Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mazvuning dolzarbligi


Download 409 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi409 Kb.
#1537516
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Den Syaopin


Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………….2

I.Den Syaopin hayoti va faoliyatining asosiy bosqichlari………………….4


II.Den Syaopin — Xitoy islohotlari "me'mor"i, XX asrning nodir siyosiy arbobi………………………………………………………………………26
III. XX asrning 80 yillarida hususiy tadbirkorlikka nisbatan XXR siyosati va unda Den Syaopinning tutgan o'rni………………………………………..38
Xulosa…………..……………………………………………………………….48
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..51

Kirish


Mazvuning dolzarbligi: XXI asrga kelib, Xitoy sayyoramizning yetakchi sanoatlashgan mamlakatiga aylandi (sotib olish qudrati pariteti bo'yicha hisoblaganda, 2006-yildayoq mamlakat ilmiy tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishi (ITTKI) harajatlari va ekport hajmiga koʻra, dunyoda ikkinchi oʻringa chiqib olgan edi). Mamlakat ulkan valyuta zaxiralari (1 trln. dollardan ziyod), kuchli valyuta (baʼzi qoʻshni mamlakatlar, masalan, Filippin Xitoyda o'z zahiralarini saqlaydi), xorijda sanoat va infra- tuzilmaviy obyektlarga yirik sarmoya ajratish uchun keng imkoniyatlarga ega.Xitoyni jahon iqtisodiyotining salmoqli tizimi va Gʻarbning rivojlangan kapitalistik mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning deyarli barcha jabhalarida aloqalarning imkoniyatli tanlovi sifatida qarab chiqish toʻgʻri boʻladi.Chorak asrdan ziyod davom etayotgan Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotini Den Syaopin nomi bilan bog'lash odat boʻlib qolgan. Oʻz navbatida, xitoy yo'lboshchisi ham shaxsiy iqtisodiy bilimlarini nihoyatda oʻziga xos tarzda baholagan. Uning quyidagi fikrlari mashhur: “Iqtisodiy muammolarda men noshudman”. Den Syaopinni XX asrning yetuk nazariyotchi iqtisodchilari safiga kiritib qo'ygan boʻlajak biograflarga qandaydir istehzo bilan qarab, xitoy islohotlari otasi, aftidan, oʻzining xoʻjalik haqidagi tushunchalari hukumatning tayyor “qoliplari”dan koʻra, koʻproq hayotiy kuzatuvlarga tayanganligini taʼkidlamoqchi boʻlgan.
Syaopinning tetikligi, ishonch bilan harakat qilishi va qunt-matonati naqadar hayratlanarli!Ming yillab turli diniy marosim usullari yordamida Oʻz imperatorlarini ilohiylashtirib kelgan millat uchun Den Syaopin nodir rahnamo edi. 1980-yillarda past boʻyli ulkan mamlakat rahnamosi, Xalq majlislari uyining juda katta hududi boʻylab aylanib yurishini, baland boʻyli chet ellik mehmonlar bilan hazil aralash oʻzining qoʻpolroq Sichuancha lahjasida muloqot qilishini koʻrish mumkin edi.
Shunisi qiziqki, yumushlari qanchalik koʻpaymasin, unga boʻlayotgan zarbalar qanchalik qaqshatqich boʻlmasin va shaxsiy fojialar qanchalik qoʻrqinchli koʻrinmasin (xunveybinchilar tomonidan talabalar turar joyining oynalaridan otib yuborilgan va butun umrga nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan oʻgʻli Pufanning taqdirini eslashning oʻzi kifoya), uning irodasi, hattoki sog'ligi ham mustahkamlanib bordi, umrining oxirigacha u chekishdan va oʻtkir gurunchli aroqdan voz kechmadi. Den Syaopinning hayoti, hukmdorlarga maʼrifat tarqatishga harakat qilgan qadimgi xitoy faylasuflarining xulosalarini tasdiqladi,kek saqlamaydigan va koʻnglida yomon niyati boʻlmagan, oliyjanob harakatlar qilishga butun vujudi bilan berilgan odamlar uzoq va samarali xayot kechiradilar.

Download 409 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling