Xudoyberdiyeva arofatxon
Download 0.75 Mb.
|
XUDOYBERDIYEVA AROFATXON Taqdimot
O'zbekistonning Davlat gerbi, o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992— yil 2-iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o'zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga yetaklovchi kuch ramzi sifatida e'zozlab kelingan.
O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992— yil 10-dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O'zbekiston xalq shoiri AbdullaOripov, musiqasi O'zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan. Mustaqillik qo'lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllan-tirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o'zgartirish, qo'shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992— yil 8-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qiiinganligini nishoulash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8-dekabr umumxalq bayrami -O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo'Iim, 128 mod-dadan iborat. U "Mustaqillik Deklaratsiyasi", "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida" gi Qonunda mustah-kamlangan tamoyillar va g'oyalarni o'zida to'la mujassamlashtirdi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling