8-Ma’ruza Mavzu: Transport sathida ma’lumotlarni himoyalash


Download 236.12 Kb.
bet1/3
Sana02.05.2023
Hajmi236.12 Kb.
#1421330
  1   2   3
Bog'liq
8-Mavzu.Transport sathida ma’lumotlarni himoyalash


8-Ma’ruza
Mavzu: Transport sathida ma’lumotlarni himoyalash
Reja:

  1. OSI modelining transport sathi imkoniyatlari va xususiyatlari.

  2. Transport sathi xavfsizlik protokollari.

Kalit so’zlar: OSI modeli, transport sathi, UDP protokoli, TCP protokoli


Transport sathi oxirgi tizimlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlarga xizmatlarni bevosita taqdim etadi. Transport sathi protokoli turli xostlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlar orasidagi mantiqiy ulanishlarni ta’minlaydi. Ilovalar nuqtai nazaridan, mantiqiy ulanish –jarayonlar orasidagi real ulanish, marshrutizatorlar va turli aloqa liniyalarining uzundan uzoq zanjirlari yordamida amalga oshirilishiga qaramasdan, jarayonlarni bevosita bog‘lovchi kanaldir. Mantiqiy ulanish fizik infrastrukturadan mustaqil ravishda jarayonlarga ma’lumot almashish imkonini beradi.


UDP protokoli


UDP protokoli RFC 768 da keltirib izohlangan. Multiplekslash va demultiplekslash jarayoni bilan bir qatorda, ba’zi kichik xatoliklarni tekshirish bilan UDP protokoli afsuski xech qanday hostni IP adresini UDP segmentga qo’shmaydi. Agar ilova yaratuvchilari TCP ni o’rniga UDP ni tanlashsa, UDP ilova pog’onasidan xabarni qabul qilib oladi, xabarga uzatuvchi va qabul qiluvchining port nomerini qo’shadi hamda segmentni tarmoq pog’onasiga uzatadi. Transport pog’onasi tarmoq pog’onasi segmentini IP deytagrammaga joylashtiradi va qabul qiluvchi hostga segmentni uzatadi. Qabul qiluvchi hostga yetib kelgan segment, UDP protokoli segmentdagi qabul qiluvchi hostning port nomeridan foydalanib ma’lumotni mos ilova uzatadi. Shuni aytish kerakki, segmentni uzatishdan oldin, uzatuvchi va qabul qiluvchining transport pog’onalari o’rtasida xech qanday aloqa o’rnatilgani haqida tasdiq yoki kelishuv bo’lmaydi. Shuning uchun ham UDP oldindan aloqa o’rnatilmagan bog’lanish asosida ishlaydiki, xech qanday ishonchlilikni kafolatlamaydi. TCP esa, oldin muhokama qilib otilganidek, oldindan aloqa kanalini hosil qilib, shu aloqa kanali bo’ylab TCP segmentlarini uzatadi, shuning uchun ham bu ishonchli aloqani qo’llab quvvatlaydi.
Ba’zida ko’pchilik tarmoq foydalanuvchilari va ilova yaratuvchilari xayron qolishadi, nima uchun jiddiy kamchiliklarga ega bu UDP protokolida ilovalar xaligacha yaratiladi. UDP kafolatsiz ma’lumot uzatishni ta’minlaydi uning o’rniga ilovalar uchun TCP har doim ishonchli ma’lumot uzatish xizmatini ta’minlashi afzal emasmi? UDP uchun yaratilayotgan ilovalar soni ko’p hamda ilova yaratuvchilari haliyam UDP protokolidan mamnun holda ilovalar yaratib kelishmoqda, UDP ba’zi ilovalar uchun TCP qaraganda juda mos xisoblanadi, quyidagi UDP ning avzalliklarini ko’rib chiqamiz:
Quyidagi rasmda (8.1-rasm) internet ilovalari va ular qaysi protokol asosida ishlashi keltirilgan. Ko’rsatilganidek, e-mail, masofada joylashgan terminalga chiqish imkoniyatini berish (remote terminal access), Web sahifalar hamda fayllarni uzatish asosan TCP ga asoslangan. Bu barcha ilovalar ishonchli ma’lumot uzatilishini talab qiladi. Biroq ko’pgina muhim ilovalar TCP ga emas balki UDP ga moslab yaratilgan. Masalan, UDP dan RIP protokolida marshrutlar jadvalini yangilab turish uchun foydalaniladi. RIP doimiy ravishda (odatda har 5 daqiqada) yo’qolgan ma’lumotlarni davomiy yangilash orqali qayta tiklaydi shuning uchun ham marshrutlar jadvaliga muvofiq eskirgan va yo’qolgan ma’lumotlar doim yangilanib turadi. Shu bilan birga, UDP dan tarmoqni boshqarishga tegishli ma’lumot (simple network management protocol, SNMP) larni tashish uchun ham foydalaniladi. Boshqarish jarayonida TCP ga qaraganda UDP dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, tarmoqda ishonchlilikni ta’minlash, ma’lumot oqimlari oshib borishini oldini olish, oshib borayotgan oqimni nazorat qilish hamda stres holatdagi tarmoqlarda TCP dan foydalanish orqali muvofaqqiyatga erishish juda qiyin. DNS serverlari uchun UDP dan foydalanish orqali TCP da sodir bo’ladigan kechikishlarni oldini olish mumkin.

8.1.-rasm. Mashxur internet ilovalari va ularning quyi pog’onalar transport protokollari


Rasmda keltirilganidek, UDP va TCP bugungi kundagi ko’p qo’llaniladigan multimedia ilovalari uchun foydalaniladi, masalan Internet telefoniya, real vaqtda video konferensiya va audio va video oqimlaridan foydalanish uchun. Bu ilovalar kichik miqdordagi paketlar yo’qolishlariga bardoshli bo’lib, ular uchun ishonchli ma’lumot uzatish muhim xisoblanmaydi. Shuningdek, real vaqt ilovalari uchun, masalan internet qo’ng’iroq va video konferensiya jarayonida TCP protokolining oqimlarni nazorat qilishi sababli ma’lumot yetib kelishi juda kechikib ketadi va suhbat jarayonini real bo’lmasligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shu sabab bo’lsa kerak, multimedia ilovala yaratuvchilari TCP ga qaraganda UDP ni afzal ko’rishadi. Biroq, TCP dan ko’proq media oqimlarni uzatish uchun foydalanib kelinmoqda.

Download 236.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling