Xufiyona iqtisodiyotning institutsional


Ro’yxatga olinmagan iqtisodiyot


Download 62.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.10.2023
Hajmi62.9 Kb.
#1702849
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

3.Ro’yxatga olinmagan iqtisodiyot. Ro‟yxatga olinmagan 
iqtisodiyot hukumat statistika organlarining talablariga ko‟ra belgilangan 
institutsional qoidalarni chetlab o‟tuvchi iqtisodiy faoliyat turidan tarkib 
topgan. Bu yerda davlat milliy statistika tizimida ro‟yxatga olinmagan 
daromad summasi asosiy ko‟rsatkich hisoblanadi. E.Faygning fikriga 
ko‟ra, ro‟yxatga olinmagan daromad amaldagi umumiy daromad bilan 
statistika tizimi tomonidan qayd etiladigan daromad o‟rtasidagi farqdir. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda uyda ishlab chiqarish ro‟yxatga 
olinmagan iqtisodiy faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblanadi. Milliy daromadni hisoblash metodikasi uyda ishlab 
chiqarishning milliy hisobga kiritilishini nazarda tutsa-da, mazkur 
sektor, odatda, uni o‟lchashning qiyinligi tufayli e‟tibordan chetda 
qoladi. E.Faygning ta‟kidlashicha, uyda ishlab chiqarishning mavjud 
baholariga ko‟ra, u rivojlangan mamlakatlarda ro‟yxatga olingan 
YaIMning 25-50 foizini tashkil etadi. 
Ta‟kidlash lozimki, hisobga olinmagan va ro‟yxatga olinmagan 
iqtisodiyot o‟rtasidagi farq, yuqorida keltirilgan ta‟riflardan kelib chiqib, 
g‟oyat shartli. Agar faoliyat statistika organlari tomonidan ro‟yxatga 
olinmasa, u hisobga ham olinmaydi. 
4.Norasmiy iqtisodiyot. Norasmiy iqtisodiyot jamiyat foydasi 
hamda mulkchilik munosabatlari, litsenziyalash, mehnat shartnomalari, 
moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‟urtalash munosabatlarini tartibga 
soluvchi qonunlar va ma‟muriy qoidalar bilan belgilangan huquqlarni 
buzgan holda alohida xarajatlarni tejovchi iqtisodiy faoliyatni o‟z ichiga 
oladi. U norasmiy faoliyat yurituvchi iqtisodiy agentlar tomonidan 
olinadigan daromadlar bilan o‟lchanadi. 
3. Xufiyona bozor institutsional tizim sifatida 
 
Xufiyona sektor bilan bog‟liq eng katta xavf-xatar bozor iqtisodiyoti 
normasidan keskin farqlanuvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning 
alohida normalari shakllanishidir. Xufiyona normalar asosida ularning 
amal qilishi hududiy jihatdan va / yoki shaxslarning ma‟lum doirasi 
tomonidan chegaralangan ijtimoiy mexanizmlar yotadi - qonunga 
bo‟ysunish normalarining mavjud emasligi, norlarning ijtimoiy 
mansubligidan qat‟i nazar barcha iqtisodiy sub‟ektlarga amal qilishiga 
imkon bermaydi. 
“Ma‟lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi samarali kurash 
olib borish maqsadida ushbu yo„nalishda alohida qonun qabul qilindi. 


Shu asosda aniq maqsadlarga qaratilgan chora-tadbirlarni o„z ichiga 
olgan davlat dasturi izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ana shunday 
ishlarimiz natijasida shu yilning 9 oyida korrupsiya bilan bog„liq 
jinoyatlar o„tgan yilga nisbatan 33 foizga kamaydi. Biz bunday 
natijalarni korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi uzoq va davomli 
faoliyatimizning dastlabki samarasi, deb qabul qilishimiz, bu yo„lda 
yanada qat‟iy ish olib borishimiz shart.”
3
Xufiyona normalarning yozilmagan va yakka hol xususiyati tufayli 
xufiyona bitimlar tuzish uchun barchaga mos keladigan o‟yin qoidalarini 
ifodalab bo‟lmasa-da, xufiyona iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy 
unsurlarini aniqlash mumkin. Ilmiy manbalarda bunga misol tariqasida 
iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi o‟rganib chiqilgan Italiya, 
Sitsiliya, Kalabriya va boshqa rivojlangan xufiyona sektorga ega 
mamlakatlar keltirilgan. 
Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash bo‟yicha davlatga 
muqobil institut sifatida mafiya haqida dastlabki tilga olinishi 
feodalizmdan mayda va o‟rta yer mulkchiligiga o‟tishning aynan shu 
pallasiga taalluqli. «Mafiya» atamasi odatda turli ma‟nolarda va turli 
xildagi hodisalarni yoritish uchun qo‟llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu 
atamadan asosan bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti-
harakatning alohida me‟yorlari va namunalarini belgilash uchun 
foydalaniladi. Ya‟ni mafiya rasmiy tashkilot bo‟lmasa-da, xatti-harakat 
va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili hisoblanadi. Boshqacha 
aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga iqtisodiy, ijtimoiy va 
siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi 
o‟yin qoidalarining yig‟indisidir. 

Download 62.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling