Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua


Download 1.14 Mb.
bet71/84
Sana29.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1140072
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Bog'liq
2012-13.1-к. Хронолог.

«Kichkina mann» yoki «kichkina botmon» katta manning yarmiga teng bo'lgan (ba'zi adabiyotlarda 1 kichkina mann=3,788 kg ekanligi to'g'risida ham ma'lumot uchraydi). 19- asrga kelib botmon deb yuritilgan og'ir mann ham bo'lgan. Og'ir mann ya'ni botmon ikki xil qiymatga ega bo'lgan; birinchisi 48 -50 qadoqqa teng, ya'ni botmon = 19,6565 -20,4756 kg bo'lgan (ba'zi adabiyotlarda 19,247 -20,271 kg ga teng qiymatlari ham berilgan).
Ikkinchisi birinchi botmonga nisbatan ikki marta og’ir bo'lgan va og’ir botmon deb yuritilgan. 19- asrga kelib ko’proq 48 yoki 96 qadoqli mannlar qo'llanilgan. 19- asr o'rtalarida asosan 1 mann 48 qadoq = 48x0,409512 kg= 19,65657 kg = 19,657 kg bo'lgan mann ishlatilgan; shu davrda Urganchda 1 mann = 39,314 kg qo'llanilgan. 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida 50 va 100 qadoq bilan aniqlangan . 20,476 kg va 40,951 kg li mannlar ishlatilgan. Xorazmning bir qancha joylarida 20 va 40 kg li mannlar ham qo'llanilgan. Xorazmning 4 ,53 g li misqoli bo'yicha (20 kg ga tengligini ) hisoblaganda 1 mann = 4415 Xorazm, misqoliga teng bo'lgan va u Xiva, Xazorasp, Shovot va boshqa joylarda qo'llanilgan lekin Xonqa, Urganch, Qo'ng'irot va Beshariqda 40 kg li mann (1 mann=40kg) ishlatilgan. 19-asrda Xorazm mann tizimlariga, ya'ni xorazm mann ulushlariga quyidagilar kirgan: unsir l/4mann= 1/4x20=5 kg; Qirq agra =1/2 unsir=l/8 mann=2,5 kg; lagra=l/80 unsir=l/320 mann = l/320X20 = 62,5g. Umuman 5 g li misqol (yoki 48,8 qadoq) bilan aniqlangan va qiymati 20 kg bo'lgan mann Xorazmning ko'p joylarida qo'llanilgan.
O'rta asrda Buxoroda 1 mann =20 kg (bunda 5g li misqol asos qilib olingan) bo'lib, uning 5 xil ulushlari (Buxoro mann tizimi) ham qo'llanilgan. 1 mann=40 sir=16 dunimsir; 1 fl|unimsir=4 chorak; lchorak=2 nimchorak=4 nimcha; 1 nimcha=2 nimnimcha=4 sang (Tosh).1671 yilda 1 mann=5120 misqol=25,6kg bo'lgan (lmisqol=5g). Buxoro «katta og’irligi»da lmann=25600 misqol=128 kg (lmisqol=5g) bo'lib, oldingi manndan 5 marta og’ir bo'lgan. 16-17 asrlarda Buxoroda 4,8g misqoldan foydalanilgan. 8 pudli marrn va 16 pudli mann ko'rinishidagi 2 xil o'lchov yaratilgan: 8 pudli mann=131,0444 kg=27300,83 misqol=27300 misqol; 16 pudli mann=262,088 kg= 54601,66 misqol. Umuman 16-17 asrlarda Samarqand, Buxoro va Xorazmning juda ko'p joylarida 5 g li misqol bilan aniqlangan. Mann, ya'ni 1 mann=4000 misqol=20kg ham qo'llanilgan. Respublikamiz hududida yana shariat manni ham bo'lgan; unda 1 mann=180 misqol= 180x4,8g=864g bo'lgan. 14-asrda mann taki, ya'ni to'ppi mann o'lchovi ham bo'lib, ul taki mann=5 shariat mann=5x864g=4,32kg bo'lgan; bu o'lchov keyinchalik shu o'lchov birligining aniq namunasi (etalon)ga aylangan. 1723 yil ma'lumotlariga ko'ra, Qarshida lmann=4000 misqol=20kg .
Zominda lmann 4 pudga teng bo'lgan, ya'ni lmann=4 pud=4xl6,3815=65,522kg bo'lgan. Farg'onada mann botmon deyilib, 1838 yil ma'lumotlariga ko'ra, 1 botmon, ya'ni 1 mann 8 pudga=131,044kgga teng bo'lib, meva va paxtalarni o'lchashda qo'llanilgan. 1841 yil ma'lumotlariga ko'ra, Qo'qonda 1 mann= 10 pud=l63,8 kg ga teng bo'lib, donlarni o'lchashda qo'llanilgan. Toshkent va Toshkent viloyatlarida mann so'zi o'rnida ko’proq botmon so'zi ishlatilgan bo'lib, Toshkent botmoni asosan 10,5 pud= 171,995kg bo'lgan. Xo'jandda 19-asrda lmann 12 pud=12xl6,3805=196,56kg.
Chimkentda mann xuddi Toshkent viloyatidagidek, botmon deyilib, qiymat jihatidan ham Toshkentdagidek=10,5 pud, ya'ni 179,995 kg ga teng bo'lgan. Avliyootada (hozirgi Jambul shahrining 1938 yilgacha bo'lgan nomi) mann botmon deb atalib, miqdor bo'yicha u 12 pudga, ya'ni 196,566 kg ga teng bo'lgan. Xorijiy Sharq mamlakatlarida qo'llanilgan manning bizdagi manndan farqi qiymatlarning dirhamga asoslanganidir. Bu mannlar ham ishlatilish davri va joylariga qarab har-xil qiymatlarga ega bo'lgan: Makkada o'rta asrda l mann=200 dirham=3kg ga teng bo'lgan (lmann=3kg) 1327-46 yillarda lmann don va asallar uchun 1,35 kg ga, Misrda o'rtacha 812,5 g ga teng qaraganda, 1 mann= 812g bo'lgan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling