Blastomerlar 23 taga yetgan uy sichqoni embrionida jami xromosomalar soni 1280 ta bo`lsa, urug`lanishda qatnashgan spermatozoidda xromosomalar qanday holatda bo`ladi? Blastomerlar 23 taga yetgan uy sichqoni embrionida jami xromosomalar soni 1280 ta bo`lsa, urug`lanishda qatnashgan spermatozoidda xromosomalar qanday holatda bo`ladi?
Blatomerlarda xromosomalarning diploid to`plami bo`ladi. Uy sichqoning bitta blastomerida nechta xromosoma bo`lishini topib olamiz. Buning uchun jami xromosomalar sonini blastomerlar soniga bo`lamiz, ya`ni 128/32=40 ta ekan. Demak, uy sichqoning kariotipida 40 ta xromosoma bo`lar ekan. Uning jinsiy hujayralarida xromosomalarning gaploid to`plami 20 ta bo`ladi. 20 ta xromosomadan 19 tasi autosoma, bittasi jinsiy xromosoma hisoblanadi. Demak, spermatozoidda 19+Y xromosoma bo`ldi
Qora kalamushning tuxum hujayrasidagi autosoma xromosomalar soni 18 taga teng bo`lsa, hamda embrional rivojlanishining maydalanish bosqichida hosil bo`lgan hujayralarda jami xromosomalar 19456 taga yetgan bo`lsa, blastomerlar soni nechta ekanligini aniqlang? - Qora kalamushning tuxum hujayrasidagi autosoma xromosomalar soni 18 taga teng bo`lsa, hamda embrional rivojlanishining maydalanish bosqichida hosil bo`lgan hujayralarda jami xromosomalar 19456 taga yetgan bo`lsa, blastomerlar soni nechta ekanligini aniqlang?
Qora kalamushning tuxum hujayrasida xromosomalar to`plami gaploid bo`ladi. Agar 18 tasi autosoma bo`lsa, bitta X jinsiy xromsoma bo`ladi, ya`ni 18+X=19 ta bo`lar ekan. Blastomerlarda xromosomalarning diploid to`plami bo`ladi. Qora kalamushning diploid to`plamidagi xromosomalar soni esa 38 ta ekan. Blastomerlar sonini toppish uchun jami blastomerdagi xromosomalar sonini bitta blastomerdagi xromosomalar soniga bo`lamiz: 19456:38=512 ta ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |