Xromosomalarning genetik va sitologik xaritasini taqqoslash
santimorgan yoki 111 xarita birligi
Download 0.53 Mb.
|
XARITASINI TAQQOSLASH 7
santimorgan yoki 111 xarita birligiga ekvivalentdir.
Xaritalardagi masofa har doim ham birikish foizi bilan mos keladimi? Ayrim holatlarda ikki gen uchun toʻgʻridan toʻgʻri oʻlchangan birikish foizi xaritadagi masofa uchun aniq hisoblanmaydi. Shu sababli biz maqola davomida bitta krossingoverga qoʻshimcha ravishda amalga oshishi mumkin boʻlgan ikkinchi krossingover (ikkita gen oʻrtasidagi ikkita alohida krossingover) haqida ham gapirib oʻtdik: Qoʻsh krossingoverlar ikki gen oʻrtasida amalga oshganda uning “natijasini aniqlab boʻlmaydi”. Chunki uning natijasida genlar yana oʻz xromosomasidagi oʻrniga qaytariladi (oʻrtada biroz almashinishlar bilan). Masalan, agar bizning tahlilimiz A va C genlar boʻyicha boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan qoʻsh krossingoverni aniqlab boʻlmaydi, chunki bu genlar yana oldingi tartibida joylashadi. Shu sababli qoʻsh krossingoverlar birikish foizi aniqlanayotgan paytda hisobga olinmaydi va buning natijasida rekombinatsiya hodisalari sonida biroz oʻzgarish boʻlishi mumkin. Shuning uchun quyida koʻrsatilganidek, A va C genlar oʻrtasidagi rekombinatsiya chastotasi A-B va B-C masofalar yigʻindisidan biroz farq qilishi mumkin. Agar B gen ham inobatga olinsa, A va C genlar oʻrtasidagi qoʻsh krossingoverni aniqlash va hisoblash mumkin. Oʻzaro yaqin joylashgan genlar oʻrtasidagi birikish foizlarini qoʻshib chiqish orqali “aniqlab boʻlmaydigan” qoʻsh krossingoverlar sonini minimallashtirishimiz hamda aniq va toʻgʻri masofa xaritalarini tuzishimiz mumkin. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling