Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua
Yetti sayyoraning turlicha nomlari
Download 1.14 Mb.
|
2012-13.1-к. Хронолог.
Yetti sayyoraning turlicha nomlari:
Yetti kunlik haftaning paydo bо‘lishi extimol, har 29,5 kunda takrorlanib turadigan Oy fazalarining о‘zgarishi bilan ham bog’liqdir. Agar oyning yangi tug’ilgan paytida 1,5 kun davomida bizga kо‘rinmasligini hisobga olsak, uning bizga kо‘rinadigan davri 28 kundan yoki tо‘rt haftadan iborat bо‘ladi. Hozirgi kunda ham biz qamariy oyni tо‘rt qismga bо‘lib, ularni birinchi chorak, tо‘lgan oy, sо‘nggi chorak va yangi oy deb aytamiz. Shuningdek, rus, ukrain, belorus, serb, bolgar, chex, xorvat va polyak kabi boshqa qator slavyan tillarida hafta kunlarining nomlari, kunlarining tartibi va ayrim diniy urf-odatlar bilan bog’liqdir. Qadimgi Rossiyada kunlarning Hozirgi nomlari о‘sha vaqtlarda madaniyat juda yuksak bо‘lgan. Janubiy slavyan mamlakati Bolgariyadan kelgan. Xristian diniga e’tiqod qiluvchi Kishilar yetti kunlik hafta olti kun davomida olamni yaratish ustida mexnat qilgan va yettinchi kun dam olgan. Xudo tomonidan belgilangandir deb ishonishadi. Shuning uchun ham ularning muqaddas kitobi bibliya kishilardan shanba kuni xech qanday ish qilmaslikni, bu kunni faqat xudoga bag’ishlashni talab etadi. Bu kun xristianlar bilan yaxudiylarning haftalik bayrami hisoblanadi. Eramizning II asrida Rim imperatori Adrian xristianlarga shanba kunini bayram sifatida nishonlashni man etadi. Shunda xristianlar о‘zlarining haftalik bayramlarini shanbadan haftaning navbatdagi kuni yakshanbag’a (Quyosh kuniga) kо‘chirishgan. 324 yili xristianlikni Rim imperiyasining davlat dini deb e’lon qilgan imperator Konstantin bu kunni haftalik bayram sifatida qonunlashtirgan. Bu kun (ya’ni yakshanba) paygambar Isus Xristosning qayta tirilganligi sharafiga voskreseniye deb atalgan. Rossiyada bu kun ya’ni haftalik bayram uzoq vaqtlar davomida sedmesta yoki “nedeliya”-ishlamaydigan kun, ishsizlik kuni deb atalib kelingan. Ponedelnik “nedeliya”dan (ya’ni yakshanbadan) keyingi kun, Vtornik “nedeliya”dan keyingi ikkinchi kun, Sreda – о‘rtancha kun, chetverg va pyatnitsa tо‘rtinchi va beshinchi kun ma’nolarini anglatadi. Rus tilidagi “subbota” sо‘zi esa dam olish, tinchlik, ish tamom ma’nolarini bildiruvchi qadimgi yaxudiylarning “sabbat” (shabash) sо‘zidan kelib chiqqan. Bu sо‘zni yaxudiylar о‘z navbatida vavilonliklarning “shabbosh” (shanba) sо‘zidan olganlar. Hafta kunlarining о‘zbek tilida kо‘llaniladigan nomlari kelganda ular bizga bevosita forslardan о‘tgan bо‘lib kunlarning asosan tartibini bildiradi. Kunlarning arabcha nomlari fors tilidagi singari kunlar tartibini anglatadi. (Juma va shanba bundan mustasnodir). Islom dini tarqalgan mamlakatlarda juma kuni haftaning yettinchi (kuni) ya’ni ishlanmaydigan dam olish kuni deb qabul etilgan. Chunki juma musulmonlarning paygambari Muhammad Alayxis-salom tug’ilgan muborak kun hisoblanadi va musulmonlar shu kuni nomoz о‘qib dam oladilar.Shunday qilib, vaqtni haftalarga bо‘lib hisoblash juda qadim davrlarda paydo bо‘lib, kunlarning ma’lum sayyoralar nomi bilan atash Rimga Sharqdan kirib kelgan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling