Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua
Download 1.14 Mb.
|
2012-13.1-к. Хронолог.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bugdoy doni
Bir eshak yuk - bir yerdan ikkinchi yerga tashib borilishi lozim bo'lgan yukning muayyan og’irligi. Ko'pincha, qisqa qilib, yuk, ba'zi joylarda esa har-var deb ham yuritilgan. Qiymati ishlatilishi joyi va vaqtiga qarab har xil bo'lgan. 13-14-asrlarda mamlakatimizda 83,2 kg yuklar qo'llanilgan. Al-Umariyning xabar berishicha, Xorazmda 16-asrda 1 eshak yuk=100 Xorazm ratili =100 x l,03125=103,125 kg bo'lgan. Amur Temurning «Temur tuzuklari» asarida keltirilgan ma'lumotlariga qaraganda bir harvar, ya'ni leshak yuk 300 kg ga yaqin bo'lgan,
Buxoroda bir eshak yuk 170-175 kg ga teng bo'lgan. Mana shu qiymat 17-asrda Xorazmda ham qo'llanilgan. Ba'zi joylarda bir eshak уuк=1Б2,146 kg ekanligi to'g'risida ham ma'lumotlar berilgan. Ser - og'irlik o'lchov birligi. O'rta Osiyoda o'rta asrlardan qo'llanilgan . Serning qiymati to'g'risida Bobur o'z asarida 40 serning bir botmonga tengligi to'g'risida yozgan, demak bir ser botmonning 1/40 bo'lagiga teng ekan. Botmon qiymati bo'yicha o'sha vaqtda mann bilan bir xil ekanligidan l ser=l/40 mann (botmon) kichkina mann (botmon) ning 18-asrda 3,686 kg ekanligidan 1 ser=l/40 mann=l/40X3,686=92,15 g bo'ladi. Lekin serni misqol orqali hisoblaganda u boshqacha qiymat-ga ega bo'ladi: 1 ser=168 masha=33,6 misqol. Agar bir misqolning 4,55g ga tengligidan foydalanilsa unda 1 ser=152,88 g bo'ladi. Eronda to 1935 yilgacha lser=74,24g bo'lgan, keyinchalik bu qiymat yaxlitlanib, l ser 75g ga tenglashtirilgan. Bog'cha - og'irlik o'lchov birligi. Qiymati 4 botmonga teng. (1 botmon-163,80 kg.) ya'ni 1 bog'cha = 4 botmon. Agar Bobur bergan ma'lumotlarni ya'ni 1 botmon=1344 misqol va Farg'onada 1 misqol =100 arpa=4,55g ekanligi inobatga olinadigan bo'lsa, u holda Г botmon 6,1152 kg bo'ladi, ya'ni bir bog'cha =4 botmon=4x6,l 152 kg =24,46 kg. Bug'doy doni-og'irlik o'lchovi. Qiymat jihatidan "Arpa doni" ga, ya'ni o'rtacha 1 bug'doy doni 0,0409512 g ga teng. Ba'zi adabiyotlarda qiymati 0,048 g yoki 0,05 g deb ham qabul qilingan. Bu o'lchov birliklari hozirgi paytda ham mahalliy aholi tomonidan savdo sotiqda keng qo'llaniladi. Paysa - l)og'irlik o'lchov birligi: Farg'ona vodiysida juda keng qo'llanilgan. Qiymati Farg'onada 23 g dan 31,85 g gacha, Namangan, Xo'jand va Qo'qonda 25,6 g bo'lgan. Paysaning yana ikki turi mavjud bo'lib, ulardan biri 4,55g li misqol bilan aniqlangan; 1 paysa 5 misqol 5x4,55=22,75 g bo'lsa ikkinchisi: 1 paysa-4,5 misqol-4,5x4,55=20,475s20,5 g bo'lgan. Ba'zi ma'lumotlarda Qo'qonda 1 paysa -26,5 g, Kosonda 31,85g, Toshkentda 33,2 g bo'lgan: 2)Buxoro xonligida 5 tiyinlik chaqa. 3). O'tmishda O'zbekistonda 50 g dan bir oz oshiqroq keladigan og'irlik o'lchovi.1 Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling