Xromatografik usulning qisimlarga bo’linishi


Anionitlarni ishlatishga tayyorlash


Download 61.5 Kb.
bet3/6
Sana22.10.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1716400
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
karimov

Anionitlarni ishlatishga tayyorlash.
Anionitlarni tayyorlash protsessi ham uni aktiv xolatga o’tkazish, qo’shimchalardan tozalash va ma‘lum formadagi anionitni olish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.
Avval anionitdan kerakli fraktsiyadagi (ma‘lum diametrli) donachalar ajratib olinadi, so’ngra kationitni kislota va ishqor eritmalari bilan yuvish tartibi bir oz boshqacharok. Anionit oldin stakanda yoki byuretkada xlorid kislotaning 2n eritmasi bilan yuviladi. (anionit ustidagi kislota eritmasi rangsiz bo’lganda va unga ammoniy rodanid qo’shilganda Fe3+ ioniga xos rang hosil bo’lmasligi kerak.
Yuqori asosli anionit (maslan, AV-17 yoki AV-16) juda ko’p marta distillangan suv bilan yuvilgandan so’ng uyuvchi natriyning 1 n eritmasi bilan statik yoki dinamik sharoitlarda xlorid ionlaridan toza bo’lguncha yuviladi.
Oxirida anionitdagi ortiqcha ishqorni yuvib tashlash uchun u kaynatilib (karbonat angidirid yo’qotilgan) sovitilgan, distillangan suv bilan yuviladi. Anionit yuvilgan suvga fenolfitalein tomizilganda pushtir rang hosil bo’lmas yuvish to’xtatiladi.
Past asosli anionitlar ( AN-2F,AN-1 va boshqalar uyuvchi natriy o’rnida natriy barbonatning 1n. eritmsi bilan yuviladi.
Yuqorida bayon etilgan tartibda anionit (anionit-ON) hosil bo’ladi. Agar extiyoj tugilsa, anionit-ON ni xloridlar yoki sulfatlar eritmalari bilan qayta ishlab anionit - Cl (yoki - SO4 ) formadagi anionit hosil qilish mumkin.
Ionitlarni analiz uchun tayyorlash ko’p vaqtni oladi. Shuning uchun bu ishni laboratoriya mashgulotlarida bajarish maksadga muvofiq emas.
Ion almashinish xromotgrafiyasining qo’llanilishi. Suyultirilgan eritmalarni ionlar yordamida kontsentrlash.
Tabiiy suv, tuproqdan olingan surmlar, o’simlik materiallaridan olingan surimlarda ayrim ionlarni kontsentratsiyasi shu qadar kisik bo’ladiki, ularni ximiyaviy usul bilan bevosita aniqlash juda qiyin. Ko’pincha bunday qiyinchilikdan qutilish uchun katta xajmdagi eritma buglatiladi. Bu protsess ko’p aktni oladi, protsessda bir qancha qo’shimcha operatsiyalar (organiq moddalarni kuydirish, xalal beruvchi ionlarni yo’qotish va xokazolar) borligi tufayli analiz murakkablashadi.
Agar aniqlanadigan ionning kontsentratsiyasini oshirish uchun ionitlardan foydalanilsa natijaga tez va oson erishiladi.
Aniqlanadigan ionning kontsentrlangan eritmasini olish uchun ionit orqali oldin juda kichik kontsentratsiyali eritma o’tkaziladi, shundan so’ng ionitga yutilgan ionlar minimal xajmdagi kislota yoki ishqor eritmasi bilan yuvib stakanga tushiriladi. Kislota yoki ishqor biln ionitlar yuvilganda ular yana o’zining avvalgi (ishlatish uchun tayyor xolatiga o’tadi).



Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling