Xujjatlarni rasmiylashtirishda davlat


Hujjatlar soni 167 tadan 79 taga qisqardi


Download 171.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana08.05.2023
Hajmi171.21 Kb.
#1442536
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-topshiriq

Hujjatlar soni 167 tadan 79 taga qisqardi 
Davlat xizmatlari ko'rsatishda ilk bora umumrespublika bo'yicha xizmat ko'rsatishning 
eksterritorial tamoyili hamda tadbirkorlik sub'ektlarini ro'yxatdan o'tkazish bilan bir 


vaqtda onlayn bank hisobraqamlarini ochish mexanizmi yo'lga qo'yilib, muhr va 
shtamplardan foydalanish majburiyati bekor qilindi. 
Amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasida 2019 yil yakuni bo'yicha 
Jahon bankining e'lon qilingan “Biznesni yuritish” reytingining “biznesni 
ro'yxatdan 
o'tkazish” indikatorida O'zbekiston Respublikasi 190 ta 
davlatlar ichida 8-o'rinni egalladi. 
Davlat xizmatlari markazlari orqali 2018 yilgacha bo'lgan davrda faqat 
tadbirkorlik sub'ektlariga 37 turdagi davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa, 
bugungi kunda ushbu xizmatlar soni qariyb 150 tani tashkil qilmoqda. 
2017 yilda tadbirkorlar 170 mingdan ortiq davlat xizmatlaridan 
foydalangan bo'lsa, shu o'tgan 3 yilda jismoniy va yuridik shaxslarni 
davlat xizmatlari ko'rsatish bo'yicha 25 mln.dan ortiq murojaatlari qabul 
qilindi. Bundan tashqari, davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasiga doir 103 
ta qonun hujjati ishlab chiqildi, ayrim xizmatlar soddalashtirildi. Davlat 
xizmatlari ko'rsatishga oid 70 dan ortiq ma'muriy reglamentlar qabul 
qilingani hamda, buning natijasida, talab etiladigan hujjatlar soni 167 
tadan 79 taga kamaytirilgani, xizmat ko'rsatish muddati ham 465 kundan 
245 kunga qisqartirilganini ta'kidlash joiz. 
Filiallar soni ortdi 
Bilamiz, respublikaning chekka hududlarida yashovchi aholi uchun 
tug'ilganlik haqida guvohnoma olish, nafaqaga chiqish kabi hujjatlarni 
to'g'rilash bir muncha qiyinchilik tug'diradi. Ularni rasmiylashtirish uchun 
necha-necha kilometr yo'l bosib markazga kelishlari talab qilinardi. Ishi 
bitib, uyiga qaytguncha kun botib ketar edi. Tuman markazidan uzoqda 
(100-300 km) joylashgan hududlarda hamda aholining ehtiyojlaridan 
kelib chiqib, davlat xizmatlari markazining filiallari faoliyati yo'lga qo'yildi. 
Bugungi kunda ularning soni 100 dan oshdi, ko'rsatilgan xizmatlar soni 
qariyb 80 mingdan oshdi. 
Bunda asosiy e'tibor aholiga engillik yaratish, ularning vaqtini tejash, 
navbat kutib qolish holatlarini kamaytirishga qaratildi va ushbu maqsadlar 
uchun filiallar zamonaviy komp`yuter va sifatli internet bilan to'liq 
ta'minlandi. 
Bundan tashqari, tizimga mobil` davlat xizmatlari tushunchasi kiritildi. 
Bunda transport uncha yaxshi yo'lga qo'yilmagan, chekka va tog'li 
hududda yashovchi aholi uchun maxsus jihozlangan transport vositalari 
yordamida mutaxassislar borib, sayyor davlat xizmatlarini ko'rsatadi. SHu 
kungacha maqbul, qulay va shaffof uslublaridan foydalangan holda 
respublika bo'yicha 530 mingga yaqin sayyor xizmatlar ko'rsatildi. 

Download 171.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling