Xukumning tarkibi va xususiyatlari
Download 20 Kb.
|
XUKUMNING TARKIBI VA XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va javobning muhokama yuritishda tutgan o’rni
- Norma va hukm
- Adabiyotlar
Murakkab hukmlarHukm terminlari birdan ortiq bo’lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog’lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo’llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o’zaro birikishidan hosil bo’ladi.Mantiqiy bog’lovchining mazmuniga ko’ra murakkab hukmlarning qo’yidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent. Savol va javobning muhokama yuritishda tutgan o’rniSavol - o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. U o’zining asosiga, (datum questioins) bazisiga ega. Savolning asosini unda mujassamlashgan bilim (axborot) tashkil etadi. Savollarning bir qancha turlarini farq qilsa bo’ladi. Xususan, savol o’zining asosiga ko’ra to’g’ri va noto’g’ri qo’yilgan savollarga bo’linadi.Javob - predmet haqidagi avvalgi bilimni qo’yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtiradigan, to’ldiradigan yangi hukm (mulohaza) dan iborat. U savolning asosini (bazisini) tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yangi bilim olishga imkon beradi. Bilimlarimiz predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan hukmlar (mulohazalar) dan yangi, ularni to’ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savollarni qo’yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo’ladi. Norma va hukmNorma (me’yoriy qoida) amalga oshirilishi zarur bo’lgan yoki istisno qilinadigan hatti-harakatlarni bildiradi. Ularning talablariga rioya qilish kundalik turmushimizda hamda bilish jarayonida ko’zlangan maqsadga erishishimizga imkon beradi. Masalan, «Ta’rif teng hajmli bo’lishi kerak», degan qoidaga rioya qilish tushunchaga beriladigan ta’rifning mantiqan to’g’ri bo’lishini ta’minlaydigan shartlardan biri hisoblanadi.Gapda ifodalangan normalar hukmni (mulohazani) ifoda qilishi ham, qilmasligi ham mumkin. Masalan, «Urushni targ’ib qilish qat’iyan man qilinadi», degan gap – normativ fikr, hukmni (mulohazani) ifoda etmaydi. «Saidov O’zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida mehnat qilish huquqiga ega», degan fikr esa norma (me’yoriy qoida) haqidagi hukm (mulohaza) hisoblanadi; Hukm, muhokama (mantiqda) — predmetga maʼlum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasli-gini ifodalovchi tafakkur shakli. H. nisbatan tugal fikr boʻlib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. H.lar toʻgʻri (chin) yoki xato (yolgʻon) yoxud noaniq (taxminiy) boʻlishi mumkin. H.lar obyektiv voqelikka mos kelsa toʻgʻri (chin), mos kelmasa xato (yolgʻon) hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab boʻlmaydigan H.lar noaniq H.lar deyiladi. H.lar asosan darak gap orqali ifodalanadi. H.lar tuzilishiga koʻra oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy H. deb tarkibidan yana bir H.ni ajratib boʻlmaydigan mulohazaga aytiladi. Oddiy H. tarkibi 3 boʻlak: mantiqiy ega — subʼyekt (5), mantiqiy kesim — predikat (R) va mantiqiy bogʻlovchidan iborat. Mantiqii ega fikr qili-nayotgan predmet va hodisani, man-tiqiy kesim predmetga xos xususiyatni bildiradi. Mantiqiy bogʻlovchi ("...dir", "emas") predmetdagi xususiyatni tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Oddiy qatiy H.ning formulasi; 8— R (emas). Oddiy H.lar sifatiga koʻra tasdiqlovchi va inkor etuvchi, haj-miga koʻra yakka, umumiy va juzʼiy H.larga boʻlinadi. Oddiy qatʼiy H.lar sifati va hajmiga koʻra 4 turga boʻlinadi: 1) umumiy tasdiq H. (A) "hamma 5—R dir"; 2) umumiy inkor H. (Ye) "hech bir 8—R emas"; 3) juzʼiy tas-diq H. (I) "baʼzi 5—R dir"; 4) juzʼiy inkor H. (O) "baʼzi 3—R emas" formulasi orqali ifodalanadi. Predikatning mazmuniga koʻra atributiv, mavjudlik va munosabat H.lari farqlanadi. Murakkab H. deb tarkibida 2 yoki undan ortiq oddiy H. boʻlgan mulohazalarga aytiladi. Murakkab H.lar "va", "yoki", "agar... unda" kabi mantiqiy bogʻlovchilar, inkor qilish va modal terminlarni qoʻllash orqali 2 va undan ortiq oddiy H.larning oʻzaro birikishidan hosil boʻladi. Mantiqiy bogʻlovchining mazmuniga koʻra murakkab H.larning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: 1) birlashtiruvchi (konʼyunk-tiv) H. — a l v. Mas, oʻz tilini va madaniyatini yoʻqotgan millat oʻzligidan judo boʻladi; 2) aiiruvchi (dizʼyunktiv) H. — a V v. Mas, oʻsimliklar bir yillik yoki koʻp yillik boʻladi; 3) shartli (implikativ) H. — a —> v. Mas, agar inson maqsad sari intilsa, u albatta maqsadiga erishadi; 4) ekvivalentlik H.i — a=v. Mas, agar bu geometrik figura uch-burchak boʻlsa, unda uning burchaklarining yigʻindisi 180 boʻladi. H.lar modalligiga koʻra aletik (zaruriy), epistemik (ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifo-dalovchi turlarga boʻlinadi. H. tafak-kur shakli sifatida xulosa chiqarishning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Adabiyotlar:1. Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-18 jildlar. T. O’zbekiston. 1996-20112 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – Toshkent: O’zbekiston, 2009.4. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O’zbekiston, 2009.http://fayllar.org Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling