Xromosomalarning genetik va sitologik xaritasini taqqoslash
Download 0.53 Mb.
|
XARITASINI TAQQOSLASH 7
XROMOSOMALARNING GENETIK VA SITOLOGIK XARITASINI TAQQOSLASH Asosiy tushunchalar: Agar genlar boshqa-boshqa xromosomalarda yoki bir xromosomada bir-biridan uzoqda joylashgan boʻlsa, ular mustaqil ravishda irsiylanadi va birikmagan deb aytiladi. Agar xromosomadagi genlar bir-biriga juda yaqin joylashsa, ular birikkan deyiladi. Bunga koʻra, xromosomadagi yaqin joylashgan allellar yoki gen versiyalari aksariyat holatlarda bir birlik sifatida irsiylanadi. Genlar bir-biriga qanchalik birikkanligini koʻrish uchun rekombinatsiya chastotasini hisoblovchi genetik chatishtirishlardan foydalanish mumkin. Gen juftlari uchun birikish foizini topish orqali biz xromosomadagi genlarning tartibi va nisbiy masofalarini koʻrsatuvchi birikish xaritalarini tuzishimiz mumkin. Kirish Odatda organizmlarda genlarning soni xromosomalar sonidan koʻp boʻladi. Masalan, odamlarda 23 juft xromosomada taxminan 19000 ta gen joylashgan. Shunga oʻxshab, genetiklarning sevimli oʻrganish obyekti boʻlgan meva pashshalarida taxminan 13000 ta gen 4 juft xromosomada joylashgan boʻladi Natija qanday boʻladi? Har qanday gen ham oʻzining shaxsiy xromosomasiga ega emas. Bu haqiqatga yaqin emas, balki faktdir! Genlar xromosomada qator boʻlib joylashadi va ularning ayrimlari bir-biriga xuddi yopishgandek juda yaqin masofada boʻladi. Bu genlarning qay tarzda irsiylanishiga taʼsir qiladimi? Ayrim holatlarda bunga javob “ha”. Xromosomalardagi bir-biriga juda yaqin genlar oʻzaro “yopishish” holatiga juda moyil va ularning versiyalari (allellari) juft boʻlib, birikkan holda irsiylanadi. Bu holat genetik birikish deb ataladi. Agar genlar oʻzaro birikkan boʻlsa, ushbu genlarni chatishtirish natijasida olingan gameta (tuxum hujayra va spermatozoid) va farzandlar nisbati biz oʻrgangan Mendelning mustaqil irsiylanish qonuniga toʻgʻri kelavermaydi. Buning sababini esa quyida koʻrib chiqamiz. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling