Xudoyorov Nodirning Muhandislik geologiyasi va gidrogeologiyasi


Download 1.86 Mb.
Sana07.04.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1339701
Bog'liq
Muhandislik geologiyasi mustaqil ish 4-5-mavzu


Jizzax Politexnika instituti
Arxitektura va qurilish fakulteti
MKQ yo’nalishi 212-21 guruh talabasi Xudoyorov Nodirning
Muhandislik geologiyasi va gidrogeologiyasi fanidan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Xudoyberdiyev Jamshid
Mavzu: Yer osti suvlarining ekspluatatsion zaxiralari va resurslari
Qabul qilingan tasnifnomaga asosan, yer osti suvlarining ekspluatatsion zaxiralari foydali qazilma konini qidirilish darajasiga va suv sifatining o'rganilish aniqligiga ko’ra hamda ekspluatatsiya qilish sharoitiga qarab to’rt — A,B,S1 va S2 toifaiarga bo'linadi.
A toifasi. Bu toifada yer osti suvlarining zaxiralari, suvli qatlamning yotish sharoiti, tuzilishi va bosimi, suvli qatlamning ozuqalanish sharoiti, tog' jinslarining gidrogeologik xususiyatlari, ekspluatatsion zaxiralaming to'ldirilish imkoniyatlari, o'rganilayotgan yer osti suvlarining boshqa suvli qatlamlar va yer usti suvlari bilan bog'lanishi, gidrogeologik qidiruv ishlari natijasida to'liq aniqlangan va o'rganilgan. Yer osti suvlarining sifati ekspluatatsiya davomida o'zgarmaydi.
В toifasi. Bu toifada yer osti suvlarining zaxiralari, suvli gorizontning asosiy xususiyatlarini, ya’ni suvli qatlamning yotish sharoitining tuzilishi, ozuqalanishi, turli suvli qatlamlar va yer usti suvlari bilan bog'lanishi, gidrogeologik qidiruvlar natijasida aniqlangan. Ekspluatatsion zaxiralarni to'ldiruvchi tabiiy suv resurslarining hajmi shartli ravishda aniqlangan bo'Iadi. Yer osti suvlarining sifati shu suvlar ko'zlangan maqsad uchun yaroqli ekanligi o'rganilgan bo'Iadi, lekin ekspluatatsiya davrida suv sifatining o'zgarishi o'rganib chiqilgan emas.
S1 toifasi. Bu toifada yer osti suvlarining zaxiralari suvli qatlamlaming tuzilishi, yotishi va tarqalishi gidrogeologik qidiruv yordamida umumiy tarzda o'rganilgan. Yer osti suvlarining sifati esa ularni ma’lum bir maqsad uchun ishlatish mumkinligi qisman hal qilingan.
S2 toifasi. Bu toifada yer osti suvlari zaxiralari umumiy geologik, gidrogeologik m a ’Iumotlar asosida hamda qidiruv ishlari orqali o'xshash maydoniarda olib borilgan ishlarning natijasidan foydalanib aniqlangan.
Mavzu: Yer osti suvlari zaxiralarini baholash va uning ahamiyati
Yer osti suvlari harakatining yo'nalishini gidroizogips yoki gidroizopyez xaritasi yordamida aniqlanadi. Bunday xaritalarda yer osti suvlarining yo'nalishi gidroizogips va gidroizopyez chiziqlariga perpendikulyar bo’lgan oqimning qiyaligi bo'yicha o'tkazilgan tok chizig'i orqali aniqlanadi. Yer osti suvlarining erkin yoki pyezometrik yuzasini ko'rsatuvchi xaritalar bo’lmasa, harakatning yo'nalishini va yer osti suvining balandlik nuqtalarini aniqlash uchun kamida uch dona quduq qazilishi kerak. Quduqlar imkoni boricha teng tomonli uchburchakning burchaklarida joylashtirilishi kerak. Uchburchakning tomonlari 50 metrdan 200 metrgacha boiishi va oqimning qiyaligi qanchalik kichik bo’lsa, quduqlar orasidagi masofa shunchalik katta bo'lishi kerak (15.4-rasm).
Yer osti suvlarining aniqlangan balandlik nuqtalari bo'yicha, interpolyatsiya yo'li bilan erkin va pyezometrik yuzalaming izochizig‘i o'tkaziladi hamda tok chiziqlarini o'tkazish orqali oqimning harakat yo'nalishi aniqlanadi (15.4-rasm). Aniq ma'lumot olish uchun turli davrlarda olib borilgan yer osti suvi rejimi kuzatishlari natijalaridan foydalanish kerak. Yer osti suvlari oqimining yo'nalishini aniqlashning asosiy usuli gidroizogips xaritasi yordamida aniqlash hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Islomov O.I., Shorahmedov Sh.Sh. Umumiy geologiya. — Т.: “O‘qituvchi”, 1971.
2. Karimov A. A., Imamov E.Z., Ro'ziyev Q.I., Bo'tayorov О.S. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi.-T .: ≪Sharq≫ nashriyot = matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2002.
3. Mavlonov G'.A., Krilov М.М., Zohidov S. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari.— Т.: “O’qituvchi”, 1976.
4. Mavlonov G’.O,. lslomov A.I. Shermatov M.SH., Geologik va injener-geologic hodisalar nima?.— Т.: “Fan”, 1970.
5. Sodiqov O.S. “Geologiya lug‘ati”.-T.: O’z FA nashriyoti, 1958.
Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling