Xulosa chiqarishning tuzilish
Download 419.5 Kb.
|
Xulosa chiqarishning umumiy xarakteristikasi. Bevosita xulosa ch
Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar. Bir-biri bilan o’zaro bog’langan, ikki yoki undan ortiq oddiy qat’iy sillogizmlardan tuzilgan xulosa chiqarish-polisillogizm, ya’ni murakkab sillogizm deb ataladi. Polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta yoki kichik asosi bo'ladi. Shunga ko’ra, polisillogizmning progressivva regressiv turlari farqlanadi.
Progessiv polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta asosi o’rnida keladi. Regressiv polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining kichik asosi bo’lib keladi. Polisillogizm tarkibidagi birinchi, dastlabki sillogizm prosillogizm, qolganlari episillogizm deyiladi. Polisillogizmning qisqartirilgan ko’rinishi-sorit deb ataladi. Soritning tuzilishi quyidagicha: Hamma A – B. Hamma B – V. Hamma G – D. ___________ Hamma A – D. Soritlar ham progressiv yoki regressiv bo'ladi. Progressiv soritda prosillogizmning xulosasi – episillogizmlarning katta asosi tushirib qoldiriladi. Regressiv soritda prosillogizmning xulosasi-episillogizmlarning kichik asosi tushirib qoldiriladi. Sillogizmning kichik asosi tushirib qoldirilgan sorit – Aristotel soriti, sillogizmning katta asosi tushirib qoldirilgan sorit – Goklen soriti, deb ataladi. Epixeyrema. Epixeyrema-murakkab qisqartirilgan sillogizm bo’lib, uning har ikki asosi qisqartirilgan oddiy sillogizm (entimema)lardan iborat bo'ladi. Epixeyremaning shakli quyidagicha: M – P dir, chunki M –N dir. S – M dir, chunki S – O dir. ________________ S – P dir. Epixeyremadan bahs va munozaralarda, notiqlik san’atida foydalaniladi. Epixeyrema murakkab sillogizmning bir turi bo’lishiga qaramay, uning tarkibidagi katta va kichik asoni, xulosani ajratib olish, farqlash oson bo’lgani uchun ham fikr yuritish jarayonida keng qo’llaniladi. MURAKKAB HUKMLARGA ASOSLANGAN DEDUKTIV XULOSA. Murakkab hukmlarga asoslangan deduktiv xulosa chiqarishda xulosa asoslariga mantiqiy bog’lovchilar orqali bog’langan oddiy hukmlar deb qaraladi. Xulosa asoslari yo shartli, yoki ayiruvchi, yoki ham shartli, ham ayiruvchi hukm ko’rinishida bo’lishi mumkin. Asoslardagi hukmlarning turiga ko’ra bunday xulosa chiqarishning quyidagi shakllari mavjud: 1.shartli xulosa chiqarish. 2.Ayiruvchi xulosa chiqarish. 3.Shartli-ayiruvchi xulosa chiqarish. Shartli xulosa chiqarish deb har ikki asos yoki asoslardan biri shartli hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi. Ular sof shartli va shartli-qat’iy turlarga bo’linadi. Sof shartli xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi shartli hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi. Uning formulasiquyidagicha: 1) yoki 2) yoki Bu turdagi sillogizmlarning xulosasi shartlangan (shartli hukm0 bo’lgani uchun ulardan bilish jarayonida kam foydalaniladi. Shartli-qat’iy xulosa chiqarish deb, katta asosi shartli hukm, kichik asosi oddiy qat’iy hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi. Bunday xulosa chiqarishning ikkita to’g’ri (aniq xulosa beradigan) modusi mavjud: 1.Tasdiqlovchi modus-modus ponens yoki 2. Inkor etuvchi modus-modus tollens yoki Shartli-qat’iyn sillogizmning xuklosasi aniq, chin bo’lishi uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: 1.Shartli hukmdagi asosning chinligidan natijaning chinligi, natijaning xatoligidan asosning xatoligi mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqadi. 2.Shartli hukmdagi natijaning chinligi asosning chuinligini, asosning xatoligi esa natijaning ham xatoligini isbotlamaydi. Bu qoidalar buzilganda shartli-qat’iy sillogizmning formulasi quyidagichz bo'ladi: _______ ___________ Ehtimol p Ehtimol Shartli qat’iy sillogizm xulosalarning noaniq (ehtimol) bo’lishiga sabab shuki, shartli hukm p-chin, q-xato bo’lgan holatdan boshqa hamma holatlarda chin hisoblanadi. Bunda natijaning chinligidan asosning chinligini mantiqan keltirib chiqarish mumkin emas. Chunki boshqa asos ham shunday natijani keltirib chiqarishi mumkin. Yuqoridagi misolda shartli hukmning asosi xato, noaniq, natijasi chin bo’lganligi uchun sillogizmning xulosasi noaniq bo’lgan. Quyidagi jadvalda yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda ko’rsatish mumkin:
Download 419.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling