8-Ma’ruza Mavzu: Transport sathida ma’lumotlarni himoyalash
Download 236.12 Kb.
|
8-Mavzu.Transport sathida ma’lumotlarni himoyalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarni ishonchli uzatishni asosiy qoidalari.
TCP protokoliTCP mantiqiy ulanish o‘rnatiladigan protokol deyiladi, chunki ma’lumotlarni almashishdan oldin ikkita jarayon “qo‘l berish” – ma’lumotlarni almashish parametrlarini aniqlash uchun bir-birlariga maxsus segmentlarni uzatilishidan iborat jarayonni amalga oshiradi. TCP-bog‘lanishning o‘rnatilish qismining har ikkala tomon orqali TCP-bog‘lanishga bog‘liq bo‘lgan TCPning ko‘plab o‘zgaruvchan holatlarini amalga oshirish hisoblanadi. “TCP-bog‘lanish” bu kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqlardagi kabi, TDM yoki FDM multiplekslashli ulanish emas. Shu bilan birga virtual kanal hisoblanmaydi, chunki kanalning holati faqat ikkita oxirgi tizimlarda saqlanadi. TCP protokol TCP-bog‘lanishni qo‘llamaydigan tarmoqning oraliq elementlarini (kanal darajasi marshrutizatorlari va qayta ulagichlari) qo‘shmaganda faqat oxirgi tizimlarda bajariladi. Aslida oraliq marshrutizatorlar TCP-bog‘lanishga absolyut e’tibor bermaydi, ular TCP bog‘lanishlarni emas, balki deytagrammalarni qo’llab- quvvatlaydi. ТCP ulanish fayllarni dupleks uzatilishini ta’minlaydi. Agar u bir xostdagi A jarayon va boshqa xostdagi B jarayon bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda amaliy daraja ma’lumotlari bir vaqtda ham A jarayondan B jarayonga, ham teskari yo‘nalishda uzatilishi mumkin. Bundan tashqari,ТCP-ulanish doimo ikki nuqtali hisoblanadi, ya’ni yagona qabul qiluvchi -jo‘natuvchi juftligi orasida o‘rnatiladi. Boshqacha aytganda, TCP protokoli ishlatilganida ular bitta jo‘natuvchidan bir nechta qabul qiluvchilarga uzatiladigan ma’lumotlarni keng tarqatishli uzatishni amalga oshirish mumkin emas. Ma’lumotlarni ishonchli uzatishni asosiy qoidalari.Komp’yuter tarmoqlarida ma’lumotlarni ishonchli uzatish muammosi eng markaziy muammo bo‘lib, bu nafaqat transport sathida balki tarmoq va amaliy sathlarda ham kuzatiladi. 8.2–rasmda ma’lumotlarni ishonchli uzatish sxemasi ko‘rsatilgan. 8.2-rasm. Ma’lumotlarni ishonchli uzatish: a-xizmat modeli; b- xizmat modelini amalga oshirilishi. Ma’lumotlarni ishonchli uzatish xizmati kanalga xizmat qilib, unda xabarlarni ishonchli uzatilishi, kommunikatsiya modelining yuqori sathida amalga oshiriladi. Ishonchli uzatilishda bitlarni buzilishi ro‘y bermaydi, ya’ni ularni qiymati 0 dan 1 ga yoki teskarisi; bundan tashqari ma’lumot shunday qabul qilinadiki, qanday ketma-ketlikda yuborilganidek. Ana shunday model TCP protokoliga xizmat ko‘rsatishda ishlatiladi. Transport sathi protokolida ma’lumotlarni ishonchli yuborishda asosiy muammo shundan iboratki, pastgi sath protokoli ma’lumotlarni ishonchligini uzatishda ta’minlay ololmasligidir. TCP protokoli uchun bunday xususiyat xarakterlikdir, chunki IP tarmoq sath protokolida ishonchsiz xizmat uzatishdan foydalanadi. Shunga qaramasdan bunday muammo faqatgina transport uchun emas balki tarmoq, hattoki kanal sathida ham uchraydi: ular tarmoq ma’lumot uzatish xizmatini ishlatib, alohida aloqa simidan foydalanadi, shuning uchun bu holat ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Bu bo‘bda biz ma’lumotlar uzatishni manbadan to qabul qilishni faqat bir yo‘nalishda yoki yarim dupleks ko‘rinishda chegaralanamiz. Shunga qaramasdan bir yo‘nalishda uzatilishi bilan paketlarning harakati ikki yo‘nalishda bo‘ladi, ya’ni 16.4-rasmda ko‘rsatilgandek, qabul qiluvchi va uzatuvchi tomonlar faqat ma’lumotlar bilan almashinuvidan tashqari har xil boshqarish ma’lumotlaridan ham foydalanadi. Download 236.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling