Xufiyona iqtisodiyotning institutsional
Xufiyona iqtisodiyot turlarining tasnifi va uni
Download 62.9 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Nolegal iqtisodiyot .
- 2.Hisobga olinmagan iqtisodiyot
2. Xufiyona iqtisodiyot turlarining tasnifi va uni
baholashga nisbatan yondashuvlar Xufiyona iqtisodiyotning mashhur iqtisodchi E.Fayg 2 tomonidan taklif etilgan tasnifi diqqatga sazavordir. Faygning fikriga ko‟ra, har bir alohida xufiyona iqtisodiyot turining tafsifi uning vakillari buzadigan institutsional qoidalar to‟plami bilan belgilanadi, ya‟ni ularning faoliyati qoida va normalarning o‟rnatilgan tizimi doirasidan tashqariga chiqadi yoki uni chetlab o‟tadi va, o‟z navbatida, o‟lchanmaydi va ijtimoiy jihatdan hisobga olinmaydi. 1.Nolegal iqtisodiyot. Nolegal iqtisodiyot tijoratning qonuniy shakllari sohasini belgilab beruvchi, yuridik normativlarni buzuvchi iqtisodiy faoliyat tomonidan ishlab topilgan daromadning sinonimi sifatida ishtirok etadi. Nolegal tadbirkorlar ta‟qiqlangan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ularni taqsimlashda ishtirok etadi (giyohvandlik moddalarini noqonuniy ishlab chiqarish, chayqovchilar tomonidan valyuta ayirboshlanishi va h.k.). Bunday ta‟qiqlangan iqtisodiy harakatlar, qonunni chetlab o‟tgan holda, foydali daromad manbai hisoblanadi. SHuningdek, siyosiy, iqtisodiy va yuridik muassasalar barqarorligiga putur yetkazishga xizmat qiladi. 2.Hisobga olinmagan iqtisodiyot. Hisobga olinmagan iqtisodiyot institutsional jihatdan o‟rnatilgan, soliq kodeksida qayd etilgan fiskal qoidalarni chetlab o‟tuvchi yoki ulardan bo‟yin tovlovchi iqtisodiy faoliyatni o‟z ichiga oladi. Hisobga olinmagan iqtisodiyotdan olingan daromadlar soliq organlariga xabar qilinmaydi. Bunda “soliq bo‟shlig‟i” – soliq tushumlarini nazarda tutuvchi summa bilan amalda olingan daromad o‟rtasidagi farq yuzaga keladi. Hisobga olinmagan daromadlarni tadqiq etish rivojlangan mamlakatlarda soliq solish sohasidagi turli o‟zgarishlarga turtki bo‟ldi. Soliq to‟g‟risidagi qonunlarning soddalashtirilishi va soliq stavkalarining pasaytirilishi soliq solish negizining kengayishi va soliq tizimi xarajatlarining qisqarishiga olib keldi. SHu bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlarda hisobga olinmagan iqtisodiyot, perulik iqtisodchi E. de Sato “merkantilist tizim” sifatida ta‟riflagan samarasiz fiskal institutlari mustahkamlangan holda, faoliyat yuritishda davom etmoqda. 2 Файг Э. Определение и оценка подпольной и неформальной экономики: нео-институциональный подход. М.: РТТУ, 2000. -147 с. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling