Xufiyona iqtisodiyotning institutsional
Ro’yxatga olinmagan iqtisodiyot
Download 62.9 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Norasmiy iqtisodiyot.
- 3. Xufiyona bozor institutsional tizim sifatida
3.Ro’yxatga olinmagan iqtisodiyot. Ro‟yxatga olinmagan
iqtisodiyot hukumat statistika organlarining talablariga ko‟ra belgilangan institutsional qoidalarni chetlab o‟tuvchi iqtisodiy faoliyat turidan tarkib topgan. Bu yerda davlat milliy statistika tizimida ro‟yxatga olinmagan daromad summasi asosiy ko‟rsatkich hisoblanadi. E.Faygning fikriga ko‟ra, ro‟yxatga olinmagan daromad amaldagi umumiy daromad bilan statistika tizimi tomonidan qayd etiladigan daromad o‟rtasidagi farqdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda uyda ishlab chiqarish ro‟yxatga olinmagan iqtisodiy faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Milliy daromadni hisoblash metodikasi uyda ishlab chiqarishning milliy hisobga kiritilishini nazarda tutsa-da, mazkur sektor, odatda, uni o‟lchashning qiyinligi tufayli e‟tibordan chetda qoladi. E.Faygning ta‟kidlashicha, uyda ishlab chiqarishning mavjud baholariga ko‟ra, u rivojlangan mamlakatlarda ro‟yxatga olingan YaIMning 25-50 foizini tashkil etadi. Ta‟kidlash lozimki, hisobga olinmagan va ro‟yxatga olinmagan iqtisodiyot o‟rtasidagi farq, yuqorida keltirilgan ta‟riflardan kelib chiqib, g‟oyat shartli. Agar faoliyat statistika organlari tomonidan ro‟yxatga olinmasa, u hisobga ham olinmaydi. 4.Norasmiy iqtisodiyot. Norasmiy iqtisodiyot jamiyat foydasi hamda mulkchilik munosabatlari, litsenziyalash, mehnat shartnomalari, moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‟urtalash munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar va ma‟muriy qoidalar bilan belgilangan huquqlarni buzgan holda alohida xarajatlarni tejovchi iqtisodiy faoliyatni o‟z ichiga oladi. U norasmiy faoliyat yurituvchi iqtisodiy agentlar tomonidan olinadigan daromadlar bilan o‟lchanadi. 3. Xufiyona bozor institutsional tizim sifatida Xufiyona sektor bilan bog‟liq eng katta xavf-xatar bozor iqtisodiyoti normasidan keskin farqlanuvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning alohida normalari shakllanishidir. Xufiyona normalar asosida ularning amal qilishi hududiy jihatdan va / yoki shaxslarning ma‟lum doirasi tomonidan chegaralangan ijtimoiy mexanizmlar yotadi - qonunga bo‟ysunish normalarining mavjud emasligi, norlarning ijtimoiy mansubligidan qat‟i nazar barcha iqtisodiy sub‟ektlarga amal qilishiga imkon bermaydi. “Ma‟lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida ushbu yo„nalishda alohida qonun qabul qilindi. Shu asosda aniq maqsadlarga qaratilgan chora-tadbirlarni o„z ichiga olgan davlat dasturi izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ana shunday ishlarimiz natijasida shu yilning 9 oyida korrupsiya bilan bog„liq jinoyatlar o„tgan yilga nisbatan 33 foizga kamaydi. Biz bunday natijalarni korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi uzoq va davomli faoliyatimizning dastlabki samarasi, deb qabul qilishimiz, bu yo„lda yanada qat‟iy ish olib borishimiz shart.” 3 Xufiyona normalarning yozilmagan va yakka hol xususiyati tufayli xufiyona bitimlar tuzish uchun barchaga mos keladigan o‟yin qoidalarini ifodalab bo‟lmasa-da, xufiyona iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. Ilmiy manbalarda bunga misol tariqasida iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi o‟rganib chiqilgan Italiya, Sitsiliya, Kalabriya va boshqa rivojlangan xufiyona sektorga ega mamlakatlar keltirilgan. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash bo‟yicha davlatga muqobil institut sifatida mafiya haqida dastlabki tilga olinishi feodalizmdan mayda va o‟rta yer mulkchiligiga o‟tishning aynan shu pallasiga taalluqli. «Mafiya» atamasi odatda turli ma‟nolarda va turli xildagi hodisalarni yoritish uchun qo‟llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti- harakatning alohida me‟yorlari va namunalarini belgilash uchun foydalaniladi. Ya‟ni mafiya rasmiy tashkilot bo‟lmasa-da, xatti-harakat va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi o‟yin qoidalarining yig‟indisidir. Download 62.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling