Xufiyona iqtisodiyotning institutsional


Xufiyona iqtisodiyotning kelib chiqish sabablari


Download 62.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.10.2023
Hajmi62.9 Kb.
#1702849
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

1. Xufiyona iqtisodiyotning kelib chiqish sabablari 
 
Xufiyonalik – shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda 
mavjud huquq (qonun) normalaridan foydalanishdan bo‟yin tovlash va 
yozilmagan huquqqa, ya‟ni an‟ana va urf-odatlarda qayd etilgan 
normalar hamda mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash 
yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq doirasidan chetga 
chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan iborat.
1-jadval 
Ayrim mamlakatlarda yuridik shaxsni ro’yxatga olish xarajatlari
1
 
Mamlakatlar 
Vaqt sarfi 
(kunda) 
Pul shaklidagi xarajatlar 
(kutilayotgan yillik foydaga 
nisbatan %da) 
Boliviya 
15-30 
0,3-3 
Braziliya 
31-60 
3-8 
Chili 
12-65 
3-6 
Ekvador 
60-240 
15-24 
Meksika 
83-240 

Urugvay 
75-90 
6-160 
Gvatemala 
179-525 
4-9 
Venesuela 
170-310 
6-24 
Iqtisodiy faoliyatni xufiyona amalga oshirish, birinchi navbatda, 
qonun doirasidagi harakat bilan, ya‟ni yuqori transaktsiya xarajatlari 
bilan bog‟liq. Transaktsiya xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda
ta‟kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani tuzishdagi yuqori 
xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash xarajatlari va 
uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto 
ushbu xarajatlarni «qonunga bo‟ysunish bahosi», deya ta‟riflaydi. U 
quyidagilarni o‟z ichiga oladi: 
- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‟yxatga olish, 
litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega 
bo‟lish va boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari); 
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‟liq 
xarajatlar (soliqlarni to‟lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun 
talablarini bajarish (ish kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy 
kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida nizolarni hal etishda sud 
xarajatlarini to‟lash). 
1
Berkinov B.B. Institutsional iqtisodiyot: O‟quv qo‟llanma. – T.: YANGI NASHR, 2011. – 248 b.



Download 62.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling