Xromosomalarning genetik va sitologik xaritasini taqqoslash


Birikish foizini aniqlash


Download 0.53 Mb.
bet3/5
Sana24.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1117917
1   2   3   4   5
Bog'liq
XARITASINI TAQQOSLASH 7

Birikish foizini aniqlash
Keling, biz meva pashshasi (Drozofila)dagi ikkita oʻzaro birikkan gen qanchalik bir-biriga bogʻlanganini koʻrib chiqaylik. Misoldagi ikki gen33cubed:

  • Binafsharang gen: dominant pr++start superscript, plus, end superscript allelli normal, qizil koʻzlarni va retsessiv pr alleli esa binafsharang koʻzlarni ifodalaydi.

  • Rudiment gen: dominant vg++start superscript, plus, end superscript alleli uzun, normal qanotlarni va retsessiv vg alleli esa kalta, “rudiment” qanotlarni ifodalaydi.

Agar biz bu genlar oʻrtasidagi birikish foizini aniqlamoqchi boʻlsak, birinchi navbatda, buni aniqlash mumkin boʻlgan pashsha xilini yaratishimiz zarur boʻladi. Bizga kerakli bu pashsha ushbu ikki gen boʻyicha geterozigota boʻlishi, shu bilan birga, xromosomada qaysi genlar oʻzaro birga ekanini bilishimiz kerak. Buning uchun ikki geterozigota pashshani oʻzaro quyidagicha chatishtiramiz:
[Gomozigota va geterozigota nimani anglatadi?]

_Rasm quyidagi manzildan olingan: “Drozofilla melanogaster”, Madboy74 (CC0/jamiyat mulki)._
Bu chatishtirish bizga aynan kerakli natijani beradi: bir xromosomadagi qaysi allellar oʻzaro birikkanligi aniq boʻlgan pashsha binafsha va rudiment genga nisbatan geterozigota ekan.
Endi bizga rekombinatsiya hodisalarini “koʻrish” yoʻli kerak boʻladi. Buning uchun eng toʻgʻri qaror geterozigota pashshaning qanday gametalar hosil qilishini va xromosomalarida qanday allellar boʻlishini kuzatishdir. Amaliyotda esa oʻsha gametalardan chatishtirishda foydalanish va hosil qilingan avlodlarning qanday boʻlishini koʻrish birmuncha osonroqdir!
Buni amalga oshirish uchun test qiluvchi digeterozigota pashsha bizni qiziqtirayotgan genlar boʻyicha (bu holatda pr va vg allellari) digomozigota retsessiv pashsha bilan oʻzaro chatishtiriladi. Test qiluvchi pashshani qoʻllashdan maqsad shuki, test qilinayotgan pashshadagi allellar fenotipni toʻliq namoyon qiladimi yoki yoʻqmi, shunga amin boʻlishdir. Bizni qiziqtirayotgan pashshani test qiluvchi pashsha bilan oʻzaro chatishtirish orqali olingan avlodlarning tashqi koʻrinishidan gametalar genotipini “oʻqib” olishimiz mumkin.

_Rasm quyidagi manzildan olingan: “Drozofilla melanogaster”, Madboy74 (CC0/jamiyat mulki)._
Quyida biz digeterozigota va test qiluvchi pashshalar oʻrtasida oʻtkazgan chatishtirishning Pennet katakchasi berilgan. Urgʻochi digeterozigota pashsha hosil qilgan toʻrt xil genotipli tuxum hujayralar test qiluvchi erkak pashshadan hosil boʻlgan yagona genotipli spermatozoid bilan qoʻshiladi. Urgʻochi pashshadagi har xil gametalar sababli farzandlarning 4 xil fenotipik (tashqi koʻrinishga asoslangan) sinfi hosil boʻladi:

_Rasm quyidagi manzildan olingan: “Drozofilla melanogaster”, Madboy74 (CC0/jamiyat mulki)._
Farzandlarning toʻrt xil fenotipik sinfi teng sonda hosil boʻlmaydi va bu yuqoridagi binafsha va rudiment genlari oʻzaro birikkanligidan dalolat beradi. Birikkan genlarda odatda ota-ona fenotipiga oʻxshash avlodlar koʻproq, ularga oʻxshamagan, rekombinant avlod xillari esa kamroq namoyon boʻladi. Birikishni miqdoriy aniqlash uchun binafsha va rudiment genlar oʻrtasidagi rekombinatsiya chastotasi (RCh)ni quyidagicha hisoblaymiz:
Rekombinatsiya chastotasi(RCh)=Umumiy avlodlar
Rekombinant avlodlar​×100%
Bu holatda rekombinant avlodlar qizil koʻzli, rudiment qanotli va binafsharang koʻzli, uzun qanotli pashshalardir. Bu pashshalarning rekombinant avlod deyilishiga ikkita sabab mavjud: birinchidan, biz yuqorida olib borgan chatishtirishlarga koʻra, ular krossingover roʻy bergan xromosomani urgʻochi (ona) pashshadan olgan; ikkinchidan, ularning soni kamroq boʻlgan (ota-onaga oʻxshash pashshalarga qaraganda).
Shunga koʻra yuqoridagi chatishtirish uchun quyidagi tenglik amalga oshiriladi:
RCh=151+1541339+1195+151+154×100%=10.7%RCh=1339+1195+151+154151+154​×100%=10.7%
Binafsha va rudiment genlari oʻrtasidagi rekombinatsiya chastotasi 10,7%10,7%start text, 10, comma, 7, end text, percent ga teng.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling