Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
Mavzuning predmeti va ob’ekti
Download 89.84 Kb.
|
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsad va vazifasi
- 1. Urishdan keying yillarga oid arxivlarda saqlanayotgan statistik hujjatlar
Mavzuning predmeti va ob’ekti: Turkiston o’lkasi davrida tashkil bo’lgan siyosiy partiyalar, mustamlakachilik davrida tarixiy manbalarning xili va turi ko‘paydi. Turkistonda faoliyat ko‘rsata boshlagan mustamlakachilik ma’muriyatining barcha bo‘g‘inlarida xilma-xil ish yuritish xujjatlari yaratila boshlandi. Qonun chiqarish aktlari bilan birga bu xujjatlar muxim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkiston o‘lkasini boshqarish bilan mashg‘ul bo‘lgan idoralarda, korxonalarda va boshqa idoralarda ish yuritish xujjatlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada o‘lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy axvolini o‘zida aks ettirgan yuzlab xujjatlar yaratildi. Mavzuning maqsad va vazifasi : Mavzuning maqsadi shuki Turkiston o’lkasida boshqaruvi paytida, yuqori boshqaruv organlari tomonidan chiqarilgan qonunlar, qarorlar, farmoishlarni tarixiy manba sifatida o’rganish va uni holisona tahlil etishdir. XX asrning boshlarida yozuv mashinkasi tobora keng tarqalib borishi bilan xujjatlar chop qilina boshlandi. Davlat muassasalari xujjatlari, shakl va muzmun jixatidan xilma-xildir. Ular asosan protokollar (jurnallar va stenogrammalar), xisobotlar, muqotiba xamda buxgalteriya, diplomatik, xarbiy va sud-tergov xujjatlaridan iboratdir. Siyosiy tashkilotlar va partiyalar xujjatlari ularning dasturi va maromnomalaridan (programmasi va ustavidan), ish yuritish xujjatlaridan, varaqalar, muqotiba va boshqalardan iboratdir. XX asrning boshlarida Turkistonda maxalliy axoli vakillarini birlashtirgan. Ushbu davrda chiqarilgan qonunlar shu davr tarixini yaqqon ochib beruvchi tarixiy manbalardir.
1. Urishdan keying yillarga oid arxivlarda saqlanayotgan statistik hujjatlar 1960-yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv tashkilotlarini bevosita O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi. Ministrlar Sovetining 1961-yil 9 maydagi qarori bilan O‘zbekiston Ichki Ishlar Vazirligining arxiv boshqarmasi 0 ‘zbekiston Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. Shu qaror asosida mahalliy arxiv tashkilotlari Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari Arxiv boiimlari qayta tashkil qilindi1. Arxiv tashkilotlarini Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ulami davlat apparati tuzimidagi rolini orttirdi va arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. 1960-1961-yillarda sobiq ittifoq Bosh arxiv boshqarmasi ko‘rsatmasiga binoan Respublikada arxivlarni butlash tamoyili tubdan qayta ko‘rib chiqildi. O‘z faoliyati natijasida ilmiy ahamiyatga ega hujjatlar vujudga kelmaydigan mayda, yordamchi va kommunal maishiy tashkilotlar (sartaroshxona, atele, oshxona, apteka, do‘konlar, hammomlar, ta’mirlash ustaxonalari, avtobuslar saroylari, mehmonxonalar va boshqalar)dan davlat saqloviga hujjatlar qabul qilish to‘xtatildi. 1961-yildan boshlab davlat arxivlarining ekspert tekshiruv komissiya (ETK)lari vazifalari tubdan o‘zgardi. ETKning ekspertiza masalasida asosiy vazifasi davlat arxivlarini nazorat qiladigan tashkilotlar topshirgan doimiy saqlanadigan hujjatlaming ro‘yxatini ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘lib qoldi. Shuningdek ETK 5 yildan ortiq saqlanadigan materiallar dalolatnomasini va hujjatlami saqlash muddati ko‘rsatilgan ro‘yxatda ETK belgisi bor materiallar ro‘yxatini muhokama qilib, tasdiqlaydigan bo‘ldi. 1962-yilda 118 ta tuman davlat arxivlari bazasida 28 ta tumanlararo davlat arxivi tashkil qilinib, unda 3-5 tagacha ishchilar ishlashar edi. 13 ta uzoq tumanlarda esa tuman davlat arxivlari saqlab qolindi. 1962-yilda Toshkentda 0 ‘zbekiston meditsina hujjatlari Markaziy Davlat Arxivi tashkil qilindi. 1960-yili O‘z SSR MDA jamg‘armalari ko‘rsatkichi (putevoditel) nashr qilindi. 1964-yili O‘z SSR KSOH MDAko‘rsatkichi elon qilindi. Bu ko‘rsatkichlar tadqiqotchilaming arxiv materiallaridan foydalanishida juda katta qulayliklar yaratdi2. 1961-yilning oxirida Toshkent shahrida va Qozog‘iston arxivchilarining yana bir majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar sobiq SSSR Bosh arxiv boshlig‘i G.A Belovning “KPSS XXIII syezdi va SSSR dagi arxiv tashkilotlarining ahvoli” bo‘yicha ma'ruzasini tinglab, muhokama qilishdi. 1960-yillar boshida arxivlar tarraqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv tashkilotlarini bevosita O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi. 1961-yildan boshlab davlat arxivlarining ekspert tekshiruv komissiya (ETK)lari vazifalari tubdan o‘zgardi. ETKning ekspertiza masalasida asosiy vazifasi davlat arxivlarini nazorat qiladigan tashkilotlar topshirgan doimiy saqlanadigan hujjatlaming ro‘yxati(opis)ni ко‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘lib qoldi. Shuningdek, ETK 5 yildan ortiq saqlanadigan materiallar dalolatnomasini va hujjatlami saqlash muddati ko‘rsatilgan ro‘yxat (perechen)da ETK belgisi bor materiallar ro‘yxatini muhokama qilib, tasdiqlaydigan bo‘ldi. 1962-yilda 118 ta tuman, davlat arxivlari tashkil qilinib, unda 3-5 ta ishchilar ishlashar edi. 13 ta uzoq tumanlarda tuman davlat arxivlari saqlab qolindi. 1962-yilda Toshkentda O‘zbekiston meditsina hujjatlari Markaziy Davlat Arxivi tashkil qilindi. 1960-yillarda respublikada quyidagi arxiv filiallari ochildi: Farg‘ona viloyatida - Marg‘ilon (1961), Xorazmda - Yangibozor (1963), Xiva rayonida - Ogahiy kolxozi (1963), Xonqa posyolkasida - Xonqa (1967), Sirdaryo viloyatida - Guliston (1963), Navoiyda - Navoiy shahri (1963). 1962-yil O‘z SSR Arxiv boshqarmasi boshlig‘i etib A.A Mirzabayev tayinlandi. Bu yillarda davlat arxivlari arxiv ishini tartibga solishni nazorat qilishni kuchaytirdilar. Shu bilan birga ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida respublikada 1964-yili 1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi. 1963-yil 14 oktabrida O‘z SSR Ministrlar Soveti “0‘z SSRda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar ya’ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Unga ko‘ra idora arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan hujjatlami davlat arxivlariga topshirish, arxivlaming o‘zini esa, hujjatlami beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ulami malakaji kadrlar bilan ta’minlash keng yo‘lga qo‘yildi1. Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964-yili MDA ga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970-yili O‘z SSR kino, surat, ovozli hujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin, viloyatlarda ko‘p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlami saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi. 1968-yilning boshida Namangan viloyati tashkil topishi munosabati bilan Namangan viloyati davlat arxivi tashkil qilindi. Keyinchalik Namangan viloyatida Uychi shahar posyolkasi arxivi (1969) va Chust (1962) bo‘limlari ochildi. Umuman olganda, 60 yillaming oxiriga kelib O‘zbekiston arxiv ishchilarining soni 597 kishiga yaqin edi, shulardan 236 tasi ilmiy xodimlardan tashkil topgandi. 112 ta mutaxassis oliy ma’lumotli bo‘lib, shu jumladan 36 tasi maxsus tarixchi-arxivchilar edi. 1966-yilning 1 yanvarida respublika bo‘yicha nazorat qilinadigan davlat arxivi tashkilotlari soni 64801 tani tashkil etar edi. 1960-1962-yillar mobaynida ulardagi hujjatlar qayta ishlanib, shulardan 3650 tasi 1964-1966-yillar davomida qayta tiklangan edi. 1956-1963-yillarda davlat arxivlari tomonidan 522 ming saqlov birligidagi, 1964-1967-yillarda 633 ming saqlov birligiga yaqin hujjatlar qabul qilindi. 1968-yilning 1 yanvarida 0 ‘z SSR davlat arxivlari va ulaming bo‘limlaridagi ma’lumotnoma hujjatlar 3 mln saqlov birligiga yaqin edi, shu jumladan 150 mingdan ortiq suratli hujjatlar va 7000 ta qutida kinohujjatlar ham bor edi. 1970-80-yfflarda О ‘zbekistonda arxiv ishi tarixi. 70 - yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlaming idoraviy arxivlari va ish yuritish xizmati birmuncha yaxshilandi. 1972-yil 13 iyunda Andijon viloyati ijroiya qo‘mitasi “Viloyat davlat arxivining Qo‘rg‘ontepa filiali qoshida shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarining tumanlararo birlashgan arxivini tashkil qilish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Unga asosan korxonaiar, tashkilotlar, muassasalar, kolxozlar, sovxozlaming shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar saqlanishini ta’minlash, hisobga olish, ulami jamlash va fuqarolarga biografik ma’lumotnomalar berish maqsadida shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi qo‘rg‘ontepa tumanlararo arxivi tashkil qilingan. Bu arxiv Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod tumaplari va Sovetobod shahri tashkilotlari, kolxoz va sovxozlari mablag‘i hisobidan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va foydalanish uchun tuzilgan. Har bir tashkilot va xo‘jalik shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni markazlashtirib saqlagan xo‘jalik hisobidagi arxivga mablag‘ o'tkazib turar, ana shu mablag‘ hisobidan arxiv ishchi va xizmatchilarga ish haqi berar edi. Ijro qo‘mitasi qarori bilan har bir yig‘majild uchun bir yilga 65 tiyin miqdorda haq to‘lash belgilangan edi. 0‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1973-yil 16 fevraldagi “Respublikada arxiv ishini ahvoli va yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ijrokomlar qoshida shaxsiy tarkib hujjatlarini idoralararo xo‘jalik hisobidagi arxivlami tashkil qilish keng avj oldi. Bu arxivlar vazifasi ularga tashkilotlar shartnoma asosida topshirgan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va fuqarolarga ular asosida ma’lumotnomalar berish edi. Bunday arxivlar shaxsiy tarkib hujjatlarini saqlashni ta’minlashda va tuman, shaharlarda arxiv ishini umumiy ahvolini yaxshilashda, fuqarolarga arxiv ma’lumotnomalari berishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1971-1975-yillarda respublika davlat arxivlari saqlash uchun 598019 yig‘majildni qabul qildilar, 65 ming suratli hujjat komplektlashtirildi. Lekin shuni ta’kidlashimiz kerakki, 70 yillarning o‘rtalarida davlat arxivlarining ko‘pchilik qismi noqulay sharoitdagi binolarda faoliyat ko‘rsatar edi, uch mingga yaqin tashkilotlar bunday binolarga umuman ega emas edilar. Masalan, ko'pcliilik sud, prokuratura, ijtimoiy-ta’ininot tashkilotlari arxivlari tartibsiz ahvolda edi. 1974-yil 13 dekabrida 0‘z SSR Ministrlar Soveti “Yagona davlat tuzilishida arxiv ishini tuzish to‘g‘risida”gi qarorini chiqardi. Unga asosan tashkilotlardagi va uyushmalardagi arxiv ishlari yig‘majildli arxiv tizimiga o‘tib ishlashlari ta’kidlandi. 1976-1978-yillarda davlat arxivlari 580021 saqlov birligidagi boshqaruv hujjatlarini, 7 mingga yaqin shaxsiy tarkib hujjatlarini, mingta ilmiy-texnika, 2 mingga yaqin turli kasalliklar tarixi bilan bog‘liq hujjatlami qabul qildilar. 1977-yil 10 martda “Bosh arxiv davlat arxivlarini 1-3 guruhlarga bo‘lish va tartibga solish” haqida qaror qabul qildi. Yangi qoidalarga ko‘ra MDA tarkibiga: ilmiy tadqiqot va metodik ishlar, idoraviy arxivlari, qimmatli hujjatlami ekspertiza qilish va komplelktlashtirish, ma’lumot qidirish tizimi ma’lumotnoma va hujjatlardan ilmiy maqsadlarda foydalanish, arxiv saqlanmalari jamg‘armasi, sho'rolar davri tashkilotlari inqilobigacha bo‘lgan davr, kichik suratli nusxalar, matbuot nashrlari boiimlari tashkil qilindi. 1979-yilda hukumat qarori bilan 0‘zbekiston Bosh arxiv direksiyasi tashkil etilib, 1980-yil sentabrida u respublika Boshi arxiv kollegiyasi deb, 1984-yil mayida esa yaha Bosh direksiyaga aylantirildi. Arxiv hujjatlaridan foydalanishda arxiv hujjatlaridan nusxa olish o‘z-o‘zidan muammolami lceltirib chiqarar, hujjatlami saqlash va qimmatli arxiv hujjatlami restavratsiyasida ham qiyinchiliklar mavjud edi1. Bu masalalami hal etishda Bosh arxiv boshlig‘i A.A. Mirzabayev va uning o‘rinbosari L.Vayslar tomonidan o‘tkazilgan majlislarda bu masalalar muhokama qilindi. Buning natijasida qimmatli hujjatlar uchun sug‘urta jamg‘armalari tuzildi. Bu ish 0‘zbekiston Markaziy davlat arxivi, Buxoro davlat arxivi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ham jadal amalga oshirildi. Asosiy kamchilik ximikat va mikrofilmli apparatlar uchun plyonkalaming yetishmasligi edi, yana shuningdek, proyavka (yuvish) mashinalarining ehtiyot qismlari yetishmasligidan doimiy ishlay olmaganligidir. 1980-yilda Respublikada davlat arxivlari nazoratidagi 8733 ta tashkilotdan 3472 (40%) tasida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, 85% ida yig‘majildlar nomenklaturasi mavjud edi. Biroq, 1976-1985-yillarda arxivlarida ilmiy tadqiqot olib borayotganlar soni oldingi o‘n yillikka qaraganda bir yarim barobarga qisqardi. 0 ‘zbekiston arxiv ishi qurilishidagi yangi bir muhim hujjat, 0 ‘z SSR Ministrlar Soveti tomonidan 1986-yil 19 yanvarida “Respublikada arxiv ishlarini rivojlantirish”ga oid qarori katta ijobiy o‘zgarishga sabab bo‘ldi. 1986-yildan boshlab respublika davlat arxivlari tashkilotlarda idoraviy arxiv va ish yuritishni tashkil qilinishini, tekshirishni odatda idoraviy tizimlar bo‘yicha kompleks tarzda amalga oshirdilar. 1986-yilda 0‘zbekiston teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar davlat qo‘mitasi tizimi kompleks tekshirilgan. 0‘z SSR Ministrlar Soveti 1988-yil oktabr oyida “Respublika arxiv ishlarini boshqarish tizimi” to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unga asosan Bosh arxivdan 5 kishidan iborat kollegiya va jamoatchilik kengashi tuzildi. Bir vaqtning o‘zida ilmiy-metodik arxiv bo‘limlari kengashi va respublika davlat arxivlari direksiyasi ham ishlay boshladi. Yirik arxiv tashkilotlarida mehnat kollektivlari Soveti tuzilib, lavozimlar konkurs asosida egallanadigan bo'ldi. Kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaydi. Arxiv sohasida xizmat qiluvchi xodimlarga, albatta. О ‘z SSR Gosplan va Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Bosh arxiv 1988-yilda shartnoma imzoladi. Shartnomaga ko‘ra TOSH DU har yili Tarix fakultetida 15 tadan bitiruvchi tarixchi-arxivchi mutaxassislar tayyorlab berishi kerak edi. 1986-1990-yillarda 0‘zbekistondan 17 kishi Moskvadagi Tarix-Arxiv Institutida (MTIAI) malaka oshirish kursini tugallashdi. Bir vaqtning o‘zida Bosh arxiv bazasida 124 ta respublika tashkiloti arxivi xodimlari stajirovka o‘tashdi. Arxiv hujjatlaridan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda foydalanishga katta e’tibor qaratildi. 1990-yil mayidan 0‘z SSR Ministrlar Soveti iqtisodiy reformalar o‘tkazib, “0‘z SSR arxiv tashkilotlarini xo‘jalik hisobiga o‘tib ishlashlarini ma’qulladi”. 1991-yilning boshida yangi xo‘jalik hisobiga 0‘z SSR MDA, Samarqand viloyati davlat arxivi, Buxoro, Namangan viloyatlari davlat arxivlari, Toshkent shahri Davlaf arxivlari ham xo‘jalik hisobiga o‘tishdi. Ular pullik xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tib, qo‘shimcha dafomadlar ola boshlashdi. Arxiv tashkilotlarining texnik material jihatidan mustahkamlanishiga ham e’tibor berildi. Masalan: Namangan Markaziy davlat Arxivi, Qashqadaryo viloyati davlat arxivlari uchun binolar qurilishi boshlab yuborildi. Yangi binoga Andijon viloyati filiali, Sirdaryo viloyati Yangi yer filiali, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz filiallari o‘tishdi. 1990-yilda Farg‘ona viloyati davlat arxiviga bino ajratish muammosi ijobiy hal qilindi. 1986-1990-yillarda texnikalar bilan ta’minlash ishlari 63229 rubl miqdorida bajarildi. Biroq, shunga qaramasdan arxivlar uchun binolar (zamonaviy sharoitga ega bo‘lgan) qurish ishlari oqsab, arxiv tashkilotlari faoliyatida markazga tobelik va buyruqbozlik illatlari ko‘rinib turardi. 1986-1990-yillarda 9 ta rejalashtirilgan respublika viloyat arxivlari uchun quriladigan yangi binolardan faqat bittasi - Urganch shahrida qurildi. Jami arxiv qurilishi ishlari 25 % dan kam hisobda bajarildi. Qayta qurish yillari munosabati bilan 1991-yilning aprel va noyabr oylarida butun ittifoq davlat arxiv boshqarmalarining majlisi bo‘lib o‘tdi. 0‘z SSR dan Bosh arxivning yangi rahbari P.N.Ne’matov qatnashdi. U tomonidan respublikaga mustaqil arxiv huquqini berilishi masalasi, 0‘zbekiston xalqining qiziqishlarini hisobga olish masalalari qo‘yildi. Shuningdek, arxiv sohasida olib borilayotgan boshqa karnchiliklar ham ko‘rsatib o‘tildi. Afsuski, Moskvadagi rahbarlar o‘zlarining imperik rejalari asiri bo‘lib qolaverdilar. E’lon qilingan qayta qurish o‘z mavqeini jamiyat hayotida yo‘qotib, jamiyat taraqqiyotini to‘xtatishga sabab bo‘ldi. Amaldagi chuqur yangilanish va o‘zgarishlar 0‘zbekistonning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritilishi bilan amalda ro‘yobga chiqa boshladi. Download 89.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling