Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi


Download 93.02 Kb.
bet1/5
Sana18.09.2023
Hajmi93.02 Kb.
#1680544
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi xitoy manbalari


Kirish
1. O’rta osiyoning qadimgi xalqlari haqida xitoy manbalari
2. Xitoy manbalarida Qang’ va Davon davlati
3. Xitoy manbalarida Baqtriya, Xozazm, Samarqand
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi va ularning tarixi haqida turli qarashlar, konsepsiyalar, hatto g‘ayrilmiy talqinlar mavjud. Ularning kelib chiqishi haqida mavjud ilmiy asarlar hamda chet el manbashunosligida bayon qilingan ob‘ektiv ma‘lumotlarga tayanib, haqiqatni yuzaga chiqarish hozirgi kunning dolzarb vazifasidir. Ma'lumki sobiq SSSR parchalanib, uning o'rnida vujudga kelgan mustaqil milliy respublikalar o'zlarining yangi tarixini yozib, chop qildira boshladilar. Ba'zi-bir milliy respublikalar rahbarlari, tarixchi olimlari tomonidan chop qilingan kitoblarida o'z millatni ulug'lash, O'rta Osiyoda yashavchi boshqa xalqlardan ustun qo'yish, tarixiy jarayonlarni soxtalashtirish hollari ko'zga tashlanmoqda. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 1998-yil 26-iyunda bir guruh tarixchi va jurnalistlar bilan bo`lgan uchrashuvida Respublika tarixchilari oldiga aynan shunday vazifa qo`yildi. Ushbu masala O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyunida qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g‘risida”1gi qabul qilingan qarorida ham o`z ifodasini topgan. Unda, xususan, o`zbek xalqi va uning davlatchiligining haqqoniy tarixini o`rganish, “eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayoti masalalarini o`rganish” lozimligi qayd etilgan. Fanga ma'lumki, O'rta Osiyo hududlarida istiqomat qilayotgan eng qadimgi xalqlar - bu baktriyaliklar, so'g'diylar, parfyanlar, xorazmiylar va turli sak kabilalaridir. Bular haqida mil. avv. II-III asrlarga doir yozma manbalarda, Xitoy podsholarning elchilik aloqlari yozuvlarida ma'lumotlar mavjud. Tarixiy jarayonlarga bunday g'ayri - ilmiy qarashlar O'rta Osiyo xalqlari o'rtasida qadimiy hamkorlik, do'stlik rishtalarini mustahkamlashga emas, balki millatchilik va shovinistik g'oyalarini kuchayishiga, xalqlararo dushmanlik his - tuyg'ularni avj olishga xizmat qiladi.O'rta Osiyo xalqlarini haqiqiy tarixini tiklash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. O'zbek etnosining tub negizi, shu zaminning avtoxton so'g'diy va turk etnik qatlamlarining uzoq asrlar davomida yonma - yon birga, qo'ni-qo'shni bo'lib yashab kelganligi, tarix taqozasi bilan ular o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, etnomadaniy aloqalar mustahkamlanib asta-sekin ularning etnik jihatdan birlashib ketishiga, oqibat natijada yangi etnos o'zbek xalqning shakillanishiga olib keldi. Mavzuning ob’ekti va predmeti O'rta Osiyo xalqlari, jumladan o'zbek xalqining etnogenezi va xalq bo'lib shakllanishi masalariga dahldor etnologiya, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, toponimika, tarixiy lingivistika kabi fan tarmoqlari o'sha kezlarda hali rivojlanmagan edi. Binobarin, Xitoy manbalarida O'rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi borasidagi talqinlar faqat tarixiy va afsonaviy rivoyatlar asosida yaratilgan, so'ngi o'rta asrlar davri qo'lyozma manbalariga asoslangan. Mavzuning maqsad va vazifasi: Bizning maqsadimiz qadimda yurtimizda o’zlashtirma xo’jalik bilan shug’ullangan xalqlarning Xitoy podsholigi bilan olib borgan, elchilik, savdo-sotiq, diplomatik aloqlarini qadimda yozilib qolgan va bizgacha yetib kelgan manbalar asosida o’rganishdir. Qadimgi zamon tariximizdagi bо‘sh sahifalarni tо‘ldirishda dunyo tarixidagi turli xalq va millatlarning tillarida bitilgan yozma manbalarni, yirik tarixchi olimlarning ular ustida olib borgan tadqiqotlarini, xususan Markaziy Osiyo tarixiga bevosita bog‘liq bо‘lgan Xitoy xalqining qadimgi yozma manbalarini chuqur va atroflicha о‘rganish, ulardagi ma’lumotlarni ilmiy muomalaga kiritish bu maqsad sari qо‘yilgan tо‘g‘ri qadamlarning biridir. Qadimgi zamon tariximizga oid mahalliy yozma manbalarning yо‘qligi xitoy tilida saqlanib qolgan ma’lumotlarni о‘rganish masalasini yanada dolzarblashtiradi. Ammo ta’kidpash joizki, qadimiy xitoy tili va yozuvi zamonaviy xitoy tili va transkripsiyasidan tubdan farq qiladi, chunonchi, asrlar davomida yuz berayotgan texnik revolyu siyalar, integratsiya va globalizatsiya jarayonlari sharoitida xalk va millatlar tillarining baynalminal sо‘z va terminlar hisobidan boyishi uning fonetik jihatlarini о‘zgartiradi, demakki, tilning morfologik strukturasiga xam ta’sir kiladi. Yozuvi murakkab iyerogliflar tizim iga asoslangan va faqatо‘ziga xos xususiyatlari juda kо‘p bо‘lgan xitoy tili uchun bu о‘zgarishlar yanada sezilarliroq kechgan. Shunga kо‘ra qadimgi manbalarni tadqiq etish murakkablashgan va bu manbalaridagi bizning tarixim izga aloqdor ma’lumotlar hanuzgacha tо‘la ravishda ilmiy muomalaga kiritilmagan. Yaqinda chop etilgan katta hajmdagi qadimiy xitoy kutubxonasi laridagi kam o’rganilgan yoki butunlay о‘rganilmagan ma’lumotlarni topib, ularni tarjima qilish, bu tarjimalarni zarur izoxlar va kerakli sharxlar bilan ta’minlash asosida ilmiy muomalaga kiritish tariximizda saqlanib kelayotgan muammoli masalalarga muayyan darajada aniqlik kiritishi shubhasizdir. Qolaversa, ushbu ma’lumotlarning tarjimalari va kengaytirilgan sharhlari xitoy tilini bilmagan tarixchilar, dissertatsiya ustida izlanish olib borayotgan yosh olimlar, tarix о‘qituvchilari, tarix fanidan darsliklar yozish bilan mashg‘ul mutaxassislar uchun manba sifatida xizmat qiladi.




  1. Download 93.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling