Xulosa chiqarish Mavzu rejasi va bayoni
Download 194.42 Kb.
|
Xulosa chiqarish Mavzu rejasi va bayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Deduktiv xulosa chiqarish (bevosita xulosa chiqarish).
Aim.uz Xulosa chiqarish Mavzu rejasi va bayoni Xulosa chiqarishning umumiy xarakteristikasi. Bevosita xulosa chiqarish turlari. Deduktiv xulosa chiqarish (sillogizm). Induktiv xulosa chiqarish. Analogiya. Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma'lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarishning asosiy mohiyati ma’lum bilimlar asosida noma’lum bilimlarni keltirib chiqarishdir. YA’ni xulosa chiqarish orqali biz borliqning bizga ma’lum jihatlari orqali uning noma’lum jihatlari haqida bilim hosil qilamiz.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak. Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning hararat yo’nalishiga ro’ra bir qancha turlarga bo’linadi. Maskur tasnifda xulosa chiqarishnifikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib,u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish, zaririy xulosa chiqarish, indurtiv xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishui, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin. Deduktiv xulosa chiqarish (bevosita xulosa chiqarish). Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan ju’ziy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatiga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va pridakat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud: Download 194.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling