Xudoyberdiyeva arofatxon


Download 0.75 Mb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1791089
  1   2   3
Bog'liq
XUDOYBERDIYEVA AROFATXON Taqdimot


XUDOYBERDIYEVA AROFATXON
Mavzu: O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi xuquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish borasidagi islohotlar.
Reja:
O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitusiyasining qabul qilinishi.
Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi.
SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi.1991— yil 25-avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo’mitasi O’zbekiston SSRning qonuniy tasarmfiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo’mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’sbinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosa-tiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991— yil 26-avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini cha-qirishga qaror qildi.
1991— yil 28-avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991— yil 31-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I. Karimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
1) respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O'zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2) 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991— yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin, deb qat'iy belgilab qo'yildi.
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
Davlat ramzlari. O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligini mus-tahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo'lib, davlat ramzlari belgilab olindi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida 1991— yil 18-noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog'i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayrog'iga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo'lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o'zligini ham aks ettiradi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling