Xujum qilish usullari Reja Voleybol o`yinining dastlabki qoidalari O`yin texnikasi


Download 28.14 Kb.
bet3/7
Sana04.02.2023
Hajmi28.14 Kb.
#1163284
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Valeybolda hujum va himoya texnikasini o’rgatishni takomillashtirish

O`YIN TEXNIKASI

  • Voleybol o`yin texnikasini o`yinda qo`llaniladigan harakat faoliyatlarining maqsadga muvofiq, aniq vazifalarni xal qilishga imkon beradigan usullari yig`indisi deb atash mumkin. «Texnika» so`zi yunoncha so`z bo`lib, «mahorat» ma`nosini anglatadi. Takomillashgan texnik usullarni egallash bilan yuqori mahoratga erishiladi. Voleybol o`yin texnikasi o`yinni olib borish uchun zarur bo`lgan harakat usullari majmuasidan iboratdir, xarakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi, o`yindagi har bir texnik usulni bajarish bir-biri bilan uzviy bog`langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi. Harakat texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal qilish uchun zarur va yetarli bo`lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o`rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar).

  • Texnikaning asosiy qismi - ma`lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va xal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi.

  • Texnikaning detallari - harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan ikkinchi darajali xususiyatdir. tehnika detallari turli sportchilarda turlicha bo`lib, bu ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog`liq bo`ladi.

  • Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma`lum bir fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalarini belgilab qo`yish mumkin.

  • Tayyorgarlik fazasini ahamiyati harakatning bosh fazada bajarish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma hafakatlarni (to`siq qo`yganda, koptokni o`yinga kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo`nalishda samarali foydalanishda

  • Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavdaning muvozanatini saqlash maqsadida so`nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinarnik o`yin bo`lganligi sababli voleybolni turii texnik usullarni egallashi, o`yin vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o`yinchining texnik mahoratini belgilaydi. Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilarda ifodalanadi:

  • harakat usullarining aniq va sarnarali bajarilishi;

  • halal beruvchi omillar (charchash, psixologik keskinlik, tashqi sharoltning salbiy ta`siriari va boshqalar) mavjudligida harakatlarning bajarilish barqaroriigi;

  • raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va bunda harakat qismlarini boshqara olish;

  • usullarning bajarilish ishonchliligi.

  • Voleybol rivojlanishining har xil davriarida texnik harakatlarni bajarish usullari, talablari, shakli, mazmuni o`zgardi va takomillashlb bordi. Texnik usullarning o`zgarishiga o`yin qoidalarining o`zgarishi, taktik harakaflarning takomillashuvi, o`yinchilar jismoniy tayyorgarlik darajasining o`sib borishi asosiy sabab bo`ldi.

  • Hujum va himoyadagi o`yin dinarnikasining o`sishi, harakatlar potensialining oshib borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining kengayishi ham texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo`ldi.

  • Shunday bo`lsada, o`yin texnikasida foydalaniladigan usullarning bundanda samaraliroq imkoniyatlari yo`q deb bo`lmaydi. Malakali sportchilarning funksional va jismoniy imkoniyatlari o`yin texnikasiga yangi,ilgor usullarni kiritish va uni ro`yobga chiqarish uchun istiqbol yaratadi.


  • Download 28.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling