Xromosomalarning genetik va sitologik xaritasini taqqoslash


Genetik birikish oʻzi nima?


Download 0.53 Mb.
bet2/5
Sana24.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1117917
1   2   3   4   5
Bog'liq
XARITASINI TAQQOSLASH 7

Genetik birikish oʻzi nima?
Agar genlar har xil xromosomalarda yoki bir xromosomada bir-biridan juda uzoq joylashgan boʻlsa, ular mustaqil holda irsiylanadi. Bunga koʻra, ular gametalarga taqsimlanayotganda biri boshqasiga taʼsir koʻrsatmaydi. Digeterozigota organizmlarda (AaBb) har birining chastotasi 25%25%25, percent boʻlgan yoki, boshqacha aytganda, 444 xil gameta hosil boʻladi.

Nima sababdan bu holat sodir boʻladi? Turli xromosomadagi genlar meyoz davomida gomologik xromosomalarning tasodifiy tarqalishi natijasida mustaqil holatda taqsimlanadi. Gomologik xromosomalar bir xil genlarga, lekin ushbu genlarning turli xil allellariga ega juft xromosomalardir. Bu xromosoma juftlarining biri onadan, ikkinchisi otadan oʻtadi.

Quyidagi diagrammada koʻrsatilganidek, meyozning birinchi bosqichida gomologik xromosoma juftlari bir-biridan ajraladi va juftliklarning “ota” va “ona” xromosomalari tasodifiy ravishda turli tomonlarga tarqaladi. Agar shu genlar asosida hosil boʻlgan gametalar tahlil qilinsa, ularning hosil boʻlish ehtimoli bir xil ekanini koʻrish mumkin.



Agar bir xromosomadagi genlar bir-biridan juda uzoq joylashgan boʻlsa, krossingover (gomologik rekombinatsiya) hisobiga ular mustaqil holda taqsimlanadi. Bu jarayon meyozning dastlabki bosqichlarida, gomologik xromosomalar oʻxshash qismlarini oʻzaro almashayotgan paytda sodir boʻladi. Krossingover natijasida yangi allellar kombinatsiya shaklida bitta xromosomada joylashadi va bu ularning bitta gametaga oʻtishiga sabab boʻladi. Agar genlar bir-biridan juda uzoq joylashsa va krossingover yetarlicha sodir boʻlsa, gametalar bir xil, yaʼni 25%25%25, percent ehtimollik bilan hosil boʻladi.

Agar bir xromosomadagi genlar bir-biriga juda yaqin joylashgan boʻlsa, krossingover natijasida olingan natijalar (gametalar hosil boʻlishi) turlicha boʻladi. Mustaqil taqsimlanish oʻrniga genlar meyoz davomida bir-biri bilan oʻzaro “birikish”ga harakat qiladi. Buning natijasida gen allellari ham gametalarga bir butun sifatida oʻtkaziladi. Bu holatda genlar oʻzaro birikkan deyiladi. Masalan, ikki birikkan gen quyidagi holatda boʻlishi mumkin:

Bunda biz gameta xillari oʻzaro teng boʻlmagan nisbatlarda ekanini koʻrishimiz mumkin. Aksariyat gametalar ota-onaga oʻxshash allellarga ega boʻladi, bunga sabab meyozdan oldin bu allellar allaqachon organizm xromosomalarida (ota-ona xromosomalarida) mavjud boʻlgan. Qolgan ozchilik gametalar rekombinant allellarga ega, buning sababi esa genlar oʻrtasida yuz bergan rekombinatsiya hodisasi (krossingover)dir.
Nima uchun rekombinant gameta xillari ozchilikni tashkil etadi? Bunga asosiy sabab ikki gen oʻrtasidagi krossingover har doim ham sodir boʻlavermasligidir. Meyoz davomida xromosomalarda krossingover sodir boʻlish ehtimoli juda kam boʻlib, odatda bu ikki gen orasidagi masofaga bogʻliq. Juda qisqa masofa oʻz navbatida krossingover shuncha “kam” sodir boʻlishiga olib keladi (aksincha, bir-biridan uzoqroq joylashgan genlarda bu koʻrsatkich yuqori boʻladi).

Shu bogʻliqlik tufayli biz ikki gen oʻrtasidagi krossingover foizi (birikish darajasi)ga qaragan holda genlar oʻrtasidagi nisbiy masofani aniqlashimiz mumkin. Ikkita bir-biriga juda yaqin joylashgan gen oʻrtasida krossingover kamroq sodir boʻladi va ular juda mustahkam birikkan boʻladi, aksincha, ikkita biroz uzoqroq joylashgan gen oʻrtasida krossingover koʻproq yuz beradi va ular nisbatan kuchsizroq birikkan boʻladi. Quyidagi boʻlimda biz genetik chatishtirishlardan foydalangan holda qanday qilib birikish foizini aniqlashni koʻrib chiqamiz.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling