Xromatografik usulning qisimlarga bo’linishi


Eritmalarning RN qiymatini potentsiometrik usulda aniqlash


Download 61.5 Kb.
bet6/6
Sana22.10.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1716400
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
karimov

Eritmalarning RN qiymatini potentsiometrik usulda aniqlash.
Kislotali muxit potentsiometrik usulda aniqlanishi zarur bo’lgan eritmaga tushirilgan elektrodning potentsialini o’lchash yo’li bilan eritmadagi vodorod ionlarini kontsentratsiyasi aniqlanadi. Bu ulchamni amalga oshirish uchun ikki elektroddan iborat sistema tuziladi va uning elektrod potetsiallari yig’indisi o’lchanadi.
Elektrodlardan biri indikator elektrod (shisha yoki platina) eritmadagi ionlarni o’ta sezuvchan bo’lib undan hosil bo’lgan potentsialning qiymati tekshirilayotgan eritmadagi ionning kontsentratsiyasiga bog’liq.
Ikkinchi elektrod solishtirish elektrodi (kalomel yoki kumush xloridli elektrod) deb ataladi uning potentsiali o’zgarmas bo’lib, eritmadagi ionlarni sezmaydi. Shisha elektrod yupka shishadan yasalgan bo’lib, uning devorlari orqali ionlar bemalol harakatlana oladi. Bu elektrod kislotali muxit eritmasiga botirilganda shisha elektrod ichidagi litiy ionlari tekshirilayotgan eritmaga, vodorod ionlari esa aksincha tekshirilayotgan eritmadan shisha elektrod ichiga elektrodning yupka devori orqali o’tadi. Shunday qilib, shisha elektrod sirtida potentsial vujudga keladi. U potentsialning qiymati eritmadagi vodorod ionlarining kontsentratsiyasi bilan aniqlanadi.
Shisha elektrod ichidagi va tekshirilayotgan eritmadagi ionlar har-xil bo’ladi, shu tufayli ba‘zan elektrodda hosil bo’ladigan potentsialning qiymati o’zgarib qoladi. Bunday xatolikka yo’l qoymaslik uchun maxsus tayyorlangan bufer eritmalar qo’shiladi. Tekshirilayotgan eritmalarga shisha elektrod har gal tushirilayotganda u distillangan suv bilan yuvilishi kerak. elektrodda qolgan namlik esa quruq filtr qog’oz bilan artib turiladi.
Shisha elektrod ochiq koldirilganda ko’rib qolishi mumkin, natijada natijalarning aniqligi yo’qoladi. Shuning uchun ishlatilgan shisha elektrod o’lchash tugallanishi bilanoq distillangan suvga tushirib qoyiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1. X.Raxmatov, A.Gevorgyan, N.Boboqulov, Z.Qurbonova.
2. «Fizik kimyoviy analiz usullari». Qarshi «Nasaf» - 2003.
3. O.Fayzullaev. «Analitik kimyo». Toshkent – 2006.
4. M.Mirkomilova. «Analitik kimyo». T.: 2002.
5. A.Alakseev. «Miqdoriy analiz». T.: 1984.
Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling