Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi


Download 219.21 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi219.21 Kb.
#1369612

Mavzu: Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi
Reja:

  1. Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi

  2. Stanokning quvvat formulasi

  3. Kombinatsiyalashtirilgan Koordinataviy texnologik sxema



Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1.Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi

KTS ishlanayotgan detal va asbobning koordinata o`qlari bilan chegaralangan tasviri, ishchi va bajaruvchi (qo`zg`aluvchi blok) qismlarning asosiy va yordamchi harakatlari va staninaning shartli tasvirini (qo`zg`almas blok) o`z ichiga oladi. KTSda barcha asosiy va yordamchi (o`rnatuvchi, bo`luvchi, burovchi) harakatlar tasvirlanadi. KTS avzallik taraflari bu ko`p o`lchovli obyektlarni(dastgohlar) shartli belgilar yordamida tekislikda tasvirlanishidir


KTSda shartli belgilar yordamida ko‘p o‘lchovli ob’ektlar yassi ko‘rinishda tasvirlanadi. SHu belgilar tufayli ko‘p (3 va undan yuqori) koordinatali dastgohlar oddiy chizma yordamida tasvirlanadi. STF koordinata tizimidagi ko`rinishini anglatadigan dastgohning texnologik va kinematik xarakteristikalari va qo`zg`almas blok(QB) stanina ko`rinishi ko`rsatilgan ishchi va yordamchi dastgoh qismlari kodlar zanjiridan tashkil topgan tuzilish struktura formulasiga asoslanadi. STF qayta ishlanuvchi detalga biriktiriladigan blok kodidan boshlanadi
KTSni qurilishi ko‘rinish turini belgilashdan boshlanadi:
KTSyu- tepadan ko‘rinish;
KTSch - chapdan ko‘rinish;
KTSo‘ - o‘ngdan ko‘rinish;
KTSb - oldindan (bosh) ko‘rinish
2.Stanokning quvvat formulasi
Formula uzatmalar quvvati ketma ketligidan va yordamchi dvigatellarning tartibga solinmagan kodlar ketma-ketligidan iborat. Masalan moylash, sovutish suyuqliklari, qisish qurilmalari va hokazolar.
Xar bir kod N quvvat belgisi va indeksida qaysi uzatmaga tegishli ekanligi xaqida ma’lumot xolida belgilanadi. Ushbu kodning qiymati dvigatel quvvatining aylanish chastotasiga nisbatini toppish orqali aniqlanadi. Stanokning umumiy quvvati kodlarning yig’indisini hisoblash orqali topiladi. 6H13Ф3-2 stanogida 2ta elektrodvigatel mavjud bo’lib ular turlicha quvvatlarda ishlaydi. Stanokning umumiy quvvat formulasini toppish uchun alohida quvvatlarni hisoblab olib yigindisini topishimiz kerak:

SQF = …. +

N =

SQF = +




3.Kombinatsiyalashtirilgan Koordinataviy texnologik sxema

Dastgohlarning nafaqat texnologik imkoniyatlari va koordinataviy tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar balki konkret yuritmalar, shuningdek ularni joylanishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemalar (KKTS)dan foydalaniladi.


Kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxema (KKTS) dastgohning kinematikaviy strukturasi, yuritmalari va ularni dastgohda joylanishi hamda boshqarish tuzimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kombinatsiyalashgan KTS ni tuzish uchun dastgohning KTS ga yuritmalarni joylashtirish va kinematikaviy aloqalarni ko‘rsatish lozim
KKTS KTSda keyin keladigan dastgohni loyihalash yoki o`rganish bosqichi hisoblanadi. KKTSda KTSga qo`shimcha tarzda dastgohning simlari va ularning joylashuvi kinematik stukturasi haqidagi ma`lumotlar berilgan bo`ladi.

Stanokning asosiy qismlari

  1. Asos

  2. Stanina

  3. Salazka

  4. Ish stoli

  5. Keskich asbob shpindelda

  6. 2ta qisqichli qo’l

  7. Instrumentlar magazini

  8. Shpidel golovka

  9. Shpindel golovkasining uzatma qutisi

10.Dastur kodi aks etuvchi ekran

Yuqoridagi qismlar stanokning asosiy tarkibiga kiradi . Ularning barchasi 6ta koordinata tekisligida xarakat qiladi. iInstrumentlar magazine zanjirli bo’lib , keskichlar zanjir xarakati asosida joyini o’zgartiradi.


2ta qo’lli qisqich shpindel va magazin orasida keskich asbob almashinuvini ta’minlab beradi
ish stoli vertikal aylanma xamda gorizontal radial ilgarilanma qaytma xarakatni amalga oshiradi va zagatovkani ishlov berish uchun mos xolatga olib kelishga juda qulay
Shpindel keskich bilan birgalikda aylanma xamda o’qlar bo’ylab ilgarilanma qaytma xarakatlarni amalga oshiradi
Boshqa qismlar xam chizmada ko’rsatilgan o’qlar bo’ylab xarakat qiladi

Xulosa

Mazkur kurs loyihasida zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalangan xolda berilgan Korpus tipidagi detallarni tayyorlash uchun RDB dastgohini strukturaviy texnologik modellashtirish topshirig’iberildi.


Berilgan mavzu bo’yicha adabiyotlar yig’ildi . Dastgoh xaqidagi ma’lumotlar to’plandi strukturaviy texnologik modellashtirish topshirig’I bajarildi.
Konstruktorlik qismda tanlangan dastgohning umumiy ko’inishi va texnik xarakteristikasi , kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemasi , quvvat formulasi , strukturaviy texnologik formulasi , koordinataviy texnologik sxemasi ishlarini chizish bajarildi.
Kurs loyihasida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalarda internet mag’lumotlari berilgan.
Kurs loyihasini bajarish davomida o’zim bilmagan ko’plab ma’lumotlarni bilib oldim.


Download 219.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling