Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
Download 89.84 Kb.
|
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
Kirish 1. Urishdan keying yillarga oid arxivlarda saqlanayotgan statistik hujjatlar 2. Turkiston o’lkasida siyosiy partiyalar va tashkilotlarning qabul qilingan hujjatlari tarixiy manba sifatida o’rganilishi 3. Statistik manbalar va davriy matbuot materiallari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi bilan o’zbek xalqi tarixida tub burilish sodir bo’ldi. Milliy istiqlol o’zbek xalqining o’z huquqlarini, milliy o’zligini tiklashiga, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot sari yuz tutishiga cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo’l tub islohotlar bilan belgilangan bo’lsa, ma’naviy taraqqiyotga milliy ma’naviyatni tiklash va mustahkamlash, fan, maorif, madaniyatni rivojlantirish, tafakkurga erkinlik berish bilan asos solindi. Bu jarayonda tarix, tarixiy ong va xotira xalqqa ruhiy kuch-quvvat bag’ishlovchi, unga ma’naviy ozuqa beruvchi muhim omil sifatida maydonga chiqdi. O’zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklash va xalqni shu tarix bilan qurollantirish zaruriyati kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. Zero, mustaqillikka qadar, ya’ni mustabid tuzum hukmronligi sharoitida haqqoniy tarixni tiklash va uni xalqqa yetkazilishiga yo’l berilma-di. Chunki mustabid tuzum manfaatlariga xizmat qilgan kommunistik mafkura va uning tazyiqi ostida bo’lgan sovet tarixshunosligining uslubiy, nazariy, g’oyaviy asoslari haqqoniy tarixni yoritishga imkon bermas edi, ular xalq tarixini emas, marksizm-leninizm ta’limotining sinfiy kurash g’oyalarini va kommunistik mafkura aqidalarini targ’ib etishga bo’ysundirilgan edi. Vaholanki, bu g’oyalar va aqidalar jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, xalqning tabiatiga, real voqyelikka zid bo’lib, ularni nafaqat hayotdan, balki o’tmishdan ham izlash mutlaqo befoyda edi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ‘Turkiston’ gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida mustabid sovet tuzumi davriga munosabat bildirar ekan: ‘bugun biz ota-bobolarimizning sun’iy ranglar bilan ajratib baho bermasligimiz, balki ularning hayotini, ular yashagan davrning mohiyatini to’g’ri tushunishga harakat qilishimiz lozim’1, deb ta’kidlagan edi. Modomiki, shunday ekan, his-hayajonga berilmasdan, mustabid siyosiy tuzum tarixi bilan xalqimiz tarixini ajrata bilishimiz, uni xolisona yoritishimiz zarur. Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o’zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o’chmas dog’-hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizni ma'nan va ruhan qo’llab-quvvatlab kelgan asl ma'naviy qadriyatlarni zavol toptira borib, ularning jismi-jonida mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg’ularini asta-sekin so’ndirishga o’rinib keldi. Yurtimiz tuprog’ini qonga belagan chor zobitlaridan biri, qonxo’r general Skobelevning: “Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi”, deb aytgan behayo so’zlari bekorga aytilmagan, albatta. Download 89.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling