Xromatografik analiz usullari. Reja: Xromotografiyaning mohiyati


Download 14.87 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi14.87 Kb.
#1199944
Bog'liq
Xromatografik analiz usullari. Reja Xromotografiyaning mohiyati


Xromatografik analiz usullari.
Reja:
1.Xromotografiyaning mohiyati.
2.Xromotografik usullarning sinflanishi.
Tayanch so‘z va iboralar:
1.Xromotografiyaning mohiyati.
Analizning xromotografiya usuli asosida 1903 yilda rus olimi M.S.Svet taklif kilgan sorbsiya va desorbsiya jarayonlari yotadi. Suyuq yoki qattiq modda sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari yoki ionlarining yutilishi sorbsiya (adsorbsiya) deyiladi. O‘z sirtida yutuvchi modda sorbent
( adsorbent), yutilgan modda sorbat ( adsarbtiv) deyiladi.Sorbsiyaga teskari jarayon sorbent sirtida yutilgan modda molekulalari ( atomlari yoki ionlarining) boshlang‘ich xossalarini saqlagan holda ajralib chiqish hodisasi desorbsiya deyiladi.Demak, analizning xromotografiya usuli sorbent orqali o‘tayotganda aralashmadagi komponentlarning sorbentga turlicha sorbsiyalanishi va desorbsiyalanishi tufayli ularni bir-biridan ajratish va aniqlash usulidir.
2.Xromotografik usullarning sinflanishi.
Analizning xromotografik usuli quyidagi belgilariga ko‘ra sinflanadi:

  1. Analiz qilinadigan moddaning ajralish mexanizmiga ko‘ra. U o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:

-adsorbsiyalanish xromotografiyasi- analiz qilinadigan aralashmadagi komponentlarning turlicha adsorbsiyalanish xususiyatiga asoslangan;
-taqsimlanish xromotografiyasi- analiz qilinadigan moddaning o‘zaro aralashmaydigan ikkita erituvchi orasida taqsimlanishiga asoslangan.( qog‘oz xromotografiyasi, yupqa qog‘oz xromotografiyasi);
- ion almashinish xromotografiyasi- analiz qilinadigan eritmadagi ionlarning ionit( sorbent)dagi harakatchanligi tufayli ionlarning almashinish jarayoniga asoslangan;
- cho‘ktirish xromotografiyasi- xromotografik kolonkadan o‘tkazilayotgan analiz qilinadigan moddasi bo‘lgan tashuvchi ( harakatchan) fazaning cho‘ktiruvchi bilan cho‘kma hosil bo‘lish reaksiyasiga asoslangan.
Kompleks hosil qilish va oksidlanish- qaytarilish xromotografiyasi ham komleks hosil qilish va oksidlanish- qaytarilish reaksiyalariga asoslangan.
2.Analiz qilinadigan moddani o‘zida saqlagan harakatlanuvchi va harakatsiz fazalarning agregat holatlariga ko‘ra. Analizning bu xromotografik usuli, o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
-Gaz adsorbilanish xromotografiyasi- bunda analiz qilinadigan modda gaz( bug‘), tashuvchi faza- gaz, harakatsiz faza qattiq sorbent (A12 03, CaC03 ) bo‘ladi.
-Gaz suyuqlik xromotografiyasi. Bunda harakatsiz suyuq faza qattiq suyuq sorbent sirti yoki kolonka ichki devoriga yupqa qatlam tarzida qoplangan bo‘ladi.
Download 14.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling