Xronologiya yordamchi tarixiy fan sifatida


Tarixiy xronologiyaning vujudga kelishi


Download 36.49 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi36.49 Kb.
#1550438
1   2   3   4   5
Bog'liq
maxsus tarixiy fanlar. MI

Tarixiy xronologiyaning vujudga kelishi. Vaqt hisobi tarixni bilishning asosidir. Tarix voqe’liklarining muayyan tizimi sifatidan vaqtdan tashqarida bo‘lishi mumkin emas (Faqat Alloh islomiy aqidaga ko‘ra vaqtdan tashqari, u azal, u hozir va u abaddir). Yaralmish borliq vaqtdan tashqari emas ekan, uzoq-yaqin o‘tmishning u yoki bu voqeasini vaqt bilan bog‘lash shartdir. Bas, shunday ekan, hisobni nimadandir va qanday qilibdir boshlash ehtiyoji doimo odamzod uchun muhim bo‘lib kelgan. Insonning xotirasi o‘tmishni saqlash, undan kelajak uchun ibrat topishga moil bo‘lib kelgan. Hozir ham, zamonamiz qanchalik taraqqiy topganiga qaramay, tarixga murojaat qilish tabiiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy zaruriyatligicha qolmoqda. Vaqt esa, ortga qaytarib boelmaydigan hodisa. Tarix gcildiragi ham to‘xtashni bilmaydi. Vaqt inson hukmida emas. Yo‘qotilgan vaqt - yo‘qotilgan baxtdir. Hayotning insonga bergan eng buyuk darsi vaqtning har bir lahzasidan ezgulik yo‘lida aql 163 idrok bilan unumli va maqsadli foydalanishga bo‘lgan abadiy da’vatdir. Umar hayyomdan ta’sirlanib shunday degim keldi: Falakdan quloqqa yetishdi nido: Ne yerdan kelgandir bul hubni qazo? Charxning hukmi gar bo‘lsaydi menda Odamni jannatdan etmasdim judo. Hamonki, xronologiya vaqt hisobi haqidagi insoniyat to‘plagan bilimlami umumlashtirar ekan, uning hisob me’yorlari, vaqt cheksizligida belgilanuvchi «nuqta»lari, hisoblash atamalari va ulaming mohiyatiga kirish tabiiy talabga aylanadi. Aks holda vaqt hisobining «tutqichlari» dan tutmagan bo‘lamiz. Oqibatda esa, bilishimiz lozim bo4 lgan voqea-hdisalarning vaqt chizig‘idagi o‘mini, unga bog‘liq shart-sharoitlarning uzviylligini anglashimiz qiyin bo‘ladi. Shunday qilib, vaqt hisobi uchun qo‘llanib kelayotgan atamalar va ulaming ma’nolari haqida to‘xtalsak. Xronologiya vaqtni o'rganish, hisoblash haqidagi fan sifatida ikki qismga boʻlinadi:

  • astronomik (matematik) xronologiya

  • tarixiy xronologiyadir.

Qadimgi dunyo xalqlari nafaqat kalendarlardan, balki o'ziga xos hisoblash usullaridan ham foydalanishgan. Bu murakkab usullarni aniqlashga tarixiy xronologiya fani yordam beradi. Tarixiy xronologiyaning obyekti tarixiy voqealar haqida maTumot beruvchi inanbalar hisoblanadi. Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash sistemasini o‘rganadi, ularning o'zaro bogdiqligini, vaqtlarni bir hisob sistemasidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya vuqoridagi hisoblash sistemasidan tarixiy vaqtlarni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tarixiy tahlil qiladi. Insoniyatning xo‘jalik hayotidagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi. Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bo'lgan sutka, tun, kun, Oy fazalarining o'zgarishi. Yerning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan.
Asta-sekin vaqtni aniq hisoblashga bo'lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Buning uchun osmon jismlari harakatini, umuman, astronomiyani bilish zarur edi. Bundan tashqari, yana bir vazifani, kun, oy, yillar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash zarurati ham tug‘ildi. Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi. Tabiat hodisalarini kuzatish, vaqtni aniqlash uchun qo'llanilgan murakkab matematik hisob-kitoblar xronologivaning fan sifatida shakllanishiga asos sifatida xizmat qildi. Bobil va Misr kabi qadimgi davlatlarda paydo bo'lgan xronologiya ayniqsa, Qadimgi Gretsiya va Rimda rivojlandi.
Xronologiya bilim sohasi sifatida rivojlanishiga Qadimgi Gretsiya va Rim olimlari Eratosfen, Kalipp, Gipparx, Varron, Senzorin. Ptolomey, Makrobiylar katta hissa qo'shganlar. Gipparx (eramizgacha L90—125-yiliar) birinchi bo'lib Oyning o‘lchamini va undan Yergacha bo'lgan masofani aniqlagan. Gipparx shaxsiy kuzatuvlari natijasida Quvosh yilining uzunligini deyarli aniq hisoblab chiqqan (xato 6 minut). Olim o'sha davr uchun ulkan hisoblangan 850 ta yulduzning holati katalogini tuzgan edi. Klavdiy Ptolemey - mashhur «Almagest» asari muallifi. Bu asar o'rta asrlargacha astronomiyaga oid asarlarning sarasi hisoblangan. Shuningdek, Ptolemey sakkiz kitobdan iborat «Geografiya» asarining muallifi hamdir. Ptolemey kartografik proyeksivalar nazarivasini ham yaratgan. Ayniqsa. uning «Podshohlarning xronologik jadvali» asari xronologiyaga oid muhim manba hisoblanadi. Mark Terensiy Varron (eramizgacha 116-27-yillar) ham xronologiya fanining rivojiga katta hissa qo'shgan. U qomusiy olim bo'lib olti yuzga vaqin asarlar muallifidir. Mark Terensiy Varron asarlarining aksariyati xronologiyaga bag’ishlangan. VIl asr oxiri VIII asrning birinchi choragida yashagan ingliz monarxi, solnomachi Beda Dostopochtenniy xronologiyaga oid «Dunyoning olti yoshi» nomli asar muallifidir. Uning mazkur asarida xristian erasining asoslari haqida ma‘lumot beriladi.
Mark Terensiy Varron (milodgacha 116-27 yillar xronologiya fanining rivojiga katta hissa qo‘shgan. U qomusiy olim bo‘lib olti yuzga yaqin asarlar muallifidir. TerenSiy Varron asarlarining aksariyati xronologiyaga bag‘ishlangan. VII asr oxiri - УШ asming birinchi choragida yashagan ingliz monaxi, solnomachi Beda Dostopochtenniy xronologiyaga oid «Dunyoning olti yoshi» nomli asar muallifidir. Uning asarida xristian erasining asoslari haqida ma’lumot beriladi. Yevropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. XVI asrda fransuz olimi J. Skaliger tarixiy xronologiyada tizimlashtirishni amalga oshirdi. U yulian uslubidagi solnomalar tahririni ishlab chiqadi. 1583 yilda J.Skaliger «Vaqtni hisoblash yuzasidan yangi tadqiqot» nomli asarini e’lon qiladi. 1582 yilda italyan olimlari A. Liliya va I. Danti yangi kalendami tuzib chiqadi. Bu 165 kalendar tarixda Grigoriy kalendari nomi bilan shuhrat qozonadi. XVII asrda fransuz monaxi D. Petavi ham vaqtni hisoblash yuzasidan tadqiqotlar olib boradi. XVDI asrda Rossiya olimlari ham xronologiya faniga oid tadqiqotlar olib borgan. «Rossiya tarixi» kitobining birinchi jildida V.N. Tatishev yozgan maxsus bir bob «Yilning boshida vaqtni hisoblash» deb nomlanadi. Bu davrda M.V. Lomonosov, M.M. Sherbatov, I.N. Boltin va A.L. Shleser Xronologiya bilan jiddiy shug‘ullandilar. XVTII asrga kelib, Yevropada xronologiya mustaqil tarixiy fanga aylandi. Bunga qator angliyalik matematik va astronomlar o‘z hissasini ko‘shdilar. XVUI asr o‘rtalarida lord Chesterfildning tashabbusi bilan mamlakatda Grigoriy kalendari qabul qilindi. 1825-1826 yillarda nemis astronomi X.L. Ideler tomonidan yozilgan ikki jildlik «Matematik va texnik xronologiya», L. Brossening «Xronologiya texnikasiga doir» (SPb., 1868), F.Kaltenbrunneming «Grigoriy kalendari islohoti tarixidan» (Vena., 1876), O.E.Gartmanning «Rim kalendari» (Leypsig., 1882), Ya.I. Makdonaldning «Xronologiya va kalendar» (London., 1897) asarlari xronologiya fanining taraqqyotida asosiy o‘rinni egalladi.
Mirzo Ulug‘bek «Ziji Ko‘ragoniy» asarida vaqtni hisoblash masalalariga to'xtalib o‘tgan. Olim yil kitobining sharq xalqlari qabul qilgan usullarini bayon etib, «yunon, malikiy, xitoy va uyg‘ur yeralari» hamda ular orasidagi farq, mazkur eralardagi bayram kunlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi. Hijriy-qamariy kalendardagi arab davriyligi, yil boshi va oy madhallarini aniq lash jadvallarini va formulalarim ko‘rsatib o‘tadi. Yevropada Mirzo Ulug‘bek va Nasridsin Tusiyning yulduzlar jadvali katologi 1648 yilda Oksford universiteti astronomi Jon Grivas tomonidan nashrga tayyorlangan. 1650 yilda Mirzo Ulug‘bek asarlarining xronologiyaga oid ma’lumotlari, Sharq xalqlarida yil hisobi, kalendarlarga doir qismlari nashr etiladi. Mirzo Ulug'bekning yulduzlar katalogi 1665 yilda Tomas Xayd tomonidan lotin va fors tillarida nashr qilinadi. 1853 yivda Mirzo Ulug‘bekning bu jadvallarga bergan to‘liq muqaddimasini Sedillot tarjimasi bilan nashr etilgan.

Download 36.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling