- Termiz davlat universtiteti
- Filologiya va tillarini o`qitish fakulteti
- O`zbek tili ta`lim yo`nalishi
- 2-kurs 321-guruh talabasi
Xudoyberdiyeva Charosning - Tasavvuf va mumtoz
- poetikaga kirish fanidan
- Tayyorlagan taqdimoti
- Mavzu; Farididdin Attorning ,, Mantiq ut tayr `` asarida Tavhid masalasi
- Reja;
- 1. "xamsat ul-mutahayyirin"ning izoh va tarjimalari
- 2. Navoiyni rom etgan Attor
- "Mantiq ut-tayr" (forscha: منطق الطیر, oʻzbekcha: "Qushlar nutqi") — eronlik shoir Fariduddin Attorning fors tilida yozilgan 4500 misradan iborat sheʼriy toʻplamidir. Ushbu asar tasavvufiy shayx ramzida Hudhud nomli qushning boshqa 30 turdagi qushlar guruhi bilan boʻlgan majlisi va ularning safarlari haqida hikoya qiladi. Asar masnaviy shaklida yozilgan.
- „Mantiq ut-tayr“dan taʼsirlangan buyuk turkiy shoir Alisher Navoiy ham „Lison ut-tayr“ ("Qushlar tili") asarini bitadi.
- www.ziyouz.com кутубхонаси 1 Fariduddin Attor MANTIQ UT-TAYR (nasriy bayon) Tahrir hay’ati: Aziz Qayumov, Alibek Rustam, Najmiddin Komilov Forsiydan Najmiddin Komilov va Mahkam Mahmudov tarjimasi Mas’ul muharrirlar: Hamidullo Boltaboev, Vahob Rahmonov FARIDUDDIN ATTOR MA’NAVIY MEROSI Qaysi qush, Qofi fano anqosi ul Jumlai qushlar tili donosi ul. Kashfi asrori haqoyiqda farid, Nutqidin ahli haqiqat mustafid... Alisher Navoiy
- Sho‘rolar davrida muqaddas kitobimiz Qur’oni karimni o‘zbekchaga tarjima qilib, nashr etishni, Rasululloh SAV hayotnomalarini, imom al-Buxoriy, imom at-Termiziy, imom al-Motirudiy meroslarini o‘rganishga yo‘l yo‘q edi. Kim diniy qadriyatlarimiz jamlangan kitoblarni, hadisi shariflarni nashr etish tugul, o‘qisa ham, jazoga tortilar edi. Ming bor shukrki, Istiqlolga erishdik. Qur’oni karim, hadislar ma’naviy hayotimizda yana yuksak qadrini topdi, diniy-falsafiy xazinalarimizni o‘rganishga keng yo‘l ochildi. Abu Nasr Forobiyning «Madinat ul-fozila», imom al-Buxoriyning «Jomi’ as-sahih», «Adab al-Mufrad», imom G’azzoliyning «Kimiyoi saodat» (muxtasari), Aziziddin Nasafiyning «Zubdat ul-haqoyiq», Fariduddin Attorning «Ilohiynoma», Jaloliddin Rumiyning «Fihi mo fih» («Ichindagi ichindadir»), «Masnaviyi ma’naviy», Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvati sultoniya», Abul-Lays Samarqandiyning «Bo‘ston ul-orifiyn», «Tanbeh ulg‘ofiliyn», So‘fiy Olloyorning «Sabot ul-ojiziyn», at-Termiziyning «Sunani Termiziy», «Shamoyili Muhammadiya», Alixon To‘ra Sog‘uniyning «Tarixi Muhammadiy» kabi durdona asarlari Istiqlol yillarida xalqimizning ma’naviy mulkiga aylandi.
- Jahondagi buyuk so‘fiy faylasuflardan biri Fariduddin Attorni daho o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» asarida bunday ta’riflaydi: «Qushlar tilini tushunish olamda faqat bir zotga, Sulaymon payg‘ambarga nasib etgan edi. So‘ng uning vaziri Osaf tushundi-yu, ammo hech kimga tushuntirmadi. Shundan so‘ng charx aylanib, ming yillar o‘tib, olamga bir zot keldi. U qush tili (falsafiy ramzlar)ni tushuntirishda Sulaymon nabiydan ham, vaziri Osafdan ham o‘zib ketdi. Qushlar tilni go‘yo undan o‘rgandilar. Haq taolo muning nutqini go‘yo (bulbul) ayladi. Nukta deb anjom ila og‘ozdin, oncha gavhar sochti ganji rozdin». Navoiy aytadiki, bu ilohiy sirlarni forsiy tilni bilganlar tushundilar. Attor asaridagi ganjlarning sirlarini turkiy tilli xalqlar ham tushunsin deb, kamina bu xazinalarni turkiy tilda kashf etishga kirishdim. Barcha mumtoz ulamolar fikricha, Allohni tanimagan, Uning ma’rifatini bilmagan odam ilohiy olam sirlarini hech qachon tushunolmaydi. Agar odam Allohni-Haqni bilsa, o‘zining ham naqadar aziz, sharafli zot ekanligini tushuna boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |