Xronologiya va metrologiya


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/38
Sana05.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#223421
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
xronologiya va metrologiya

    

Q

adimgi  Misr  kalendari  bo’lmish  quyosh  kalendari  juda  ko’hnadir. 

Ushbu taqvim taxminan eramizgacha 4000 yil muqaddam paydo bo’lgan. Yil ushbu 

kalendarda  3  mavsumda,  4  oydan  qilib  taqsimlangan,  oylar  esa  30  kundan  qilib 

taqsimlangan.  Bundan  tashqari  yil  oxirida  5  qo’shimcha  kun  bo’lgan.  Misrliklar 

yilida 1,4  sutka  kam  bo’lib  bu  esa  har  yili Yangi  4  yilda  yangi  1  sutkaning  paydo 

bo’lishiga  sabab  bo’lgan.  Kalendar  yilning  boshlanishi  birinchi  totaga  (Yulian 

kalendari  bo’yicha  19  iyunga)  to’g’ri  keladi.  Eramizgacha  4  ming  yilliklarda  bu 

yozgi quyosh turishi va siriusining paydo bo’lishi bilan hamda Nil toshkiniga to’g’ri 

kelgan.  Har  4  yilda  yil  boshlanishi  1  kunga  o’zgargan  buyuk  yil  yoki  Sotiz  davri 

(solnomalar  fira'vnlar  boshqaruvi davrida  olib  borilgan  ,  Ellinistik davr  nabossor 

davrida  bo’lgan).  Solnomalar  eramizgacha  747-yilning    26-fevralidan,  ya'ni 

Ptolomeyning  podsholar  qonuni  tuzilgan  davrdan  boshlab  o’rnatilgan.  Imperator 

Avgustin  (eramizgacha  27-14-yillar)  davrda  Misrda  aniq  hisoblashlarga  o’tish 

kuzatilgan. O’sha davrda Misr yili (1-tot) boshlanishi 29-avgustga (Yulian kalendari 

bo’yicha)  to’g’ri  kelgan.  Aleksandr  hisobi.  U  yilni  365,25  kundan  iborat  deb 

belgilaydi. Yulian kalendaridan farqli o’laroq 6 qo’shimcha kun 4 yillik siklning 3 

yiliga  qo’shiladi.  Shuning  uchun  1  tot  yilidan  30-avgustga  to’g’ri  keladi  yoki 

boshqalarida  29-avgustda,  era  boshi  esa  284-yilning  29-avgustda  (Dioqletian 

erasi) dan boshlangan. Qulaylashtirilgan misr kalendari Hozirda Efiopia va boshqa 

davlatlarda qo’llaniladi. Yil 12 oydan, oy esa 30 kundan iborat, 5 qo’shimcha kun 

bo’lib  yil  boshi  11  yoki  12-sentabrga  kabisa  yildani  so’ng  to’g’ri  kelgan.  Qadimgi 

Mesopotamiya  kalendari  (Qadimgi  Vavilon  kalendari)  Oy-quyosh  kalendarlari 

bo’lib ular eramizgacha 3 ming yillikda paydo bo’lgan. Shumerda har bir shahar o’z 

kalendariga  ega  bo’lgan.  Hamurappi  (eramizgacha  1792-1750-yillar)  davrda 

rasmiy kalendar sifatida butun Vaviloniyaga Ur shaxrining kalendari tarkatilgan. 

Vavilon  kalendariga  ko’ra,  yil  12  oydan  7  kunlik  xaftadan  shu  Bilan  birga  6 

kunlik xafta-hamushtu ham mavjud bo’lgan. 

  Qadimgi Misr kalendari oylar eramizgacha VI-V asrlarda ilk bor qo’llanilgan. 

Bu oylar quyidagicha nomlangan: 

 


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling