Xudoynazarova Vaziraning "Ishlab chiqarishda metralogik ta'minot"


Standart namunalar uchun metrologik tafsilotlar


Download 31.5 Kb.
bet2/2
Sana09.06.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1467222
1   2
Bog'liq
vazira

Standart namunalar uchun metrologik tafsilotlar.
Standart namunalar uchun metrologik tafsilotlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim, bunday tafsilotlar standart namunalami yaratish va chiqarishga hujjatlarda me’yorlanadi.
Standart namunalami yaratish va chiqarish hujjatlarida ulaming muayyan turlari uchun texnik topshiriqlar (TT) va texnik shartlar (TSh)da quyidagi metrologik tafsilotlar me’yorlanadi;
a) Standart namunalaming attestatlanadigan tafsilotining ahamiyati;
b) attestatlanadigan qiymatning hatoligi (noaniqligi);
d) standart namunalar materialining bir jinsli emasligi natijasida
sodir bo‘ladigan hatolik (noaniqlik);
e) standart namunalar nusxasining yaroqlilik muddati;
j) tashqi omillaning ta’sir darajasi.
Standart namunalar tafsilotlarining qiymatlari standart namunalai attestatlash jarayonida o‘rnatiladi va turining tavsifnomasi, shuningdek. standart namunalar nusxasining sertifikati (guvohnomasi)da ham keltiriladi.
Standart namunalaming sertifikati (guvohnomasi)da keltiriladigan metrologik tafsilotlarming qiymatlari standart namunalar to‘pining har nusxasiga, yoki standart namunalaning muayyan nusxasiga oid bo‘ladi. Bu qiymatlarining o‘zi standart namunalar nusxasining standart namunalami qo‘llanish bo‘yicha hujjatlarda o'rnatilgan, qo‘llanish protsedurasida muvofiq foydalaniladigan har qanday qismga ham taalluqli bo‘ladi.
Standart namunalarmng yaroqlilik muddati yuqori chegarasi cheklanmaydi.
Agar yaroqlilik muddati o‘rnatilmagan yoki standart namunalarning yaroqlik muddati 10 yildan ortiq bo'lsa, bu holda standart namunalaming metrologik tafsilotlari 10 yildan kamida bir
marta tekshiriladi, tekshirish tartibi standart namunalarni qo'llanish bo‘yicha yo‘riqnomada yoki bunday protsedurani belgilaydigan alohida hujjatda ko‘rsatadi.
Standart namunalami ishlab chiqishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
-attestatsiyalash dasturi va uslubining loyiliasini o‘z ichiga olgan standart namunalarga texnik topshiriqni ishlab chiqish;
-texnik topshiriqni metrologik ekspertiza qilish, kelishish va tasdiqlash;
-standart namunalami tayyorlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot vaeksperimental ishlarni o'tkazish;
-attestatsiyalash dasturi va uslubiga muvofiq standart namunalarning metrologik va texnik tafsilotlarini o‘rganish;
-standart namunalarga hujjatlarni ishlab chiqish, standart namunalarni ishlab chiqishga oid hisobotni rasmiylashtirish, standart namunalar seriyali yoki kichik seriyali ishlab chiqariladigan bo‘lsa, texnik shartlar ishlab chiqiladi;
-standart namunalarn ishlab chiqishga oid hujjatlami metrologik ekspertiza qilish;
-standart namunalarni tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati sohasida qo‘llanilishga
mo'ljallangan standart namunalarni yaratishga texnik topshiriqlar O'zbekiston Standart namunalar Bosh markazi yoki « 0 ‘zstandart» agentligi bilan kelishishi lozim.Ro‘yxatga olishda davlat standart namunalariga o‘lchash
vositalari davlat qaydnomasining «Standart namunalar» bo‘limidagi ikkita raqamdan iborat nomer beriladi. Bu ikki raqamdan nuqta bilan ajratilgan to‘rtta raqamli ro‘yxatga olish nomeri va ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yili ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqaruvchilaming standart namunalarini ro‘yxatga olishda ularga korxonalar va tashkilotlar Umumdavlat tasniflagichi bo‘yicha sakkizta raqamidan iborat nomeri beriladi. Bu ikki raqamdan nuqta bilan ajratilgan to'rtta raqamli ro‘yxatga olish nomeri va ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yili ko‘rsatiladi.
Xorijda ishlab chiqarilgan import bo‘yicha keltirilgan, O‘zbekistonda tan olingan va qo‘lanilishga ruxsat etilgan yoki xalqaro va hududiy tashkilotlar doirasida ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonda tan olingan davlat standart namunalar olchash vositalari davlat resstriga kiritiladi, bunda ularga ro‘yxatga olingan nomer beriladi, qavslar ichida esa ishlab chiqargan mamlakat yoki tashkilot tomonidan berilgan ro‘yxat nomeri ko‘rsatiladi.
« O‘zstandart» agentligi ro'yxatga olingan standart namunalar to‘g‘risidagi axborotni standart namunalar sertifikatining xos restriga kiritadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Fayzev R. R. "O'zaro almashinuvchanlik, standartlashtirish, texnikaviy o'lchovlar va sertifikatlash".


2.Inogamova D. , Shaozimova U.X " O'zaro almashinuvchanlik standartlashtirish va texnikaviy o'lchovlar"


Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling