Xronologiya yordamchi tarixiy fan sifatida
Download 36.49 Kb.
|
maxsus tarixiy fanlar. MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xronologiya yordamchi tarixiy fan sifatida
Mavzu: Xranologiyaning fan sifatida o’rni. Tarixiy va astronomik xronologiya. Reja: Xronologiya yordamchi tarixiy fan sifatida. Tarixiy xronologiyaning vujudga kelishi. Astronologik xronologiya. Xronologiya yordamchi tarixiy fan sifatida. Sanalar hisobi tarix fani uchun muhim ahamiyatga ega. Bu esa qadimgi davrlardayoq astronomlar zimmasiga kalendarni tartibga solish vazifasini yukladi. O’tmishda turlicha kalendar va xronologiya tizimlaridan foydalanilgani uchun bir kalendardagi sanalar boshqa kalendarda qaysi sanaga mos kelishini aniqlashtirish masalasini o’rtaga chiqardi. Aynan shu zarurat tufayli xronologiya fani paydo bo‘ldi. Xronologiya kalendarlar, vaqt tizimlari va ular o‘rtasidagi mutanosib masalalarni o‘rganadi. Bu fan turli tarixiy hodisalar va turli manbalarda keltirilgan sanalarni aniqlab, ularni hozirgi vaqt o'lchovi tartibiga moslashtiradl. Asosiy vaqt birliklari (sutka, oy, hafta va yil) va ularning paydo bo'lishi masalalarini tadqiq etadi. Xronologiya tarixiy fanlarning rivojlanishi natijasida yangni o'rganadigan fan sifatida XVI asrda vujudga keldi. Xronologiya ilm sifatida Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda shakllandi. O'rta asrlarda xronologiyaning rivojlanishiga O`rta Osiyolik olimlar ham o'z hissalarini ko'shdilar. Abu Rayhon Beruniyning «Al-osor al-boqiya ani-holiya ( O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar ), Qomuni Mas'udiy " asarlarida xronologiya faniga oid ko’plab ma'lumotlar berilgan. Hayyom kalendari esa mukammallik jihatidan Grigoriy kalendaridan ham ustun turadi, 1935-yilda Oliy o'quv yurtlarida tarix fakultetlari ochilgandan keyin boshqa tarixning yordamchi fanlari qatorida talabalarga xronologiya fani han o'qitila boshlandi. Mustaqillik yillarida xronologiya fanining taraqqiyotiga hissa qo'shgan yurtdoshlarimiz Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom, Mahmud Qoshg'ariy, Mirzo Ulug‘bekning asarlari nashr etilib, ularning ilmiy merosini yanada chuqurroq o'rganishga imkoniyat tughldi. YUNESKO qarori bilan 1998-yilda Ahmad al-Farg‘onivning 1200 yilligi keng nishonlandi. Xronologiya - yordamchi tarix fanlaridan biri bo'lib, u vaqt to'g'risidagi fandir. Xronologiya so'zi yunoncha so'z bo'lib, xrors - vaqt, logos - fan, ya'ni vaqtni o'rganish haqidagi fan deganidir. Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri uning bir tomonlama, ya'ni olg`a, kеlajak tomonga yurishidir. Matеmatiklar ta'biri bilan aytganda, manfiy vaqt bo`lishi mumkin ham emas. Vaqtni o`lchash uchun sеkund, daqiqa, soat, sutka, hafta, oy va yil birliklari qabul qilingan. Olingan va butun dunyo mamlakatlarida bir xil qabul qilingan. Aniq vaqtning asosiy manbai astronomik kuzatishlardir. Maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib, aniq vaqtni (sеkundning mingdan bir ulushlari aniqligida) topiladi. Shuningdek, kalendarlarning lurlari va turli elatlar tomonidan qo‘llanilgan bir-biridan farqli bo'lgan kalendarlarni batafsil o'rganadi. Xalqlarning bir-birlari bilan iqtisodiy, sivosiy, madaniy aloqalari natijasida ularning vaqtni hisoblashdagi ba'zi elementlari bir-biriga qorishib ketgan. Shuning uchun ko‘p millatli ba’zi davlatlarda turlicha yil hisoblash usullari mavjud. Ayrim xalqlar vaqtni Quyosh, boshqalari esa Oyga ko’ra hisoblashgan. Ikki uslub ham dastlabki kalendarlarda Sharq xalqlari tomonidan qo’llanilgan. Download 36.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling