoyilib ketishiga olib keldi. Keyinchalik Lyuter tarafdorlarini ham, boshqa islohchi oqimlarning izdoshlarini ham protestantlar deb atay boshladilar.
XVI asrning o’rtalariga kelib katolik dinini isloh qilish harakatida qatnashgan Shveysariya, Angliya, Shvesiya, Daniya va Norvegiya mamlakatlari ham katolisizmdan chiqdi. So’ngra xuddi shunday ish Belgiya, Gollandiya va Fransiyada ham ro’y berdi. Bu ishlar Chexiya, Vengriya va Polshada amalga oshdi. XVII asrdan boshlab u shimoliy Amerikaga va Yevropa davlatlarining boshqa mamlakatlariga kira boshladi.
Feodalizmni muqaddaslashtiruvchi katoliklar cherkoviga qarshi kurash boshlagan burjuaziya cherkovni butunlay tugatmay, uni «tuzatish», isloh qilishni, o’z sinfiy manfaatlariga muvofiqlashtirishni maqsad qilib qo’ydi.
Protestansizm xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo’lishi, jonning o’lmasligi, jannat va do’zax (katolisizmdagi a’rofdan tashqari) haqidagi, vahiy va boshqalar to’g’risidagi umumxristian tasavvurlarni e’tirof etadi.
Protestansizmning o’ziga xos bo’lgan aqidalari quyidagilardan iborat: 1) shaxsiy e’tiqod bilan najot topish; 2) dinga ishonuvchan barcha kishilarning ruhoniy bo’lishi mumkinligi; 3) Bibliyaning oliy nufuzini tan olish;
4) dastlabki gunoh fe’l-atvorini buzganligi, uni yaxshilik qilish qobiliyatidan mahrum qilganligi, shuning uchun u xayrli ishlar, sirli marosimlar va asketizm yo’li bilan emas, bandalar gunohini so’rab olish uchun o’zini qurbon qilgan Isoga shaxsan e’tiqod qilish yo’li bilan oxiratda gunohlardan forig’ bo’lish mumkinligini; 5) xristianlikni qabul qilgan va cho’qintirilgan har bir kishi o’zini xudo bilan g’ayritabiiy muloqatda bo’lishga bag’ishlaydi, bu ishni cherkov yoki ruhoniylar vositaligisiz amalga oshirishi mumkinligi; 6) ruhoniylar bilan oddiy dindorlar o’rtasidagi aqidaviy farqning yo’qligi; 7) ruhoniylar oddiy dindorlarning tavbasini qabul qilishi va ularni gunohdan forig’ qilishi mumkin emasligi va ularning diniy jamoalar oldida hisob berishi to’g’risidagi aqidalarga amal qilishi ishlab chiqilgan.
Protestansizmning o’ziga xos xususiyatlari:

  • ruhoniylarning oila qurishi man’ etilmaydi;

  • samoviy huzur-halovat to’g’risidagi ta’limotni rad qilingan;

  • o’lganlarga bag’ishlab duo o’qish, aziz avliyolarga sig’inish, ular sharafiga bag’ishlab bayramlar o’tkazish, muqaddas murdalarga va ikonalarga (ikona yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tasvir, obraz, g’ayritabiiy mavjudodlarning rasmlari, relyefli tasvirlari bo’lib, ular katolisizm va pravoslaviyeda sig’inish predmetlari hisoblanadi) topinish bekor qilinadi;

  • ibodat uylaridan ortiqcha hashamlar, mehroblar, ikonalar, haykallar, qo’ng’iroqlar olib tashlanib, oddiy holga keltirildi;

  • monastirlar va monaxlar jamoasi ham barham toptirilgan;

  • ibodat nihoyatda soddalashtirildi, va’z aytish, duo o’qish, psalomlarni (yunoncha pasaltir tarkibini tashkil etuvchi diniy qasidalar, ashulalar, xudoga hamdu sanolar o’qish, iltijo, arz-dod (zorlanish), qarg’ash kabilarni ona tilida o’qish va kuylash joriy qilindi;

  • Bibliya birdan-bir manba deb qaralib, muqaddas rivoyatlar rad qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni o’rganish va sharhlash «gunoh» hisoblanmaydi.

Bu o’ziga xos xususiyatlar burjuaziya demokratiyasining yangi diniy yo’nalishga nisbatan tadbiq etish asosida paydo bo’lgan.
Protestansizm ichki yo’nalishlarida: Lyuteranlik, sving-lichilik, kalvinizm, anglikanchilik, mennochilik, anabap-tizm, unitarizm kabi mazhablar mavjud. Bu mazhablar XVI-XVIII asrlarda paydo bo’lgan edi. Lekin keyinchalik yana protestansizmda: optistlar, metodistlar, kvakerlar, adventistlar, Iyegovo shohidlari, Mormonlar yoki «Oxirat avliyolari», «Najot armiyasi», pyatidesyatniklar kabi diniy sektalar ham paydo bo’ldi. Bu oqim va sektalarning ko’pchiligi «diniy uyg’onish», dastlabki xristianlik va Reformasiya g’oyalariga qaytish shiori ostida tashkil topdi. (Ilova: bu sektalarning ayrimlarini keyinroq aytamiz).
Protestansizm kapitalizm rivojlanishi, sosializmning paydo bo’lishi, marksizm dahriyligi va mafkurasi, ikkinchi jahon urushi va mustamlakachilikning tugashi ta’sirlari oqibatida o’zining evolyusiyasi, yangilanish bosqichlarini boshidan kechirib, yangi protestansizm yoki liberalizm ilohiyoti, «inqiroz ilohiyoti», «yangi ilohiyot» kabi shakllariga ega bo’ldi.
Protestansizm falsafasida, XVI asrda, dastlabki reformasiya davrida Lyuteran ta’limoti asosida diniy e’tiqodni insonning xudo bilan shaxsiy aloqasidir, deb e’lon qilgan edi. M.Lyuter xudoni sxolastik diniy bilishni insoniy aql-idrokka qarama-qarshi qo’ygan edi. Bu bilan inson aql idroki ham chetga chiqarib tashlandi. F.Melanxton esa neosxolastika ta’limotida diniy e’tiqod talablari muhokamasiz aql-idrokni aralashtirmasdan xudo bilan ruhiy qo’shilishini ishlab chiqadi.
XVIII asrda yana Leybnis-Volf ta’limotida dinning o’zini dunyoviy aql-idrok bilan mushohada qilish obyektiga aylantirildi. I. Kantning sxolastika va cherkovni tanqid qilishi va xudoni amaliy aql-idrok postulati (haqiqatligi ayon bo’lmasa ham, isbotsiz asos qilib olinadigan qoida) va ahloqiy garovi sifatida e’tirof etishidan protestant ilohiyotchilari foydalanilmoqchi bo’ldi.
XX asrning 20-yillarida vujudga kelgan «dialektik ilohiyot» (asoschisi K.Bart) liberal protestanszimni e’tiqodning «o’lishi» sifatida rad qilib, S. Kyergerning ekzistensialistik ta’limotida ishlab chiqilgan metodiga tayanadi: xristian dini apologetikasi (yun.-himoya qilish, ya’ni ilohiyotning tafakkur dalillari yordamida diniy ta’limotni himoya qilish) dunyo mantiqqa to’g’ri kelmaydi», be’mani va unga inson «o’z ahvoliga tashlab qo’yilgan», degan g’oya asos qilib olindi. Bart va uning tarafdorlari esa xudo e’tiqod obyektiga aylanishi uchun his-tuyg’ular yoki aql idrok xizmatiga muhtoj emas, deb chiqmoqdalar.
Protestansizmda faqat cho’qintirish va non, vino iste’mol qilish marosimlari mavjud, xolos. «Lyuter inson qo’lini yechib yubordi, ammo uning qalbini xudoga bog’lab berdi», degan edi, allomalardan biri.


Download 98.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling